1.yasashga asos qism
2.yasovchi vosita.
Bu ikkisidan hosil qilingan hosilaga YASAMA SO'Z deyiladi.
Masalan: odob(yasashga asos)+li(yasovchi vosita)=odobli (yasalma)
O'yin(yas.asos)+a(yas.vosita)=o'ynamoq(yasalma)..
Achchiq(yas.asos)+tosh (yas.vosita)=achchiqtosh(yasalma)
Affiksatsiya va kompozitsiya haqida yuqorida ham aytgan bo'lsak-da, qaytadan ushbu qoidani ham aytib o'tmoqchiman:
Yasashga asos qismga qo'shilib kelayotgan yasovchi vositaning qandayligiga ko'ra yasama so'zlar ikki turga bo'linadi:
1) so'z yasovchilar orqali hosil qilingan yasama so'zlarga affiksatsiya usuli deyiladi:
Masalan: sayra+qi=sayroqi tara+q=taroq...
2) Asosga boshqa asos qo'shish orqali hosil qilingan yasama so'zlarga Kompozitsiya usuli deyiladi:
Masalan: tosh+bag'ir=toshbag`ir, hozir+javob=hozirjavob,
suv+ilon=suvilon, achchiq+tosh
Kompozitsiya usulidagi yasama so'zlarga QO'SHMA SO'ZLAR deyiladi.
ASOSIY IZOH: ayrim abituriyentlar qo'shma so'zlarga taalluqli savollarda yuqoridagi oddiy so'zlar bilan (ya'ni qo'shib yoziladigan so'zlar bilan cheklanib qolishadi xolos va DTM ning savol negiziga aylangan ajratib yoziladigan QO'SHMA SO'ZLAR ning ham yasama so'z (kompozitsiya usulidagi qo'shma so'z) ekanligini yodidan chiqarishadi:
Masalan: O'rta Osiyo, G'arbiy Yevropa, U yer, hamma joy, shu tob, o`sha yoq, tasavvur qilmoq, tark etmoq, kirib chiqmoq, sotib olmoq, hordiq chiqarmoq, va hokozo...
Yuqoridagilardan tagiga chizilgan "tasavvur qilmoq tark etmoq, sotib olmoq, hordiq chiqarmoq, kirib chiqmoq" kabi qo'shma so`zlar qo`shma fe'llar deb yuritiladi va bu qo`shma fe’llar tarkibidagi birinchi qismning fe’l bo`lish-bo`lmasligiga ko`ra quydagi 2 turga bo'linadi:
1) Tasavvur qilmoq, izhor aylamoq, paydo bo`lmoq, javob bermoq, tark etmoq, hordiq chiqarmq kabilar "FE'L EMAS+FE'L" qolipidagi qo'shma fe'llar hisoblanadi.
2) kirib chiqmoq, sotib olmoq kabilar esa "FE'L+FE'L" qolipidagi qo'shma fe'llar deyiladi.
ASOSIY IZOH: Ayrim abituriyentlar ko'p hollarada yasama so`z bo`lgan "fe'l+fe'l" qolipidagi fe'llarni yasama bo`lmagan "fe'l+fe'l" qolipidagi fe'llardan ajrata olmaydilar. (Hayrondirsiz-aaa? Fe’l+fe’l qolipidagi fe’llar ysama bo`lishi ham, yasama bo`lmasligi ham mumkin, quyida yaxshiroq tushunib olasiz.)
Qòshma fe'l bo'lmagan "fe'l+fe'l" qolipidagi fe'llarga KO'MAKCHI FE'LLI SO'Z QO'SHILMASI deyiladi.
Qo'shma fe'l hamda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi(KFSQ)ning qolipi bir xil bo'lsa-da, ularning yasam yoki yasama emasligini ajratib olish juda oddiy. Agar "fe'l+fe'l" qolipidagi sòzlar har ikkala qismi ma'no saqlasa QÒSHMA FE’L, ya'ni yasama so'z hisoblanadi. (Eslab qolingki, qo`shma fe`llar haaar doim yasama so`z bo`ladi.)
Masalan: Men dorixonaga kirib chiqdim, ancha kutib qoldingizmi?
Sen ham shunaqasidan sotib oldingmi?
ASOSIY IZOH: Agar "fe'l+fe'l" qolipidagi fe’llar qo`shma so'z bo'lsa, uning
ma'nosini bir fe'l bilan (aniqrog'i, birinchi fe'l) orqali ifodalab bòlmaydi. Chunki har ikki qismi ham ma'no saqlagan bo'lishi kerak-da.
Agar "fe'l+fe'l" qolipidagi fe'llarning birinchi qismi ma'no saqlab, ikkichi qismi ma'no saqlamasa, bunday "fe'l+fe'l" qolipidagi so'zlar KFSQ deyiladi.
Masalan:
Qo'llarini olovning taftiga isitib oldi.
Uylaganidan yuzlari qizarib ketdi.
Aybsizligini isbotlab tashladi.
Yaxshi o`yin topib olibsiz.
ASOSIY IZOH: "fe'l + fe'l" qolipidagi fe'llar qo'shma fe'l bo'lmasa, ya'ni ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi bo'lsa, so'zda ifodalangan ma'noni bir fe'l orqali (aniqrog'i, birinchi fe'lning o'zi bilanoq) ifodalash mumkin bo'ladi: 👇👇👇
Qo'llarini olov taftiga isitib oldi. (isitdi)
Uyalganidan yuzi qizarib ketdi. (qizardi)
Aybsizligini isbotlab tashladi. (isbotladi)
Yaxshigina o`yin topib olibsiz. (topibsiz)
Anaaaa, fe'l + fe'l qolipidagi qo'shma fe'llarni fe'l + fe'l qolipidagi KFSQ lardan bemalol farqlab olishni o'rgandingizmi?
Endi quyidagi holatga e'tiborli bo'ling:
Do'stlaringiz bilan baham: |