Folklorshunoslikka


  Бу  х;акда  кенгроц  маълумот  олши  учун  царанг



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)


Бу  х;акда  кенгроц  маълумот  олши  учун  царанг:  Мелетинский  Е.М. 
Мифология/ / Мифы  народов  мира. Т. 1. —М.,  1982,  16-17 с.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


xos boigan miflami tahlil qilishga tarixiy nuqtayi nazardan yondash- 
di.  Mifologiyani  tadqiq  etishda  birinchi  marta  «qiyosiy  metod»ni 
qoilagan  B.Fontenel  antik  miflami  qadimgi  hind  asotirlari  bilan 
qiyoslab o‘rganish asnosida jahonning turli  xalqlari  miflari  orasida- 
gi  o ‘xshash  va  farqli jihatlarni  aniqladi.  Miflami  qiyosiy  o ‘rganish 
tajribasi  J.Lafitoning  Shimoliy Amerikada istiqomat qiluvchi  hindu 
qabilalari mifologiyasiga bag‘ishlangan asarlarida ham qoilanilgan.
Mif mohiyatini  oydinlashtirishda  XVIII  asrda yashagan  italiyalik 
olim J.Viko (1668-1744)ning miflarni “poetik nutq”ning arxaik shakli 
sifatida talqin qilishga asoslangan nazariyasi, shuningdek, uning “ibti- 
doiy  ideologiya  sinkretizmi”,  “mifning  poetik tabiati”,  “m if -   ilohiy 
poeziya  ekanligi”  haqidagi  ilmiy  qarashlari  muhim  ahamiyatga  ega 
boidi.  Uning yozishicha,  insoniyat o‘z taraqqiyotining eng quyi qat- 
lamida fikrni imo-ishoralar, belgi-ifodalar va ramzlar vositasida bayon 
qilgan.  Bu  “til”  shakli o‘z mohiyatiga ko‘ra metaforik,  ya’ni «poetik 
nutq» tabiatiga ega boigan. Mifni talqin qilishning bu o‘ziga xos naza­
riyasi  keyinchalik  mifshunos  M.Myuller  tomonidan  ilgari  surilgan 
“miflami lingvistik talqin qilish konsepsiyasi”ga asos boidi.
XIX asrda yashab,  ijod qilgan nemis  olimlari  I.G.Gerder  (1744- 
1803), A.B.Shlegel (1767-1845) va F.Shlegel (1772-1929) asarlarida 
mifologiya “qadimgi ajdodlar tomonidan yaratilgan poetik qadriyat”, 
“diniy e ’tiqodning  ilk shakli”,  “qadimgi  odamlaming  borliqni ramz 
va  timsollar  vositasida  anglashining  natijasi”  tarzida  talqin  qilin- 
gan.  Nemis  faylasufi  I.G.Gerder  miflarda  ham  muayyan darajadagi 
“badiiylik va milliy  o‘ziga xoslik”  mavjudligini  qayd qilgan boisa, 
F.Shlegel  “m if tili”,  ya’ni  «ramz  va  timsollar  nazariyasi»ni  ilgari 
surgan.  Uning  “mifologiyani  insoniyat  ruhiyatining  tub-tubidan, 
eng  chuqur  qatlamlaridan  chiqarib  olmoq  kerak,  ana  shunda  u  har 
qanday  san’at  asaridan  go‘zalroq  ekanligiga  amin  boiasiz.  Chunki 
san’atning barcha turlarini o‘zida mujassam etgan m if she’riyatning 
ilk  sarchashmasidir”,  -   degan  so‘zlari  qadimgi  miflarning  sinkretik 
xarakteri  va badiiy tafaklcur taraqqiyotida tutgan o‘rnini baholashda 
muhim nazariy ahamiyat kasb etadi.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mifni “har qanday san’atning ilk manbai” sifatida talqin qilish ro- 
mantizm davrining yirik faylasufi F. Shelling (XIX asr) estetikasining 
ham  asosini  tashkil  etgan.  0 ‘zining  “San’at  falsafasi”  nomli  asari- 
da  mifologiyani  “estetik  fenomen”  sifatida tahlil  qilgan  F. Shelling 
ta’limoticha, m if -  tabiat hodisalarini xayoliy uydirma, fantaziya va 
ramzlar vositasida “anglash” mahsulidir.
Xullas, XIX asming birinchi yarmida F.Shelling va A.Shlegelning 
mifik tafakkur falsafasi  hamda mifning estetik mohiyati xususidagi 
nazariy qarashlari, shuningdek, L.Amimning K.Brentano bilan ham- 
korlikda yaratilgan “Bolaning g‘aroyib shoxi” nomli tadqiqoti, “Gey- 
delberg  romantiklar  to‘garagi”ning  a’zosi  I.I.Gyorres  (1776-1884) 
ning  “Miflar  tarixi”  asari  va  boshqa  olimlarning  qadimgi  miflarni 
o‘rganish  asosida  chiqargan  xulosalari  Yevropa  folklorshunosligi- 
dagi “mifologik maktab”ning shakllanishi uchun asos bo‘ldi.
“Mifologik  maktab”ning  yuzaga kelishi  va  folklorshunoslikning 
o ‘ziga xos  ilmiy yo"nalishiga aylanishida Vilgelm Grimm  va Yakov 
Grimmlarning xizmatlari katta bo‘ldi.  Ularning folkloristiktadqiqot- 
larida  xalq  og‘zaki  badiiy  ijodiyotining  qadimiy  asoslari,  ayniqsa, 
mifologiya masalalari muhim o‘rin tutgan.  1835-yilda Y.Grimmning 
“Nemis  mifologiyasi”  nomli  asari  bosilib  chiqdi.  “Edda”  va  “Ni- 
belungi”  eposlari  tahliliga  bag‘ishlangan  bu  kitobda  muallif o‘rta 
asr  solnomalari  hamda  avliyolaming  manoqiblari,  ko‘hna  tasav- 
vur  va  e ’tiqodlarning  folklor  asarlarida,  xalq  urf-odatlari  va  ma- 
rosimlari,  rasm-rusum va odatlarida saqlanib  qolgan qoldiq holdagi 
ko'rinishlarini  qiyosiy  tahlil  qilish  orqali  qadimgi  german  miflari- 
ning  ildizlarini  aniqlashga  harakat  qilgan.  Y.Grimm  mifologik 
tasavvurlarning maqol,  matal,  qo‘shiq,  topishmoq,  afsona kabi jan- 
rlarda saqlanib qolgan izlari  qadimgi  germanlaming tasawurlari va 
e’tiqodiy  qarashlari  tizimi  qanday  bo‘lganligini  aniqlashda  o‘ziga 
xos  kalit  rolini  o‘taydi  deb  hisoblagan.  U  yoki  bu mifologik tasav- 
vurning  qadimiylik  darajasini  oshirib  ko'rsatishga  urinish,  afsona, 
ertak,  topishmoq  tarkibidagi  mifologizmlami  “qadimgi  tasawurlar 
qoldig‘i”  sifatida  talqin  qilishda  folklor janrlarining  shakllanish ja-
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


rayoniga  xos  tarixiylik  prinsipini  hisobga  olmaslik  hamda  qiyosla- 
nayotgan  hodisalaming  zohiriy  mutanosibligiga  berilib  ketish  kabi 
kamchiliklaridan qat’iy nazar, Y.Grimmning bu asari folklorshunos- 
likda katta shuhrat qozondi.
Y.Grimm tomonidan qoilanilgan «qiyosiy mifshunoslik metodi» 
katta hajmdagi  faktik materialni  ilmiy tavsiflashga  imkon  berdi.  Bu 
asar  faktik  materialga  boyligi,  metodologik  asosining  o‘z  davriga 
nisbatan yangiligi, mif talqiniga doir barcha ilmiy qarashiarni o‘zida 
mujassamlashtirganligi  va  german  miflarining  tizimiy  tahliliga 
bag‘ishlanganligi  tufayli,  uning  muallifi  Y.Grimmning  ilmiy  kon- 
sepsiyasi  folklorshunoslikda  “mifologik  maktab  nazariyasi”ga  asos 
soldi, deb e ’tirof etildi. Shu tariqa folklorshunoslik fani tarixida “mi­
fologik maktab” atamasi pay do boidi.
“Mifologik maktab” jahonning ko‘pgina mamlakatlari folklorshu- 
nosligida keng koiam da rivojlandi.  Bu borada, ayniqsa,  Germaniya 
(A.Kun,  V.Shvars,  V.Manxardt),  Angliya  (M.Myuller,  J.Koks),  Ita- 
liya (A.De.Gubernatis), Fransiya (M.Breal),  Shveytsariya (A.Pikte), 
Rossiya  (A.N. Afanasyev,  F.I.Buslayev,  O.F.Miller),  Amerika 
(E.Chembers,  G.Marrey,  J.Xarrison,  J.Ueston,  F.Kornford)da  olib 
borilgan  ilmiy  tadqotlar  “mifologik  maktab”  nazariyasini  takomil- 
lashtirishga katta hissa bo iib qo‘shildi.
XIX asming ikkinchi yarmidan e ’tiboran “mifologik maktab” bir 
nechta yo‘nalishga  boiingan  holda taraqqiy  eta  boshladi.  Shular- 
dan  biri  “mifning  ilk mohiyatini  lingvistik tahlil  vositasida rekon- 
struksiya  qilish”  yoki  “etimologik yo‘nalish”  deb  ataldi.  A.Kun, 
V.Shvars,  V.Manxardt,  M.Myuller,  F.I.Buslayev,  A.N.Afanasyev, 
A.A.Potebnya  kabi  olimlar  hind-yevropa  tillari  materiali  asosida 
keng  koiam li  qiyosiy-lisoniy  va  etimologik  tahlil  vositasida  mi- 
fologiyaning  arxaik  qatlamini  rekonstruksiyalashga  bag'ishlangan 
asarlar yaratdilar.
To‘g‘ri,  mifni  qadimgi  odam  tomonidan  ijod  qilingan  “lisoniy 
hodisa”  sifatida baholash an’anasi XVIII asrdayoq mavjud  boigan. 
Masalan, mifni “lisoniy belgi” deb bilgan J.Vikoning fikricha, barcha
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


miflar  quyoshning  chiqishi  va  botishi,  nur  va zulmat  bilan  bog‘Iiq. 
“Qadimgi  xalqlar  mifologiyasi  va  simvolikasi”  kitobining  muallifi 
F.Kreyseming yozishicha,  “ilk diniy e’tiqod tabiatni jonlantirishdan 
kelib chiqqan, shu bois, tildagi  ayrim ramziy timsollaming mohiyati 
ham shu bilan izohlanadi”.
Mifshunoslikdagi “lingvistiktahlil metodi”ni chuqur o‘zlashtirgan 
A.Kun (1812-1881) o‘zining “Olov va ilohiy sharbatning keltirilishi” 
(1859)  asarida “etimologik yo‘nalish”ning asosiy nazariy qarashlari 
va metodini yoritib  berdi.  Prometey haqidagi yunon mifini tahlil qil- 
gan tadqiqotchi  mazkur asotir qahramoni  nomining kelib chiqishini 
qadimgi sanskrit tilidagi “pram athyas” -  “parmalovchi” ma’nosini 
bildiruvchi so‘zga bogiaydi. Bu lingvofolkloristik xulosa qanchalik 
bahsli  boiishidan qat’iy nazar, mifonimlarni tadqiq etish borasidagi 
dadil qadam hisoblanadi.
A.Kun o'zining “Miflaming shakllanish bosqichlari” nomli asari­
da (1873) miflarni paleolingvistik aspektda o‘rganishga doir izlanish- 
larini  davom  ettirdi.  U  “ko‘pgina  miflar  momaqaldiroq,  chaqmoq, 
yomg‘ir,  shamol,  bulut  kabi  tabiat  hodisalarining  ilohiylashtirilishi 
natij asida  yuzaga  kelgan”  degan  qarashni  ilgari  surish  orqali  “mi- 
fologik maktab” ning  “meteorologik nazariya”  nomli  yangi  ilmiy 
konsepsiyasini yaratdi.
Miflarning  kelib  chiqishi  bilan  bogUiq  “lingvistik  konsepsiya” 
tarafdorlaridan yana biri M.Myuller (1823-1900) ham A.Kun nazari- 
yasini qoilab-quvvatladi. Asosan, sanskrit va qadimgi yunon tillarini 
qiyosiy  tadqiq  etish  bilan  shug‘ullangan  bu  olim  o‘z  metodikasini 
mifologiyaga ham tatbiq etdi va folklorshunoslikdagi  “qiyosiy mif- 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish