9
Бу х;акда кенгроц маълумот олши учун царанг: Мелетинский Е.М.
Мифология/ / Мифы народов мира. Т. 1. —М., 1982, 16-17 с.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi
xos boigan miflami tahlil qilishga tarixiy nuqtayi nazardan yondash-
di. Mifologiyani tadqiq etishda birinchi marta «qiyosiy metod»ni
qoilagan B.Fontenel antik miflami qadimgi hind asotirlari bilan
qiyoslab o‘rganish asnosida jahonning turli xalqlari miflari orasida-
gi o ‘xshash va farqli jihatlarni aniqladi. Miflami qiyosiy o ‘rganish
tajribasi J.Lafitoning Shimoliy Amerikada istiqomat qiluvchi hindu
qabilalari mifologiyasiga bag‘ishlangan asarlarida ham qoilanilgan.
Mif mohiyatini oydinlashtirishda XVIII asrda yashagan italiyalik
olim J.Viko (1668-1744)ning miflarni “poetik nutq”ning arxaik shakli
sifatida talqin qilishga asoslangan nazariyasi, shuningdek, uning “ibti-
doiy ideologiya sinkretizmi”, “mifning poetik tabiati”, “m if - ilohiy
poeziya ekanligi” haqidagi ilmiy qarashlari muhim ahamiyatga ega
boidi. Uning yozishicha, insoniyat o‘z taraqqiyotining eng quyi qat-
lamida fikrni imo-ishoralar, belgi-ifodalar va ramzlar vositasida bayon
qilgan. Bu “til” shakli o‘z mohiyatiga ko‘ra metaforik, ya’ni «poetik
nutq» tabiatiga ega boigan. Mifni talqin qilishning bu o‘ziga xos naza
riyasi keyinchalik mifshunos M.Myuller tomonidan ilgari surilgan
“miflami lingvistik talqin qilish konsepsiyasi”ga asos boidi.
XIX asrda yashab, ijod qilgan nemis olimlari I.G.Gerder (1744-
1803), A.B.Shlegel (1767-1845) va F.Shlegel (1772-1929) asarlarida
mifologiya “qadimgi ajdodlar tomonidan yaratilgan poetik qadriyat”,
“diniy e ’tiqodning ilk shakli”, “qadimgi odamlaming borliqni ramz
va timsollar vositasida anglashining natijasi” tarzida talqin qilin-
gan. Nemis faylasufi I.G.Gerder miflarda ham muayyan darajadagi
“badiiylik va milliy o‘ziga xoslik” mavjudligini qayd qilgan boisa,
F.Shlegel “m if tili”, ya’ni «ramz va timsollar nazariyasi»ni ilgari
surgan. Uning “mifologiyani insoniyat ruhiyatining tub-tubidan,
eng chuqur qatlamlaridan chiqarib olmoq kerak, ana shunda u har
qanday san’at asaridan go‘zalroq ekanligiga amin boiasiz. Chunki
san’atning barcha turlarini o‘zida mujassam etgan m if she’riyatning
ilk sarchashmasidir”, - degan so‘zlari qadimgi miflarning sinkretik
xarakteri va badiiy tafaklcur taraqqiyotida tutgan o‘rnini baholashda
muhim nazariy ahamiyat kasb etadi.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mifni “har qanday san’atning ilk manbai” sifatida talqin qilish ro-
mantizm davrining yirik faylasufi F. Shelling (XIX asr) estetikasining
ham asosini tashkil etgan. 0 ‘zining “San’at falsafasi” nomli asari-
da mifologiyani “estetik fenomen” sifatida tahlil qilgan F. Shelling
ta’limoticha, m if - tabiat hodisalarini xayoliy uydirma, fantaziya va
ramzlar vositasida “anglash” mahsulidir.
Xullas, XIX asming birinchi yarmida F.Shelling va A.Shlegelning
mifik tafakkur falsafasi hamda mifning estetik mohiyati xususidagi
nazariy qarashlari, shuningdek, L.Amimning K.Brentano bilan ham-
korlikda yaratilgan “Bolaning g‘aroyib shoxi” nomli tadqiqoti, “Gey-
delberg romantiklar to‘garagi”ning a’zosi I.I.Gyorres (1776-1884)
ning “Miflar tarixi” asari va boshqa olimlarning qadimgi miflarni
o‘rganish asosida chiqargan xulosalari Yevropa folklorshunosligi-
dagi “mifologik maktab”ning shakllanishi uchun asos bo‘ldi.
“Mifologik maktab”ning yuzaga kelishi va folklorshunoslikning
o ‘ziga xos ilmiy yo"nalishiga aylanishida Vilgelm Grimm va Yakov
Grimmlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Ularning folkloristiktadqiqot-
larida xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining qadimiy asoslari, ayniqsa,
mifologiya masalalari muhim o‘rin tutgan. 1835-yilda Y.Grimmning
“Nemis mifologiyasi” nomli asari bosilib chiqdi. “Edda” va “Ni-
belungi” eposlari tahliliga bag‘ishlangan bu kitobda muallif o‘rta
asr solnomalari hamda avliyolaming manoqiblari, ko‘hna tasav-
vur va e ’tiqodlarning folklor asarlarida, xalq urf-odatlari va ma-
rosimlari, rasm-rusum va odatlarida saqlanib qolgan qoldiq holdagi
ko'rinishlarini qiyosiy tahlil qilish orqali qadimgi german miflari-
ning ildizlarini aniqlashga harakat qilgan. Y.Grimm mifologik
tasavvurlarning maqol, matal, qo‘shiq, topishmoq, afsona kabi jan-
rlarda saqlanib qolgan izlari qadimgi germanlaming tasawurlari va
e’tiqodiy qarashlari tizimi qanday bo‘lganligini aniqlashda o‘ziga
xos kalit rolini o‘taydi deb hisoblagan. U yoki bu mifologik tasav-
vurning qadimiylik darajasini oshirib ko'rsatishga urinish, afsona,
ertak, topishmoq tarkibidagi mifologizmlami “qadimgi tasawurlar
qoldig‘i” sifatida talqin qilishda folklor janrlarining shakllanish ja-
33
www.ziyouz.com kutubxonasi
rayoniga xos tarixiylik prinsipini hisobga olmaslik hamda qiyosla-
nayotgan hodisalaming zohiriy mutanosibligiga berilib ketish kabi
kamchiliklaridan qat’iy nazar, Y.Grimmning bu asari folklorshunos-
likda katta shuhrat qozondi.
Y.Grimm tomonidan qoilanilgan «qiyosiy mifshunoslik metodi»
katta hajmdagi faktik materialni ilmiy tavsiflashga imkon berdi. Bu
asar faktik materialga boyligi, metodologik asosining o‘z davriga
nisbatan yangiligi, mif talqiniga doir barcha ilmiy qarashiarni o‘zida
mujassamlashtirganligi va german miflarining tizimiy tahliliga
bag‘ishlanganligi tufayli, uning muallifi Y.Grimmning ilmiy kon-
sepsiyasi folklorshunoslikda “mifologik maktab nazariyasi”ga asos
soldi, deb e ’tirof etildi. Shu tariqa folklorshunoslik fani tarixida “mi
fologik maktab” atamasi pay do boidi.
“Mifologik maktab” jahonning ko‘pgina mamlakatlari folklorshu-
nosligida keng koiam da rivojlandi. Bu borada, ayniqsa, Germaniya
(A.Kun, V.Shvars, V.Manxardt), Angliya (M.Myuller, J.Koks), Ita-
liya (A.De.Gubernatis), Fransiya (M.Breal), Shveytsariya (A.Pikte),
Rossiya (A.N. Afanasyev, F.I.Buslayev, O.F.Miller), Amerika
(E.Chembers, G.Marrey, J.Xarrison, J.Ueston, F.Kornford)da olib
borilgan ilmiy tadqotlar “mifologik maktab” nazariyasini takomil-
lashtirishga katta hissa bo iib qo‘shildi.
XIX asming ikkinchi yarmidan e ’tiboran “mifologik maktab” bir
nechta yo‘nalishga boiingan holda taraqqiy eta boshladi. Shular-
dan biri “mifning ilk mohiyatini lingvistik tahlil vositasida rekon-
struksiya qilish” yoki “etimologik yo‘nalish” deb ataldi. A.Kun,
V.Shvars, V.Manxardt, M.Myuller, F.I.Buslayev, A.N.Afanasyev,
A.A.Potebnya kabi olimlar hind-yevropa tillari materiali asosida
keng koiam li qiyosiy-lisoniy va etimologik tahlil vositasida mi-
fologiyaning arxaik qatlamini rekonstruksiyalashga bag'ishlangan
asarlar yaratdilar.
To‘g‘ri, mifni qadimgi odam tomonidan ijod qilingan “lisoniy
hodisa” sifatida baholash an’anasi XVIII asrdayoq mavjud boigan.
Masalan, mifni “lisoniy belgi” deb bilgan J.Vikoning fikricha, barcha
34
www.ziyouz.com kutubxonasi
miflar quyoshning chiqishi va botishi, nur va zulmat bilan bog‘Iiq.
“Qadimgi xalqlar mifologiyasi va simvolikasi” kitobining muallifi
F.Kreyseming yozishicha, “ilk diniy e’tiqod tabiatni jonlantirishdan
kelib chiqqan, shu bois, tildagi ayrim ramziy timsollaming mohiyati
ham shu bilan izohlanadi”.
Mifshunoslikdagi “lingvistiktahlil metodi”ni chuqur o‘zlashtirgan
A.Kun (1812-1881) o‘zining “Olov va ilohiy sharbatning keltirilishi”
(1859) asarida “etimologik yo‘nalish”ning asosiy nazariy qarashlari
va metodini yoritib berdi. Prometey haqidagi yunon mifini tahlil qil-
gan tadqiqotchi mazkur asotir qahramoni nomining kelib chiqishini
qadimgi sanskrit tilidagi “pram athyas” - “parmalovchi” ma’nosini
bildiruvchi so‘zga bogiaydi. Bu lingvofolkloristik xulosa qanchalik
bahsli boiishidan qat’iy nazar, mifonimlarni tadqiq etish borasidagi
dadil qadam hisoblanadi.
A.Kun o'zining “Miflaming shakllanish bosqichlari” nomli asari
da (1873) miflarni paleolingvistik aspektda o‘rganishga doir izlanish-
larini davom ettirdi. U “ko‘pgina miflar momaqaldiroq, chaqmoq,
yomg‘ir, shamol, bulut kabi tabiat hodisalarining ilohiylashtirilishi
natij asida yuzaga kelgan” degan qarashni ilgari surish orqali “mi-
fologik maktab” ning “meteorologik nazariya” nomli yangi ilmiy
konsepsiyasini yaratdi.
Miflarning kelib chiqishi bilan bogUiq “lingvistik konsepsiya”
tarafdorlaridan yana biri M.Myuller (1823-1900) ham A.Kun nazari-
yasini qoilab-quvvatladi. Asosan, sanskrit va qadimgi yunon tillarini
qiyosiy tadqiq etish bilan shug‘ullangan bu olim o‘z metodikasini
mifologiyaga ham tatbiq etdi va folklorshunoslikdagi “qiyosiy mif-
Do'stlaringiz bilan baham: |