Fiziologiya


Ikki valentli kationlarning so‘rilishi



Download 1,6 Mb.
bet28/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

Ikki valentli kationlarning so‘rilishi. O‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichakning proksimal qismida ikki valentli kationlarning ko‘pchiligi so‘riladi. Bularning orasida kalsiy, magniy, temir, mis va ruxlarning biologik ahamiyati juda katta. Kalsiy kationi enterotsitlarga diffuziya yo‘li bilan o‘tadi. Bazal membrana orqali kalsiy kationining to‘qima suyuqligiga chiqishini maxsus kalsiy nasosi ta'minlaydi. Organizmga tushgan kalsiy ionlarining 80% gacha o‘zlashtiriladi. Ichaklarda mis, rux va magniy kationlari sust tashilish mexanizmlari asosida so‘riladi. Temirning so‘rilishida faol tashilish mexanizmlari ham ishtirok qilishi mumkin. Enterotsit sitoplazmasida temir kationi feritin oqsiliga birikib, ferritin hosil qiladi. Ferritin organizmda temir zahirasi vazifasini bajaradi. Ikki valentli temir ionlarining deyarli barchasi o‘n ikki barmoqli ichakda so‘riladi. Temir ionlarini tashuvchi oqsil ferrotropin deb nomlanadi.
Vitaminlarning so‘rilishi. Yog‘da eriydigan vitaminlar A, D va E ingichka ichakning yuqori bo‘limlarida so‘riladi. Yog‘larning so‘rilishini kamaytiruvchi omillar vitaminlar so‘rilishiga uncha ta'sir qilmaydi. Yog‘da eriydigan vitamin-lardan vitamin K yonbosh ichakda so‘riladi, uning so‘rilishi me’dada sintezlovchi ichki omilga bog‘liq. Suvda eriydigan vitaminlardan faqat folat kislotasi va B12 enterotsitlarning apikal membranasi orqali bog‘lanmagan holda o‘tadi, lekin boshqa suvda eriydigan vitaminlarning transporti natriyga bog‘liq bo‘ladi.
So‘rilish jarayonlarining boshqarilishi. So‘rilish jarayonini boshqarilishida asab va gumoral mexanizmlar ishtirok etadi. Aminokislotalar, uglevodlar va yog‘ kislotalarning so‘rilish jarayoni yoshga (yoshlarda shiddatliroq), oqsil, uglevod va yog‘lar almashinuvining darajasiga, qonda erkin gidroliz mahsulotlarining miqdoriga bog‘liq. Asosiy plastik moddalarning so‘rilish tezligiga ovqatning tarkibi, organizmning umumiy holati, tashqi muhit omillari kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Asab tizimining so‘rilish jarayoniga ta'siri uglevodlar va lipidlar uchun yaxshi o‘rganilgan. Ichak tomirlarida qonning, vorsinkalar va umuman ichak devorining harakatlariga ta'sir qiluvchi omillar glyukoza va yog‘ kislotalarning so‘rilishini o‘zgartiradi.
MAT ning turli qismlari so‘rilish jarayoniga, shu jumladan, uglevodlar va lipidlar so‘rilishiga ham ta'sir qiladi. Bu ta'sir parasimpatik va simpatik asablar orqali yuzaga chiqadi. Parasimpatik ta'sirlar ichakda uglevodlar va lipidlarning so‘rilishini tezlashtirsa, simpatik ta'sirlar esa, aksincha, tormozlaydi. Agar MAT faoliyati narko-tik moddalar bilan tormozlansa, ichaklarda glyukoza, lipidlar, natriy, suv va ba'zi ikki valentli kationlarning so‘rilishi sekinlashadi. Demak, markaziy asab tizimining ham, nutrientlarning ham mineral tuzlar va suvning so‘rilishida boshqaruv ahamiyati mavjud.
Gipofiz, qalqonsimon bez, me’da osti bezi va buyrak usti bezlarining gormon-lari ichakda glyukozaning so‘rilishini tezlashtiradi. Gastrointestinal gormonlardan serotonin va atsetilxolin glyukoza so‘rilishini tezlashtirsa, gistamin uni tormoz-laydi. Ichak gormonlaridan sekretin va xoletsistokinin-pankreozimin yog‘lar so‘rili-shini tezlashtiradi. Somatostatin barcha sekretsiya va so‘rilish jarayonlarini susay-tiradi. Enterotsitlarda aminokislotalarning so‘rilishiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan gumoral mexanizmlar shu vaqtgacha yaxshi o‘rganilmagan. Yog‘da eriydigan vitamin A va boshqa moddalarning ichakda so‘ yog‘ning so‘rilishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar yog‘ yaxshi so‘rilmasa, bu moddalarning so‘rilishi sekinlashib o‘zlashtirilmay qoladi.
Paratgormon, tirekalsitonin, gipofiz va buyrak usti bezlari gormonlari kalsiy kationining so‘rilishiga ta'sir ko‘rsatadi. Kalsiyning so‘rilishi vitamin D ga ham bog‘liq. Natriy ionlarining so‘rilishini gipofiz va buyrak usti bezi gormonlari faollashtiradi, gastrin, sekretin va XTsK, aksincha, tormozlaydi. Monomerlar, suv, mineral tuzlar va vitaminlarning so‘rilishi ko‘pincha organizmning ichki muhitiga va ehtiyojiga bog‘liq ravishda amalga oshadi.


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish