O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIMI VAZIRLIGI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI B.O.KOMILOVA, M.S.SHODIYEVA
“ FIZIOLOGIYA ” va “ BOLALAR KASALLIKLARI PROPEDEVTIKASI ” FANLARIDAN
Ҳазм физиологияси ва унинг ёш хусусиятлари O’QUV QO’LLANMA
Bilim sohasi: 500000 - Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot
Tа`lim sohasi: 510000 - Sog`liqni saqlash
Ta`lim yo`nalishi: 5510100 - Davolash ishi
Ta`lim yo`nalishi : 5510300 - Tibbiy profilaktika
Ta`lim yo`nalishi: 5510900 - Tibbiy biologiya
Tа`lim yo`nalishi: 5510400 - Stomatologiya
Ta`lim yo`nalishi: 5510200 - Pediatriya ishi
BUXORO - 2020 Hazm fiziologiyasini jadvallar yordamida o’rganish nomli o‘quv uslubiy qo‘llanmada hazm tizimining rivojlanish tarixi, umumiy va xususiy fiziologiyasi makro- va mikroelementlarning inson organizmida tutgan o‘rni haqida zamonaviy ma′lumotlar keltirildi. Ushbu o‘quv uslubiy qo‘llanmaldan tibbiyot institutining barcha ta’lim yo’nalishi talabalari, universitetlarning biologiya ta’lim yo’nalishi talabalari foydalanishi mumkin/
Taqrizchilar: M.M.To’rayev-Biologiya kafedrasi mudiri, b.f.n.dots. Buxoro davlat universiteti
D.A.Hasanova-“Odam anatomiyasi kafedrasi assistenti, t.f.n. BuxDTI
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashida tasdiqlangan «_29__» 10_ 2020 yil 3 sonli bayonnoma.
Qisqartma so’zlar. OHQ- ovqat hazm qilish.
VIP- Vazointestinal peptid
PP- Pankreatik polipeptid
APUD-(Amine Precursor Uptake and Decarboxylation) endokrin hujayralaridagi aminlarning dekarboksillanishi.
GIP- Gastrointestinal peptid
XTsK-PZ - Xoletsistokinin-pankreozimin
EC- enteroxromaffin hujayra
EG-enteroglukagon
AKTG -adrenokortikotropgormon
MNT- markaziy nerv tizimi
So’z boshi. Mustaqillik tufayli yurtimiz ravnaq topdi. O`zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan o`rin egalladi. Deyarli har kuni yurtimizdamislsiz o`zgarishlar va yuksa-lishlar ro`y berayapti. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish shu bilan birga ta`lim muassa-salarida yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida ushbuqo`llanma yaratildi.“Hazm fiziologiyasini jadvallar asosida o’rganish ” nomli o`quv uslubiy qo`llanma “Fiziologiya” fan dasturi asosida tayyorlangan. Mazkur qo`llanmada ma`ruza va laboratoriya darslarining mavzulari yoritilgan va bakalavrlar uchun mo`ljallangan.
Normal fiziologiya fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy qo`llanmada hazm organlarining fiziologik funksiyalari va hazm shiralarining tarkibi va ahamiyati haqida ma`lumot keng doirada yoritilib berilgan. Yangi manbalardagi axborotlar bilan boyitilgan. Bu talabalarning laboratoriya mashg`ulotlarini mukammal o`zlash-tirishlari, reyting nazoratlarini muvaffaqiyatli topshirishlariga yordam beradi.Ushbu o’quv uslubiy qo`llanmadan tibbiyot instituti talabalari va universitetlarning biologiya fakulteti talabalarini hamda yosh pedagoglari foydalanishi mumkin.
O`quv uslubiy qo`llanmada ayrim juz`iy xatolar uchrashi mumkin.Shuning uchun ham mualliflar oldindan uzr so`raydilar. Uslubiy qo`llanma haqidagi fikr, mulohazalarni mualliflar minnatdorhilik bilan qabul qiladilar va kitobning keyingi nashrlarida albatta inobatga oladilar.