Fiziologiya



Download 1,6 Mb.
bet14/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

Chaynash va yutish. Oziq moddalar og‘iz bo‘shlig‘iga qattiq bo‘lakchalar yoki har xil darajadagi suyuqlik holatida tushishi mumkin. Oziq modda holatiga qarab og‘iz bo‘shlig‘ida mexanik va kimyoviy ishlovdan o‘tkaziladi yoki darhol yutib yuboriladi. Yuqori va pastki qator tishlar yordamida oziq moddaning mexanik parchalanishi chaynash deb ataladi. Chaynash chaynov va til mushaklari qisqarishi orqali amalga oshiriladi. Chaynash jarayoni reflektor yo’l bilan amalga oshadi. Og’izdagi ovqat resteptorlarni ta’sirlaydi,impulslar ulardan uzunchoq miyadagi chaynov markaziga etkaziladi va uchlik nervi orqali chaynov mushaklariga utkaziladi. Chaynash vaqtida yuqorigi va pastki jaglar tish qatorlari bilan birgalikda chaynov va mimika mushaklari, og’iz shilliq pardasi, til, yumshoq tanglay va so’lak bezlari ishtirok etadi. Odamda chaynash vaqtida pastki jag turli-tuman harakatlarni bajaradi, u gorizontal va vertikal tekisliklarda siljib turadi. Bu harakatlar tufayli pastki tishlar yuqorigi tishlarga tegadi. Frontal tishlar ovqatning tishlab olinishini ta’minlaydi ,bu vaqtda pastki jag yuqoriga va pastga harakat qiladi.
Ovqatning mayda bo’lakchalarga bo’linishi premolyarlar tomonidan pastki jag’ ning ko’tarilishi va tish qatorlarining jipslashuvi natijasida, ezilishi esa pastki jag’-ning gorizontal siljishi natijasida amalga oshiriladi.Til va lunjlar mushaklari qisqarib ovqatni tish qatorlari oraligiga siljitadi.Lablar mushaklari og’iz bo’shlig’ini epib, ovqatning og’izdan tushib ketishiga yo’l qo’ymaydilar.
Chaynash-shartli va shartsiz ovqat harakat reflekslarining murakkab muvo-fiqlashtirilishi bo’lib, ovqatning og’iz bo’shlig’ida saqlanish vaqtini aniqlaydi va uning mexanik hamda kimyoviy ishlanishining sifatini ta’minlaydi.Chaynash qan-chalik to’la qimmatli bo’lsa, ovqat hazm qilish jarayonlari hazm yo’llarining bosh-qa bo’limlarida ham shuncha sifatli kechadi. Buning sababi shuki, hazm yo’llari turli bo’limlaridagi harakat aktlari orasida reflektor bog’lanish mavjud. Chunonchi jadal chaynash vaqtida me’da silliq mushaklarining reflector, tonik qisqarishlari, yutish vaqtida bu mushaklarning reflektor bo’shashuvi kuzatiladi.
Bundan tashqari chaynash ovqat hazm qilish yo’llarining sekretor funkstiya-siga ham ta’sir etadi:chaynash funkstiyasi qanchalik to’la qimmatli bo’lsa, ovqat hazm qilishning murakkab reflektor fazasida me’da va me’da osti bezi sekrestiyasi shuncha ko’p va sifatli bo’ladi. Agar chaynash jarayoni biroz uzaytirilsa, me’da shirasi nordonligining oshishi isbotlangan. Chaynash butunlay bo’lmaganda me’da shirasi nordonligi pasayadi va xatto nolgacha tushishi mumkin. Chaynash jarayoni tinch davri, ovqat luqmasini og‘izga kiritish, tusmollash (chamalash), asosiy davr, ovqat luqmasini yutishga tayyorlash davrlardan iborat bo‘lib, bosqichma-bosqich amalga oshadi.
Oziq moddaning og‘iz bo‘shlig‘idan me‘daga o‘tkazilishi yutish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Yutish reflektor jarayon bo’lib, uning markazi uzunchoq miyada IV qorincha tubida joylashgan.Til ildizi va halqumga kokain eritmasi surtib, undagi resteptorlar vaqtincha ishdan chiqarilganda yoki efferent nervlar kesil-ganda yutish amalga oshmaydi.Yutish refleksida ko’pgina mushaklar ishtirok etadi, ular muayyan tartibda uzaro aniq kelishilgan holda qisqaradi. Yutishni boshqa-rishda uzunchoq miyadan katta yarim sharlar po’stlog’igacha bo’lgan MNT qism lari ishtirok etadi.Yutish markazi nafas va yurak faoliyatini boshqaruvchi markazlar bilan bog’liq.Yutish vaqtida nafas to’xtaydi,yurak qisqarishlari esa tezlashadi.
Yutish refleksi uch fazaga bo’linadi: 1)og’iz fazasi (ixtiyoriy), 2) halqum fazasi (tez ixtiyorsiz), 3) qizilo’ngach fazasi (sekin ixtiyorsiz). Yutish vaqtida yumshoq tanglay va tilcha ko’tarilib, xoanalar va Evstaxiy naylari teshiklarini, halqum usti togay esa hiqildoqqa kirish teshigini bekitadi va luqma og’iz bo’sh-lig’idan tomoq orqali halqumga, undan qizilo’ngachga o’tadi(3-rasm).




Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish