"-qa", "-ka" qo'shimchasining omonimligi:
jo'nalish kelishigi: qishloqqa , falakka
* so'z yasovchi: loy+qa=loyqa , is+ka=iskamoq
lug'aviy: chaymoq+qa=chayqamoq, surmoq+ka=surkamoq.
"-k" qo'shimchasining omonimligi:
* fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): o'qisa+k=o'qisak, olib keldi+k=olib keldik
ot yasovchi: ista+k=istak, beza+k=bezak
sifat yasovchi: o'ksi+k=o'ksik, chiri+k=chirik
"-sa" qo`shimchasining omonimligi:
fe'l yasovchi: suv+sa=suvsamoq
fe'lning munosabat shakli (shart mayli qo`shimchasi): bilimlarrini mustahkamla+sa, ... uni uchrarib qol+sa+m, .....
"-ay" qo`shimchasining omonimligi:
fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): O`zim tushuntir+ay=tushuntiray.
* fe'l yasovchi: ko`p+ay+moq=ko`paymoq, ulug`+ay+moq=ulg`aymoq
"-y" qo`shimchasining omonimligi:
fe'l yasovchi: keksa+y+moq=keksaymoq, qora+y+moq=qoraymoq
fe'lning munosabat shakli (zamon qo`shimchasi): (ESLATMA: "-y" zamon qo`shimchasi har doim fe'l kesim tarkibida keladi va o`zidan keyin har doim -man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-son qo`shimchalari qo`llaniladi) Men ham tozala+y+man=tozalyman
fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli qo`shimchasi): (ESLATMA: buyruq mayli "-y"qo`shimchasi ham har doim fe'l kesim tarkibida qo`llaniladi, o`zidan keyin hech qanday vositalar kelmaydi va, eng muhimi, gapning egasi "MEN" yoki "O`ZIM" kabi olmoshlar bilan ifodalangan bo`ladi.) Xonani o`zim tazala+y=tozalay.
lug`aviy (fe'lning ravishdosh shakli qo`shimchasi): ( ESLATMA: ravishdosh "-y" qo`shimchasi hol vazifasini bajarib kelgan fe'llar tarkibida yoki ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasining yetakchi fe’li oxirida qo`llaniladi.) Aybsizligimni isbotla"-y" olmadim. (bu yetakchi fe'lning oxirida kelishiga misol), O`g`lidan kelgan maktubni o`qiy-o`qiy ko`zlari toldi. (bunisi hol tarkibida kelishiga misol)
"-a" qo`shimchasining omonimligi:
ot yasovchi: qahqaha (taqlid so`zdan ot yasagan)
sifat yasovchi: to`la (fe'ldan sifat yasagan)
fe'l yasovchi: qiyin+a+moq=qiynamoq, son+a+moq=sanamoq
fe'lning munosabat shakli (zamon qo`shimchasi): ( ESLATMA: zamon "-a" qo`shimchasi o`zidan keyin har doim -man, -miz, -san, -siz kabi zamon qo`shimchalarini qabul qiladi.) Men ham bugun qayt+a+man=qaytaman. Vaziyatingni yotig`i bilan tushuntir+a+san=tushuntirasan.
* lug`aviy (fe'lning ravishdosh shakli): (ESLATMA: ravishdosh "-a" lug`aviysi ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasining yetakchi fe'li oxirida yoki hol vazifasini bajarib kelgan fe'llar tarkibida qo`llaniladi.) Manzilga qiynala-qiynala yetib keldik. (bu hol vazifasini bajargan fe'l tarkibida kelishiga misol) Vaziyatimni hech tushuntir"-a" olmadim. (bu yetakchi fe'lning oxirida qo`llanilishiga misol)
yuklama(so`roq-taajjub yuklamsi): Meni esladingiz-a?
"-xon" qo'shimchasining omonimligi:
ot yasovchi: kitob+xon, g'azal+xon
lug'aviy shakl yasovchi: ota+xon
"-loq" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi: tosh+loq, qum+loq
lug'aviy shakl yasovchi: bo'taloq (tuyaning bolasi)
"-lab" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ravish yasaydi) tonna+lab, oy+lab
lug'aviy shakl yasovchi (chama son qo'shimchasi): minglab, yuzlab
Do'stlaringiz bilan baham: |