Flashda tugmalar
Avvalgi darsda foydalanuvchi ishtirokisiz AS yordamida rolikni boshqarishni ko'rib chiqqandik. Keling, endi rolikka tugmalar qo'shamiz: foydalanuvchi ularni bosib, rolikning u yoki bu qismiga o'ta olsin.
Birinchi kadrga
Kod: [Belgilash]
Stop ()burug'ini "ilish" orqali animatsiyani birinchi kadrda to'xtatib qo'yish mumkin.
Fayl hosil qilib, kadrlarga avvalgi misoldagidek nom bering. Endi tugmani o'zingiz xohlagandek chizib oling va ish maydoniga joylashtiring (Tugmani chizib olgandan so'ng uni haqiqiy tugmaga aylantirish uchun uni belgilab oling, va F8 ni bosing, Button ni tanlab ok ni bosing. Shunda oddiy rasmimiz tugma simvoliga aylanadi va bibliotekadan joy oladi). Bizning misolda tugma oddiy halqachadan iborat. Keyingi qadam - bir kadrdan iborat yangi sloy hosil qilish. Bu sloyga bibliotekadan ayni bir tugmaning 4 nusxasini joylashtiring. Natija 2.5-rasmda ko'rsatilgan.
(http://flash-doc.ru/imgs/998_08-1.gif)
2.5-rasm. Ikki sloydan iborat rolik. Birinchi sloy 4 qismdan iborat, har bir qism bitta kadr. Ikkinchi sloyda esa bitta kalit kadr mavjud.
Bu rolik birinchi kadriga ham
Kod: [Belgilash]
stop()buyrug'ini iling. Ekran quyi qismida 4 tugma joylashgan. Birinchi tugmaga "ilingan" AS kod rasmda ham ko'rsatilgan:
Kod: [Belgilash]
on (press){
gotoAndStop("part1");
}
Tugmaga nisbatan qandaydir harakat bildirilganda uning "o'zini tutishi" dasturiy bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bizning misolda bu harakat:
Kod: [Belgilash]
press.
Kod: [Belgilash]
Onsintaktik elementi dasturiy bajaruvchi ishga tushganini anglatadi. Figurali qavslar ichida reaktsiya buyruqlari beriladi.
Bizning misolda bu
Kod: [Belgilash]
gotoAndStopbuyrug'i. Bu buruq biror kadrga o'tish va o'sha kadrda to'xtash uchun ishlatiladi.
Xuddi shu kabi ssenariylar boshqa tugmalarga ham ilingan. Farqi: ularda mos ravishda "part 2", "part 3" va "part 4" kadrlariga o'tish buyuriladi.
Endi faylni tekshirib ko'ring. Qaysi tugmani bossangiz, shu kadrga o'tilishi lozim. Qalay? ;)
Bu misol Flashning oddiy animatsiya doirasidan chiqib, interaktivlikni ham qamrab olishini namoyish qila oladi.
Eslatma: Tugmalar joylashgan sloyda kalit kadrdan keyin bo'sh kadrlar mavjudligiga e'tibor qarating. Agar bo'sh kadrlar bo'lmasa (Bo'sh kadrlar asosiy sloy kadrlari tugagan joyda tugashi lozim), biror tugmani bosib, kerakli qismga o'tgach, u qismda tugmalar paydo bo'lmaydi.
Nom: Re: Flash animatsiya (boshlovchilarga professional bo'lish uchun :) )
Yuborildi: Usmon 05 May 2008, 19:20:37
Off: afsus, buning iloji yo'q. To'g'ri tushunasiz deb umid qilaman.
Nom: ActionScript yordamida animatsiya
Yuborildi: Usmon 05 May 2008, 20:07:05
Do'stlaringiz bilan baham: |