Fiziologiya



Download 1,6 Mb.
bet25/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

Oqsillarning so‘rilishi. Odam organizmida oqsil parchalanmasdan deyarli so‘rilmaydi. Chaqaloqlarning ichagida parchalanmagan oqsillar, jumladan, globu-linlar, gormonlar, fermentlar pinositoz yo‘li bilan qonga o‘tadi. Chunki ularda kattalardan farqli o‘laroq, endositoz mexanizmlari yaxshi rivojlangan. Kattalarda oqsillar avval hazm tizimi bo‘shliqlarida dipeptid va tripeptidlargacha gidrolizga uchraydi, ichak membranasidagi di- va tripeptidazalar oligopeptidlarni aminokislo-talarga parchalaydi.
Aminokislotalarning so‘rilishini enterotsitlarning apikal membranasidagi to‘rtta faol tashilish tizimlari ta'minlaydi: 1) neytral aminokislotalar - valin, fenilalanin, alaninlarni tashish tizimi; 2) asosli aminokislotalar - arginin, sistein, lizin va ornitinlarni tashish tizimi; 3) dikarbon aminokislotalar - glutamin va asparagin-larni tashish tizimi; 4) boshqa aminokislotalar - prolin va gidroksiprolinlarni tashish tizimi. Transportning asosiy xillari faol va yengillashgan diffuziya orqali amalga oshadi. Bu transport tizimlari natriy transporti bilan birgalikda olib boriladi va ATF ning energiya sarfi bilan ro‘y beradi. Bir vaqtning o‘zida so‘riladigan amino-kislotalar o‘rtasida murakkab munosabatlar shakllanadi. Ba'zi bir aminokislotalar bir-birining so‘rilishini tezlashtirsa, boshqa xillari, aksincha, tormozlaydi. Ichakning turli bo‘limlarida oqsillar turli tezlikda so‘riladi.
Aminokislotalar miqdorining enterotsit sitoplazmasida ko‘payishi ularni bazal membranadan diffuziya yo‘li bilan to‘qima suyuqligiga va undan keyin qonga o‘tishiga olib keladi. Aminokislotalarning bazal membrana orqali enterotsitdan chiqishida boshqa mexanizmlar ham ishtirok etadi. Arginin, metionin, leytsin hammadan tez so‘riladi, fenilalanin, sistein, tirozin sekinroq va alanin, serin hamda glyutamin kislotalar juda sekin so‘riladi. Aminokislotalarning L-shakllari D-shakllarga nisbatan tezroq so‘riladi. Konsentrlangan eritmalardan konsentrlanmagan eritmalarga nisbatan aminokislotalar tez so‘riladi.
So‘rilgan aminokislotalarning bir qismin enterotsitlar oqsil sintezi uchun sarflanadi. Bu oqsil so‘rilayotgan yog‘ zarrachalarining ustini qoplash va xilo-mikronlar hosil qilish uchun zarur bo‘ladi. So‘rilgan aminokislotalar qopqa vena orqali jigarga yetkaziladi. Bu yerda ularning ko‘pchilik qismi albuminlar, globulinlar va qonning boshqa oqsillari sintezlanishi uchun sarflanadi. Qon bilan barcha a'zolarga keltirilgan aminokislotalar turli to‘qima oqsillari, fermentlarni sintezlash uchun ishlatiladi. Aminokislotalarning ma'lum bir qismi energiya manbai sifatida safrlanadi. Bu jarayon, ayniqsa, oqsil yetishmov-chiligida juda tezlashadi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish