Fiziologiya



Download 1,6 Mb.
bet22/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

O‘t hosil bo‘lishi va ajralishining boshqarilishi. O‘t hosil bo‘lishi uzluksiz ravishda amalga oshadi, lekin jarayonning shiddatliligi turli regulator ta'sirlar ostida o‘zgaradi. Ovqatlanish jarayoni hamda ovqatning turi o‘t hosil bo‘lishini o‘zgartiradi. Hazm kanali va boshqa a'zolarning interoretseptorlari qitiqlanganda va turli shartli reflektor signallarga javoban o‘t hosil bo‘lishi va ajralishi reflektor ravishda o‘zgaradi. O‘tning ajralishi o‘t pufagi va o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘idagi bosimlar farqiga va sfinkterlar holatiga bog‘liq.
O‘t pufagida quyidagi sfinkterlar farqlanadi: Mirissi sfinkteri (pufak va umumiy o‘t yo‘li qo‘shilgan joyda), Lutkens sfinkteri (o‘t pufagining bo‘ynida) va umumiy o‘t yo‘lida ampula yoki Oddi sfinkteri. Bu sfinkterlarning tonusi o‘t suyuqligining oqish yo‘nalishini belgilaydi. O‘t ajratuvchi apparatda bosim o‘t hosil bo‘lishi va ajralishining darajasi va o‘t pufagi mushaklar va sfinkterlarning tonusi yordamida hosil bo‘ladi. Bu qisqarishlar ma'lum bir tartibda bo‘lib asab va gumoral mexanizmlar orqali boshqariladi. O‘t yo‘lida bosim 4-30 mm suv. ust., me’da pufagida esa hazm jarayonidan tashqari davrda 60-185 mm suv. ust., hazm jarayoni davrida o‘t pufagi qisqarishi hisobidan 200-300 mm suv. ust.gacha ko‘tariladi. Bunday bosimlarfarqi mavjudligi tufayli gradiyenti o‘zgarishi tufayli, o‘t o‘n ikki barmoq ichakka Oddi sfinkteri orqali chiqib ketadi.
Ovqatning ko‘rinishi, hidi, uni iste'mol qilish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik turli odamlarda turlicha o‘t sekretsiyasiga ta’sirqladi. Ko‘pincha o‘t pufagi oldin bo‘shashib, keyin qisqaradi. O‘tning biroz miqdori Oddi sfinkteri orqali o‘n ikki barmoq ichakka ajraladi. Bu o‘t ajralishning birinchi bosqichi bo‘lib 7-10 daqiqa davom etadi. Undan keyin asosiy evakuator jarayon keladi. Bu jarayon davomida o‘t pufagining qisqarishi uning bo‘shashi bilan navbatlashadi va o‘n ikki barmoq ichakka bosqichma-bosqich oldin umumiy o‘t yo‘lidan va o‘t pufagidan, keyin esa jigardan o‘t ajraladi. Xolirez (ot hosil bo‘lishi) va xolikinezlarning (o‘t ajralishi) faolligi iste'mol qilingan ovqatlarning xiliga bog‘liq. Tuxum sarig‘i, sut, yog‘li ovqatlar, non, go‘sht kabi oziq moddalar o‘t hosil bo‘lishini va ajralishini kuchaytiradi. O‘tni hosil qiluvchi gumoral omillarga birinchi bo‘lib o‘tning o‘zi kiradi. Shuningdek, gastrin, XTsK-PZ, sekretin, prostaglandinlar ham o‘t ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. O‘t ajralishini XTsK-PZ, gastrin, sekretin, bombezin, atsetilxolin, gistaminlar kuchaytiradi, glukagon, kalsitonin, VIP, PP lar esa tormozlaydi.
Parasimpatik asab tolalari qitiqlanganda o‘t hosil bo‘lishi va ajralishi kuchayadi, simpatik tola qitiqlanganda esa, aksincha, susayadi. Parasimpatik tola qo‘zg‘alganda o‘t pufagi tanasi mushaklari qisqaradi, sfinkterlari esa bo‘shashadi, natijada o‘t o‘n ikki barmoq ichakka ajraladi. Simpatik asab qo‘zg‘alganda sfinkter qisqaradi va o‘t pufagi bo‘shashadi. O‘t pufagining bunday holati o‘t to‘planishi uchun sharoit yaratadi.
Ingichka ichak shirasining ajralishi boshqa shiralar ajralishidan farq qiladi. So’lak, me’da, me’da osti va boshqa bezlarning sekretor hujayralari shira ajrat-ganda umuman emirilmaydi yoki uning faqat apikal qismi sekretor granula bilan birga shiraga uzilib o’tadi. Shikastlanmagan yoki massasini oz qismini yo’qotgan hujayralar tiklanib (regenerastiyalanib ), sekretor jarayonda bir necha martalab ishtirok etadi.Bunday sekretor jarayonlar morfostatik va morfokinetik deyiladi.
Ingichka ichakda morfonekrotik sekretor jarayon kechadi. Bunda ichak vorsinkalarini qoplagan epiteliy hujayralar juda tez almashinadi,ya’ni vorsinkaning asosi (kripta) sohasida bo’linish yo’li bilan hosil bo’ladi, vorsinka uchi tomon siljib, ichak bo’shlig’iga tushadi. Shu tarzda ichak bo’shlig’iga bir kecha-kunduzda 250 g epitelial hujayralar ajraladi. Filtrlanish yo’li bilan ajralgan suyuqlikka qo’shilib, bu enterostitlar ichak shirasini hosil qiladi. Shunday qilib,ichak shirasi tiniq bo’lmagan epishqoq suyuqlik bo’lib, ingichka ichak shilliq pardasi va undagi bezlar maxsu-lidir. O’n ikki barmoq ichakning yuqori qismidagi bezlar uz tuzilishi va funkstiyasi bo’yicha me’dadagi pilorik bezlarga o’xshaydi.Duodenal (Brunner) bezlari shirasi kuchsiz ishqoriy reakstiyali, uncha katta bo’lmagan proteolitik, amilolitik va lipolitik faollikka ega bo’lgan suyuqlikdir.
Ichak (Liberkyun) bezlari o’n ikki barmoq ichak va butun ingichka ichak shilliq pardasida joylashgan.Ichak shirasi suyuq va quyuq (zichroq) qismlardan iborat. Suyuq qismi sekretor, organik va anorganik moddalarning suvli eritmasidan iborat. Anorganik moddalarni natriy, kaliy, kalstiy xloridlari, bikarbonatlari va fos-fotlari tashkil etgan. Organik moddalardan oqsillar, aminokislotalar, siydikchil, shi-limshiq v.b.bor. Ichak shirasida hazm jarayonida ishtirok etuvchi 20 dan ortiq turli fermentlar mavjud. Ulardan asosiylari: enterokinaza,bir necha peptidazalar, ishqoriy fosfataza, nukleaza, lipaza, fosfolipaza, amilaza, laktaza, saxaroza(6-jadval).



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish