"-gina" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (otning kichraytirish-erkalash, achinish shakli): bolaginam
yuklama (ayiruv-chegaralov yuklamasi): bolamgina. "-gina" qo'shimchasi yuklama bo'lganida "FAQAT" so'zi bilan erkin almashina oladi: Meni bunday vaqtda o'g'limgina tushunishi mumkin. (faqat o'g'lim tushunishi mumkin)
"-r" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): qisqa+r+moq=qisqarmoq, eskirmoq, qayg'urmoq, o'zgarmoq.
lug'aviy shakl yasovchi (sifatdosh, buni olgan fe'l otga bog'lanib sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi): Ey Vatan, sen mening kuyla"-r" qo'shig'imsan. (kuylaydigan qo`shig`imsan)
sintaktik shakl yasovchi, ya'ni fe'lning munosabat shakli (zamon qo'shimchasi): Bu qo'shimcha fe'l kesim tarkibida keladi:
Hoshimjonning o'rtog'i shunday o'ylar edi.
Ukasini tinmay qiynardi.
Chin do`st o`zini ayblar, yolg`on do`st --- o`zini.
"-ma" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): isitma(kasallik), qo'llanma
so'z yasovchi (sifat yasaydi): burama ko'ylak
lug'aviy shakl yasovchi (fe'lning bo'lishsizlik shakli): Ovqatni ko'p ham isitma. Mehmonlarni xafa qilmasin
"-qi" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): chopqi, tutatqi
so'z yasovchi (sifat yasaydi): sayroqi, yig'loqi
"-qich" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tutqich, ochqich
so'z yasovchi (sifat yasaydi): qaqshatqich
"-cha" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tushun+cha
so'z yasovchi (sifat yasaydi): xorazmcha qo'shiq
so'z yasovchi (ravish yasaydi): tariqcha (ravish yasovchi bo'lganida urg'u olmaydigan qo'shimcha hisoblanadi) Bu jinoyatda tariqcha aybim yo'q.
lug'aviy shakl yasovchi (otning kichraytirish shakli) kitobcha, uycha
"-l" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Suratlar devorga qada+l+gan edi. Sabzavotlar ancha ko'p to'g'ra+l+gan edi.
lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Bolalar savol yechishda qiya+l+di.
(Qarol, tugal so'zlarida so'z yasovchi -l qo'shimchasi mavjudmi? deb diqqat bo'lmangizlar. O'rganishingiz shartmas)
"-il" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Yangi ma'lumotlar top+il+di. Eshik mudofaa kuchlari tomonidan o'z vaqtida yop+il+di.
lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Egasiz qolgan poda har tarafga yoy+il+di. Ukam yo'l chetidagi ishchilarga qo'sh+il+di.
"-in" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Bu mahsulotlar yangi do'kondan sotib ol+in+gan.
lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Jayron tokzorga yashir+in+ib yirtqichdan qutilib qoldi.
so'z yasovchi (ot yasaydi): chaq+in, ek+in
so'z yasovchi (sifat yasaydi): erk+in, to'l+in, yashir+in
so'z yasovchi (ravish yasaydi): qishin-yozin
"-n" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Hovlimiz erta tozala+n+ar edi.
lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Ishchilar maosh olish uchun idora oldida to'pla+n+ib olardilar.
(Endigi ikkitani aytmasam ham bo'laveradi, biroq aytib o'tmoqchiman, chunki ayrimlar shu joydan blok testlarda xato qilishi mumkin)
sintaktik shakl yasovchi (qaratqich kelishigining qisqargan(she'riy) shakli): Qalbimning bahor+i+n qaytishin kutib
Qalbim muzlab qolgan, ishq qasri xarob. (Jumlasida "bahor+i+ning" edi)
sintaktik shakl yasovchi (tushum kelishigining qisqargan(she'riy) shakli):
Qalbimning bahorin qaytish+i+n kutib
Qalbim muzlab qolgan, ishq qasri xarob. (Jumlasida "qaytish+i+ni" edi)
"-moq" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Vatanni sev+moq iymondandir!
so'z yasovchi (ot yasaydi): chaq+moq(tabiiy hodisa), quymoq(taom)
"-t" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (orttirma nisbat):yig'la+t+moq, to'la+t+moq (pulini to'latmoq ma'nosida), o'qi+t+moq, .........
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): to'la+t+moq (idishni to'latmoq ma'nosida)
Do'stlaringiz bilan baham: |