Folklorshunoslikka


Qadimgi  turkiy  qavmlar  mifologiyasi



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)

Qadimgi  turkiy  qavmlar  mifologiyasi.  0 ‘zbek  folklorida 
saqianib  qolgan  arxaik  miflarning  asosiy  qismi  qadimgi  turkiy  mi-
39
www.ziyouz.com kutubxonasi


fologiyaning epik diffuziyasi natijasida yetib kelgan. Qadimgi turkiy 
qabilalar og‘zaki ijodiyotida olamni mifologik anglash asosida yara- 
tilgan  kosmogonik,  totemistik,  animistik,  etiologik  va  etnogenetik 
miflar asosiy o‘rinni egallagan.
3, 
Zardo‘shtiylik  bilan  bogHiq  mifologik  tasavvurlar.  Xalq 
og‘zaki  ijodida an’anaviy tarzda qo‘llaniluvchi  ajdar,  dev

pari,  Se- 
murg‘, Jo'mard, Aranja bobo, Axriman,  aranglar,  Zahhok,  Siyovush, 
Hubbi, Ashshadarozi, Sustxotin, Haydar
 
kabi ko‘plab asotiriy obraz- 
laming tarixiy asoslari zardo‘shtiylik mifologiyasiga borib taqaladi.
“Avesto”  mifologiyasi  va  zardo‘shtiylik  rituallari  negizida  ke- 
yinchalik  o‘zbek  marosim  folkloridagi  ayrim  janrlar  shakllangan. 
Yomg‘ir chaqirish maqsadida o‘tkazib kelingan Sust xotin marosimi, 
Amudajyo suvining mo‘l bo‘lishi hamda toshqin halokatining oldini 
olish maqsadida Orolcha avliyo degan joyda shu nom bilan ataluvchi 
afsonaviy  homiy  sharafiga  ho‘kiz  so‘yib.  qurbonlik  qilish,  navro‘z 
bayramini  o‘tkazish,  sumalak pishirish,  bahor faslida an’anaviy  gul 
sayllari  (boychechak  sayli,  lola sayli,  guli  surx sayli,  qizil  gul  sayli 
kabilar)ga  chiqish,  safar  qochdi  va  oxir  chorshanba  marosimlarini 
o'tkazib, olovdan hatlash, shamol piri  sifatida e’tirof etilgan Haydar 
yoki Ajdar boboga murojaat qilib,  shamol chaqirish,  sumalak pishi- 
rayotganda Ashshadarozi  o ‘yinini  tashkil  etish,  kelin-kuyovni  olov 
atrofida aylantirish, marhumlar mozoriga “qushlar haqi” deb bug‘doy 
sepib  qo‘yish,  daryodan  o‘tayotganda  Hubbiga  sig‘inish  va  suvga 
tuz tashlash,  dalaga birinchi  qo‘sh chiqarishdan aw al ho'kizlarning 
shoxini moylash kabi an’anaviy marosim va udumlarimizning tarixiy 
asoslari  bevosita  zardo‘shtiylik  hamda  “Avesto”  mifologiyasining 
e’tiqodiy inonchlar tizimidagi talqinlariga bogianadi.
0 ‘zbekistonning  istiqlolga  erishishi  qadimgi  tasavvurlar  bilan 
bogiiq  folklor  asarlari,  jumladan,  mifologik  syujet  va  motivlarni 
keng ko‘lamda o'rganishga katta imkoniyatlar yaratdi.
“Mifologik maktab” vakillarining ilmiy tadqiqotlari arxaik miflar 
haqidagi ilmiy tasawurlami boyitish, qadimgi turkiy, hind, eron, ger­
man,  kelt,  slavyan va boshqa xalqlar mifologiyasini  keng ko'lamda
40
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘rganish hamda xalq og‘zaki badiiy  ijodi asarlarini to‘plash va tad- 
qiq etish  bilan bogiiq ko‘pgina nazariy  muammolarning hal  qilini- 
shiga asos  bo‘ldi.  Bevosita “mifologik maktab” konsepsiyalari aso- 
sida  mifologiya,  folklor  va  adabiyotni  qiyosiy  o‘rganish  yoiialishi 
shakllandi.  Shuning  uchun ham  bu maktab ilmiy konsepsiyalari qa- 
dimgi  miflarni  tadqiq  etishda  bugungi  kunga  qadar  muhim  nazariy 
asos vazifasini о‘tab kelmoqda.
Folklorshunoslikdagi  “mifologik maktab”ning tadqiqotlarida ay- 
rim  chalkashliklar ham  mavjud  bo‘lgan.  Xususan,  folklorni  haddan 
ziyod  arxaiklashtirishga  urinish;  xalq  og‘zaki  badiiy  ijodiyotining 
kelib chiqishida tarixiy voqelikning rolini e ’tiborga olmaslik, folklor 
san’atining  barcha turlariga mif asos  boigan,  degan qarashni  ilgari 
surish;  tarixiy  shaxslar  obrazi  talqinidan  ham  mifologik  tasavvur- 
laming izlarini izlash kabi xatoliklar shular jumlasidandir.
“Mifologik  maktab”ning  metodologiyasi  va,  ayniqsa,  uning  “qi­
yosiy mifshunoslik”ka oid tadqiqotlarida aks etgan nazariy qarashlar, 
shuningdek,  bu  yo‘nalish  vakillarining  ilmiy  izlanishlairi  natijasida 
to‘plangan keng ko‘lamli faktik materiallar keyinchalik folklorshunos- 
likda “syujetlaming ko‘chib yurishi” yoki “sayyor syujetlar nazariya- 
si” nomini oigan “migratsion maktab”ning shakllanishiga asos bo‘ldi.

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish