Folklorshunoslikka



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)

«Fin  maktabi».  Folklor  asarlarini  o‘rganish,  ayniqsa,  epik  syu­
jetlar  va  motivlarning  genezisi  hamda  tarqalish  areali  xususida 
fikr yuritish,  xalq  eposi,  og‘zaki  nasriy  asarlar  bo‘yicha katalog  va 
ko'rsatkichlar  tuzishda  “fin  folklorshunoslik  maktabi”ning  ilmiy- 
nazariy  qarashlari,  xususan,  uning  “tarixiy-jo‘g‘rofiy  metodi”dan 
foydalaniladi.  Folklorshunoslikdagi  “tarixiy-jo‘g‘rofiy  metod”ning 
yuzaga kelishi va ilmiy tadqiqotlar  amaliyotiga joriy  etilishi muay- 
yan folklor asarini turli variantlar asosida yozib olib,  nashr etish va 
ilmiy  tahlilda variantlarni  qiyoslab  o ‘rganish usulining qoilanilishi 
bilan bog‘lanadi.
Xalq  og'zaki  badiiy  ijodi  asarlarini  to‘plash  ishlari  Finlandi- 
yada  XVII  asr  oxirida  boshlangan.  0 ‘zining  butun  umrini  shod- 
land  va  irland  xalq  qo‘shiqlarini  to‘plashga  baxsh  etgan  ingliz
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


shoiri  J.Makfersonning  asarlarini  sevib  mutolaa  qilgan  fin  filologi 
E.G.Portan  1776-1788-yillarda o‘z xalqining qadimiy qo'shiqlaridan 
ayrim namunalami yozib oigan. Fin runalari esa ilk bor Topelius to- 
monidan kashf etilgan.  1831 -yilda  «Fin  adabiyoti» jamiyati  tashkil 
etilgach,  o ik ad a folklor asarlarini to'píash bilan qiziquvchi kishilar 
uchun katta itmkoniyatlar yuzaga keldi. Dunyo xalqlari badiiy tafak- 
kuri  tarixida  muhim  o‘rin  tutadigan  fin  runalari  -   “Kalevala”ning 
yozib  olinishi  esa,  asli  kasbi  tabib  boigan  fin  folklorshunosi  va 
tilshunosi  Elias  Lyonrot  (1802-1884)  faoliyati  bilan  bogiiqdir.
E.Lyonrot  talabalik  yillaridayoq  xalq  tabobatiga  doir  materiallar 
to‘playotganida har xil xastaliklarni davoiash raaqsadida ijro etiladi- 
gan afsun-avrash matnlarini yozib  oigan.  Shu tariqa,  u fin xalqining 
ota-bobolari  tomonidan  yaratilgan  liro-epik  qo‘shiqlar  -   runalarn- 
ing sehrli olamiga kirib bordi.  Oddiy dehqon kiyimini kiyib olib,  fin 
runalarini  to'plashga  kirishgan yosh  E.Lyonrot  1828-1844-yillarda 
Sharqiy Finlandiya va Kareliya bo‘ylab safar qilgan.  Har bir ijrochi 
unga o‘zi yoddan biladigan variantni kuylab bergan. Ammo sinchkov 
olim bu variantlarning har biri mustaqil asar ekanligini sezib qolgan. 
Shuning uchun ham E.Lyonrot o‘zi yozib oigan runa namunalaridan 
foydalangan  holda,  barcha  variantlar  asosida  fin  xalq  eposi  — 
“Kalevala” dostonini qayta tiklagan. U fin xalq qo‘shiqlari to‘plami 
(“Kanteletar”,  1829-1831),  fin  maqol  va  matallarini  ham  to‘plab, 
chop ettirgan.
Xalq  qo‘shiqlarini  turli  variantlari  bilan birga yozib  olish amali- 
yoti aslida birinchi marta serb shoiri va folklorshunosi V.S.Karadjich 
(1787-1864)  tomonidan  qoilanilgan.  U  o‘zi  yozib  oigan  serb  xalq 
qo‘shiqlarini  1813—1815-yillarda Venada bir necha jildlik kitob holi- 
da chop ettirgan. Lekin E.Lyonrot tadqiqotlarining ahamiyati shunda 
ediki, u fin runalarining variantlaridan tarixiy-rekonstruktiv maqsad- 
da foydalanib,  allaqachonlar yaxlit asar  sifatida jonli  ijrodan tushib 
qolgan ulkan xalq eposini tiklashga erishdi.
Taniqli  fin  adibi  va  filolog  olimi,  Gelsingforss  universiteti  pro- 
fessori Yulius Kron (1835-1888)  o‘z ijodiy  faoliyati davomida “Ka-
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


levala”  eposini  o‘rganishga  katta ahamiyat  bergan.  Fin  milliy  epo- 
sining  o‘ziga xos  syujet qurilishi,  betakror obrazlar tarkibi  va badi- 
iyati Y.Kronni yoshligidanoq  o‘ziga mafitun etgani  bois,  1884—yilda 
“Kalevala”ning genetik ildizlariga doir yirik ilmiy tadqiqotini nashr 
ettirdi. U mazkur epos syujetining genetik asoslarini aniqlash maqsa- 
dida  dostonning  turli  davrlarda va  turli  hududlarda  tarqalgan  vari­
antlarini  qiyosiy  tahlil  qilishga  kirishdi.  Uning  fikricha,  “eposning 
yuzaga kelishi masalasini aniqlashga kirishishdan aw al bu asaming 
barcha namunalarini  geografik va xronologik jihatdan  bir tizim ho- 
liga keltirish lozim.  Shunday qilinsa,  eposning qadimiy namunasiga 
xos  elementlami  nisbatan keyinroq  qo‘shilgan  motiv  va  badliy  un- 
surlardan ajratib olish mumkin bo‘ladi”.
Epos  genezisini  oydinlashtirish bilan  bog‘liq  bu metodni Y.Kron 
o'zining  1988—
yilda  chop  ettirilgan  “Kalevalan  toisinnot”  asarida 
muvafFaqiyat  bilan qo‘llagan.  U xalq  eposi  variantlarini  mavzu tip- 
lari  va mazmuniga  qarab tasniflash  bilangina  cheklanib  qolmasdan, 
folklorshunoslikda birinchi inarta dostonlami yaratilish davri va tar- 
qalish hududiga ko‘ra ham guioihlashtirish mezonlarini ishlab chiqdi.
Y.Kron folklor asarlarini o'rganishdagi tarixiy-jo‘g‘rofiy metodni 
ishlab chiqishda S.Grundtvig tadqiqotlari hamda V.Ril gipotezalariga 
asoslandi.
0 ‘zining  Skandinaviya  filologiyasiga  doir  tadqiqotlari  bilan 
folklor  asarlarini  yozib  olib,  nashr  etish  va  ilmiy  o‘rganish  so- 
hasida  yangi  yo‘nalishga  asos  solgan  daniyalik  professor  Sven 
Grundtvig  (1824-1883)  uzoq  yillik  folklor  to ‘plovchilik  faoli- 
yati  davomida  xalq  eposi  va  qo‘shiqlarining  ko‘plab  variantlarini 
yozib  oldi.  U  o‘z  mamlakatining  barcha  hududlaridan  to‘plangan 
va shakllanish tarixiga ko‘ra turli davrlarda yaratilgan folklor asar­
larini  nashrga  tayyorlab,  “Daniyaning  qadimiy  xalq  qo‘shiqlari” 
(1853-1899 yillarda chiqarilgan yetti jildlik bu majmua “Danmarks 
gamle  folkeviser”  deyiladi)  nomi  ostida  chop  ettirdi.  0 ‘zidan  av- 
valgi folklorshunoslardan farqli ravishda, S.Grundtvig variantlilik-
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


-  qo‘shiqlarning  xalqchilligini  belgilashdan  tashqari,  xalq  poetik 
ijodiyoti  an'anasining  taraqqiyotini  ko‘rsatuvchi  badiiy  qonuniyat 
ham ekanligini qayd qilgan.
Nemis  yozuvchisi  Vilgelm  Ril  (1823-1897)  esa  o ‘zining nemis 
xalqi  tarixiga  doir  tadqiqotida  mamlakatning  jo ‘g ‘rofiy  tuzilishi 
va unda  istiqomat  qiluvchi  aholi  orasidan to ‘plangan faktik  mate- 
riallarni  tarixiy-jo‘g ‘rofiy  metod  asosida tavsifladi.  Uning  izdoshi 
V.Shvars  esa  nemis  dehqonlarining  urf-odat  va  marosimlarida 
saqlanib qolgan qadimgi tasavvurlarning qoldiq holda yetib kelgan 
ko‘rinishlarini  ularning  tarixiy-jo‘g‘rofiy  jihatdan  tarqalish  doira- 
siga ko‘ra o ‘rgandi.  Shu tariqa,  daniyalik  S.Grundtvigning folklor 
asarlarini  barcha  variantlar  asosida  ilmiy  tavsifiash  usuli  hamda 
V.Rilning  faktik  materiallarai  tarixiy-jo‘g‘rofiy  jihatdan  tarqalish 
doirasiga  ko‘ra  baholash  mezoni  Y.Kron  tomonidan  ishlab  chi- 
qilgan  “tarixiy-jo‘g ‘rofiy  metod”ning yuzaga  kelishi  uchun  ilmiy- 
nazariy asos vazifasini o 'tagan.
Fin  fblklorshunosligidagi  “tarixiy-jo‘g‘rofiy  metod”ning  shakl- 
lanishida qiyosiy tilshunoslik va hind filologiyasi bo‘ vicha yirik mu- 
taxassis,  Gyottingen universiteti professori,  “sayyor syujetlar”  mig- 
ratsiyasi, ya’ni “o‘zlashtirma nazariyasi” (“теория заимстваваний”) 
ga  asos  solgan  nemis  filolog  olimi  T.Benfey( 1809-188 l)ning  “tar- 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish