Dinamik matn (Dinamic Text)
Dynamic Text matn turini belgilasangiz, Properties oynasi tashqi ko'rinishi butunlay o'zgaradi (1.10-rasm).
(http://flash-doc.ru/imgs/998_13.gif)
1.10-rasm. Dinamik matn Properties oynasi
Pastga ochiluvchi menudan matnning bir qator (Single Line), bir necha qator (Multiline) va tekstni pastda davom ettirish imkoniyatisiz ko'p qator (Multiline No Wrap) ko'rinishida joylashtirilishi ko'rsatiladi. Bundan tashqari o'ng tomonda Selectable (Matnni belgilash), Render Text as HTML (HTML teglarni tushunish va bajarish) va Show Border Around (matn atrofida ramka hosil qilsh) opsiyalari mavjud.
ActionScript tili uchun eng muhimi bu yerda Var (O'zgaruvchi) oynachasidir. Unda siz o'zgaruvchi nomini kiritishingiz mumkin. Bu o'zgaruvchiga AS kod orqali murojaat qilishingiz mumkin, demakki dinamik matnni rolik ijrosi paytida o'zgartirishingiz mumkin.
Properties oynasidagi qolgan tugmalar matn ko'rinishiga javob beradi. Bundan tashqari matnda ishlatilayotgan shriftingiz boshqalarda bo'lmasligi mumkinligiga ko'zingiz yetsa, shu shriftni rolikka qo'shish imkonini beruvchi oynacha ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |