meteorologik nazariya” yoki “shamsiy-meteorologik nazariya”
(nemis olimlari - A.Kun, M.Myuller va rus olimlari - F.N.Buslayev,
L.F.Voyevodskiy, O.F.Milier), miflarni xalqning yovuz kuchlar va
ruhlar olami to‘g‘risidagi tasavvurlari tizimi sifatida tushuntiruvchi
“quvi mifologiya” yoki “demonologik nazariya” (nemis olim
lari - V.Shvars, V.Minxart), ruh haqidagi qarashlarni tabiatga tatbiq
etish asosida yuzaga kelgan “animistik nazariya” (ingliz olimlari-
E.Taylor, G.Spenser, E.Lang, nemis olimi - L.Frobenus, rus olimi
- V.Klinger), miflarni tadqiq etishda adabiyotshunoslik va tilshunos-
lik metodlarini qoilashga asoslangan “tarixiy-filologik nazariya”
(nemis olimlari - G.Uzener, U.Viiamovits-Myollendorf, rus olim
lari - F.F.Zelinskiy, YE.G.Kagarov, S.AJebelev, N.I.Novosadskiy,
I.I.Tolstoy) o‘ziga xos tadqiq usullari bilan alohida ajralib turadi.
“Mifologik maktab”ning nazariy qarashlari rus olimlari
F.I.Buslayevning “Rus xalq og‘zaki ijodi va san’ati tarixidan ocherk-
lar” (1861), A.N.Afanasyevning “Slavyanlarning tabiat bilan bogiiq
poetik qarashlari” (1866-69), V.N.Pipinning “Rus xalq ertaklari”
(1865), A.N.Veselovskiyning “Qiyosiy mifologiya va uning metodi”
37
www.ziyouz.com kutubxonasi
(1873), YE.M.Meletinskiyning «Происхождение героического
эпоса» (1963), «Поэтика мифа» (1976) kabi asarlarida yangi mate-
riallar va ilmiy xulosalar bilan rivojlantirildi.
0 ‘zbek folklorshunosligida ham miflarni tadqiq etish borasida
salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, mifologiyaning o‘zbek
xalq dostonlari syujet qurilishi va obrazlar silsilasida tutgan o‘rni
G‘.Akramov tomonidan chuqur tadqiq etildi. Uning “0 ‘zbek xalq
dostonlarida mifologiya” (1980) mavzuidagi yirik tadqiqoti mif va
epos munosabati masalasini “Go‘ro‘g‘li” turkumiga mansub dos-
tonlardagi mifologik obrazlar tahlili misolida o‘rganishning ajoyib
namunasi hisoblanadi. Ertak va dostonlarda mifologiyaning saqlanib
qolishi dostonlaming qadimiyligi hamda xalq tasaw urida mifologik
tushunchalarning yashovchanligi bilan belgilanishini ilmiy-nazariy
jihatdan asoslab bergan tadqiqotchi totemistik, animistik va manistik
(ajdodlar homiyligi to‘g‘risidagi) mifologiyaning o‘zbek folklori-
dagi talqinlarini keng ko‘lamda o‘rgandi. G ‘.Akramovning “Anima-
tik mifologiya” (1977), “Manistik mifologiya” (1979), “Go‘ro‘g‘li”
turkumida mifologik obrazlar” (1978), “Mifologiyaning ayrim epik
janrlar bilan o‘zaro munosabati” (1981), “M if va yozma adabiyot
munosabatiga doir” (1996) kabi asarlaridagi tahliliy mulohazalar
va xulosalar o‘zbek xalq eposi o‘zining ko‘p asrlik badiiy-estetik
taraqqiyoti davomida mifologiyadan oziqlangani holda, uning inkori
sifatida yuzaga kelganligini isbotlab berganligi bilan folklorshunos-
lik tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.
0 ‘zbek adabiy tafakkuri taraqqiyotidagi tarixiy-folkloriy jarayon-
ning muhim qonuniyatlaridan bin — janrlar difiuziyasi, ya’ni turli-tu-
man janrlaming bir-biriga singib ketishini tadqiq etgan B.Sarimsoqov
mifning epik janrlar tizimidagi o‘rnini mif va ertak, m if va doston
munosabati tahlili orqali ko‘rsatib berdi. U o‘zbek mifologiyasi
arxaik, klassik hamda o‘rta asrlarga xos miflarni o‘z ichiga oladi, deb
hisoblaydi. Bizningcha, o'zbek mifologiyasining taraqqiyoti qadimgi
ajdodlarimizning totemistik, animistik, dualistik va magik inonchlari;
ibtidoiy odamlar turmushida ritual-ramziy ahamiyat kasb etgan ma-
38
www.ziyouz.com kutubxonasi
rosimlar; 0 ‘rta Osiyoda yashagan qadimgi qavmlar dunyoqarashida
alohida o‘rin tutgan otashparastlik aqidalari; oikamizda shakllangan
qadimgi dehqonchilik madaniyati an’analari bilan bogiiq hosildorlik
kultlari; islom dini taiim oti va u orqali 0 ‘rta Osiyoga kirib kelgan
Sharq, xususan, arab folklori an’analari; mo‘g‘ul va buryat, chin va
hind, eron va yunon mifologiyasining ijodiy ta’siri bilan bevosita
aloqadordir.
Shu bois, biz o‘zbek miflarining yuzaga kelishi va shakllanish
bosqichlarini quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq, deb hisob-
laymiz:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |