Matn hosil qilish
Flashda matnlarning 3 turi mavjud:
- Statik matn,
- Dinamik matn va
- Tahrirlanuvchi matn.
Statik matnning AS programmist uchun unchalik ahamiyati yo'q, chunki bu oddiy matn bo'lib, rolik ijro etilayotganda xuddi grafik tasvir funksiyalarini bajaradi. Bilishimiz lozim bo'lgan asosiy matn turlari bu Dinamik va Tahrirlanuvchi matnlardir.
Matn xususiyatlari
Matn maydoni belgilanganda Properties oynasi matnimiz xususiyatlarini ko'rsatib turadi. (1.9-rasm.) 1.9-rasmda matnning Static Text turi belgilangan; siz uni bemalol Dynamic Text yoki Input Text turiga o'tkazishingiz mumkin.
(http://flash-doc.ru/imgs/998_12.gif)
1.9-rasm. Matn Properies oynasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |