Fiziologiya


-jadval. Jigar o`ti va ichak shirasidagi farqli xossalar



Download 1,6 Mb.
bet23/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

6-jadval. Jigar o`ti va ichak shirasidagi farqli xossalar.

Ko`rsatkichlar

A

B

C

Olingan joyi

O`t pufagi

O`t pufagi

O`n ikki barmoq ichak massasi

Rangi

Oltin sarg`ish

Jigarrang yoki to`q yashil

Oltin sarg`ish

Tiniqligi

Tiniq

Tiniq

Tiniq

Konsistensiyasi

Bir oz yopishqoq

YOpishqoq

Kam yopishqoq

Reaksiyasi (RN)

7,27 – 7,62

7,33 – 7,78

7,4 – 8,0

Solishtirma massasi

1008 – 1012

1026 – 1032

1008 – 1012

Odatdagi sharoitda bu fermentlar hoshiyali epiteliy zonasida fiksastiyalangan bo’lib, ichak devoridagi hazmni amalga oshiradi. Ichak bezlari sekrestiyasi ovqat-lanayotganda, ichakning maxalliy mexanik va kimyoviy ta’sirlanganida va ba’zi ichak gormonlari ta’sirida kuchayadi.


Ingichka ichakda ichak bo’shlig’idagi hazm me’da osti shirasi, o’t va ichak shirasidagi fermentlarning yirik molekulali moddalarni parchalashidan iborat, buning oqibatida asosan oligomerlar hosil bo’ladi. A.M.Ugolev tomonidan kashf etilgan ichak devoridagi (membranaga oid)hazm jarayoni mikrovorsinkalar hoshiyali epiteliysida adsorbstiyalangan fermentlar tomonidan oligomerlarning monomerlarga parchalanishidir. Ichak devoridagi gidroliz va so’rilish ingichka ichak shilliq pardasidagi burmalar, vorsinka va mikrovorsinkalar tufayli deyarli 500 martaga oshgan yuzada sodir bo’ladi. Ichak devoridagi hazm jarayonida alfa-glyukozidazalar (maltaza), beta-galaktozidazalar (laktaza), glyukoamilaza(gamma - amilaza), invertaza v.b. fermentlar ishtirok etadi.Bu jarayonda peptidazalar, ishqoriy fosfataza va lipaza ham qatnashadi.
Ingichka ichakning harakat faoliyati. Ingichka ichakning harakat faoliyati ichakdagi ovqatning hazm shiralari bilan aralashuvi, ximusning ichak bo’ylab harakat qilishi, ximus va ichak shilliq pardasi qatlamlarining almashib turishi, ichak bo’shlig’idagi bosimning oshishini ta’minlab turadi. Ingichka ichak devoridagi halqasimon va tashqi uzunasi bo’ylab yo’nalgan silliq mushak tolalari qisqarib, ichak harakatlarini amalga oshiradi.
Bajaradigan funkstiyasiga qarab, hamma qisqarishlarni ikki guruhga bo’ladilar: 1) ximusning aralashuvi va ezilishini ta’minlovchi mahalliy-lokal va 2) ximusni ichak bo’ylab harakatlantirishga qaratilgan qisqarishlar. Ichak qisqarish-larini ularning xarakteri bo’yicha ritmik sigmentastiya, mayatniksimon, peristaltik, antiperistaltik va tonik tiplarga bo’lish mumkin. Ritmik sigmentastiya aksariyat halqasimon mushak qatlami qisqarishlari oqibati bo’lib, ximusni va ichakni sigmentlarga bo’ladi, ximusni aralashtiradi va ichak bo’shlig’idagi bosimni oshiradi. Mayatniksimon qisqarishlar mushaklar bo’ylama qatlami tomonidan halqasimon mushaklar ishtirokida bajariladi. Bunda ximus oldinga-orqaga va juda kam yo’g’on ichakka tomon siljiydi.
Peristaltika shundan iboratki, ximusdan yuqoriroqda halqasimon mushak qatlami qisqarishi hisobidan bo’g’ilma hosil bo’ladi, pastroqda bo’ylama mushaklar qisqarishi tufayli ichak kengayadi. Bu torayma va kengayma ichak bo’ylab tarqalib, ximusni itarib boradi. Ichakda bir vaqt ning o’zida bir necha peristaltik to’lqinlar tarqaladi. Antiperistaltikada qisqarish to’lqini og’iz tomonga tarqaladi, normada bunday qisqarish bo’lmaydi. Tonik qisqarishlar anchagina uzunlikda ichakni toraytiradi.
Ingichka ichak harakatlari asab,gumoral va miogen mexanizmlar bilan boshqariladi. Asab boshqarilish intramural neyronlar va MNT tomonidan amalga oshiriladi. Intramural tugunlar ichaklarning kelishib, uyg’un qisqarishlarini ta’min-laydi, ayniqsa peristaltikada ularning roli katta. Ingichka ichak ritmik qisqarishlari juda turg’gun chastotaga ega. Ichakning tashqi nervlarini qirqish ritmik qisqarish-lar sonini uncha o’zgartirmaydi. Bu hodisa o’n ikki barmoq ichakka umumiy o’t yo’li ochiladigan joyda ichak devorida joylashgan ritm etakchisi faoliyatiga bog’liq. Impulslar mana shu ritm etakchisida paydo bo’lib, uzunasiga joylashgan mushak tolalari orqali ichak devori bo’ylab tarqaladi. Intramural mexanizmlarga parasimpatik va simpatik tizimlar hamda gumoral omillar ta’sir etadi. Parasimpatik nervlar ichak qisqarishlarini qo’zg’atadi, simpatik nervlar tormozlaydi.
Ichak harakatlarini boshqarishda MNT turli bo’limlari ishtirok etadi. Gipota-lamus oldingi va oraliq yadrolari ta’sirlanganda me’da va ichak harakatlari kuchayadi, orqa yadrolari qo’zg’alganda - tormozlanadi. Katta yarimsharlar po’stlo-g’i ichak harakatlariga gipotalamus va limbik tizim orqali ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sirlar ikkinchi signal sistemasi orqali yuzaga chiqadi, masalan, tansiq ovqat to’-g’risida gapirganda ichak harakatlari kuchayadi, ovqatga bog’liq noxush gaplar esa ichak motorikasini tormozlaydi. Jahl chiqishi, qo’rquv va og’riq, sevinish ichak motorikasini tormozlaydi. Ba’zan kuchli emostiyalar, masalan qo’rquvda ichak keskin peristaltikasi (“asabdan ich ketish”) kuzatiladi. Ichakning harakat faolligi ximusning fizik va kimyoviy xossalariga ham bog’liq. Qora non, sabzavot kabi maxsulotlar bu faollikni oshiradi. Ichak har qaysi bo’lagining faoliyati proksimal qismlarning qo’zg’atuvchi ta’siri va distal qismlarning tormozlovchi ta’siri yig’indisi natijasidir.
Qalqonsimon bez gormonlari miqdorining qonda ko’payishi, vazopressin, oksitostin, bradikinin, serotonin, gistamin, gastrin, motilin, xolestistokinin-pankreo-zimin, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, yog’ parchalanish maxsulotlari v.b. ichak hara-katini kuchaytiradi. Gipofizning orqa bo’lak gormonlari, qonda tiroksinning kamayishi ichak harakatlarini tormozlaydi. Gumoral omillar bevosita mushak tolalariga yoki intramural neyronlar resteptorlari orqali ta’sir etishi mumkin.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish