Fiziologiya


- jadval. Me`da osti bezi shirasining tarkibi



Download 1,6 Mb.
bet20/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

4 - jadval. Me`da osti bezi shirasining tarkibi

Bir sutkalik miqdori

1500 – 2000 ml

Ajralish tezligi

4,7 ml\min

Solishtirma massasi

1007 – 1009

Reaksiyasi (RN)

7,8 – 8,4

YOpishqoqligi

60 – 90

Rangi

Rangsiz

Karbonatli ishqor (umumiy miqdori)

50 – 100 hajm % SO2

Kal`siy

4,4 – 8,4 mg %

Kaliy

25,9 – 36,4 mg %

Xloridlar

263 – 425 mg %

Oqsil

0,8 – 0,9 gr %

Me’da osti shirasi oqsillar,yog’lar va karbonsuvlarni parchalaydigan fermentlarga boy. Amilaza, lipaza va nukleaza faol shaklda ajratiladi, proteazalar nofaol bo’ladi, keyinchalik boshqa fermentlar ularni faollashtiradi. Me’da osti shirasidagi trip-sinogen o’n ikki barmoq ichakda uning enterokinaza fermenti ta’sirida tripsinga aylanadi. Tripsin ham tripsinogenni faollashtiradi, jarayonni Ca2+ ionlari jadal-lashtiradi. Ikkinchi ferment ximotripsin ham faol bo’lmagan ximotripsinogen shak-lida ajratiladi va tripsin tomonidan faollashtiriladi. Ximotripsinogen va ximotrip-sinning bir necha turlari mavjud.Tripsin, ximotripsin va elastaza oqsillardagi ichki peptid bog’larni parchalaydi, yuksak molekulali polipeptidlarni quyi molekulali peptidlar va aminokislotalargacha parchalaydi.


Me’da osti bezi prokarboksipeptidaza A va B, proelastaza va profosfolipa-zani sintezlaydi. Tripsin ta’sirida bular karboksipeptidaza A va B, elastaza va fosfolipazaga aylanadi. Me’da osti shirasi polisaxaridlarni oligo-,di- va mono-saxaridlarga parchalaydigan alfa-amilazaga boy. Shiradagi ribonukleaza va dezok-siribonukleaza nuklein kislotalarga ta’sir etadi. Pankreatik lipaza yog’larni mono-glisteridlar va yog’ kislotalariga parchalaydi. Fosfolipaza A va esteraza ham lipidlarga ta’sir etadi. Lipazaning yog’larni gidrolizlashini o’t va Ca 2+ ionlari kuchaytiradi.
Me’da-ichak yo’llarida ovqat bo’lmaganda me’da osti shirasi oz miqdorda ajratiladi. Ovqat qabul qilishdan 2-3 daqiqa o’tganda sekrestiya keskin kuchayib, ovqat tarkibiga bog’liq holda 6-14 soat davom etadi. Ajratiladigan shira xajmi, tarkibi va sekrestiya dinamikasi ovqat miqdori va sifatiga bog’liq. Oqsilli ovqat pankreatik shira tarkibida proteazalar ko’payishiga, yog’li ovqat-lipazalar va kar-bonsuvlar-amilazalar ko’payishiga olib keladi. Hazm tizimi, xususan me’da osti bezi uzoq vaqt davomida bir xil ovqat iste’mol qilishga moslashgan.Bu hayot sharoiti yoki urf-odatlar tufayli doimo oqsilli yoki yog’li yoki uglevodli ovqatni iste’mol qiladigan xalqlarda kuzatiladi. Bunday odamlarda fermentning faolligi hattoki, naxor paytida ham yuqori bo’ladi. Me’da osti bezida shira ajralishi 3 davrdan iborat: murakkab reflektor, me’da va ichak davrlari. Pankreatik shira ajralishiga iste'mol qilingan ovqatning tarkibi ham ta'sir qiladi. Bu ta'sirlar gastrointestinal gormonlar orqali amalga oshiriladi. Yuqorida ta’kidlanganidek sekretin ta’sirida bikarbonatlarga boy, ammo fermentlari kam bo’lgan shira ajraladi.
Jigar va o‘tning funksiyalari. Ma'lumki, jigar eng katta bezlardan biri bo‘lib, organizmda bir qancha hazm bilan bog‘liq bo‘lgan va hazm bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarni bajaradi. Jigarning gomeostatik, metabolik, hazm, ekskretor, to‘siq (barer) va zahira faoliyatlari eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Jigar qondan ba'zi moddalarni yig‘ib olish, ularni o‘zgartirish, chiqarib yuborish, turli moddalarni hosil qilish yo‘li bilan o‘zining gomeostatik vazifasini bajaradi. Jigar orqali o‘tuvchi qon me’da va ichakdan o‘tgan zararli moddalardan tozalanadi; glyukoza jigarda glikogenga aylanadi. Glikogen jigar hujayralarida to‘planib organizmda uglevod-larga ehtiyoj oshganda sayin glyukozagacha parchalanib qonga chiqadi. Jigar moddalarning o‘zlashtirilishi va almashinuvida ishtirok etadi, o‘ziga xos fermentativ va ekskretor faollikga ega, u qon aylanishiga ham daxldor.
Qonning ivishida qatnashuvchi va ivishning oldini oluvchi moddalarning ko‘pchiligi jigarda sintezlanadi. Jigar limfa hosil bo‘lishida faol ishtirok etadi, jigar limfasining tarkibida oqsil juda ko‘p bo‘ladi. Jigar oqsil va aminokislotalar almashinuvida faol ishtirok etadi. Qondagi oqsillarning asosiy qismi jigarda sintezlanadi. U aminokislotalarning aminsizlantirilishini va amin guruhining ko‘chi-rilishini ta'minlaydi, glutamin va kreatin hosil bo‘lishida qatnashadi. Oqsil almashinuvining asosiy qoldiq moddasi - siydikchilning deyarli hammasi jigarda hosil bo‘ladi. Jigarning yog‘lar almashinuvidagi ishtiroki triglitseridlar, xolesterin, fosfolipidlar, lipoproteinlar va o‘t kislotalarni sintezlashda ifodalanadi. Yog‘larning o‘zlashtirilishi jigarning o‘t ajratish faoliyatiga bog‘liq.
Jigarda glyukozaning oksidlanishi, hosil bo‘lishi va parchalanishi, glyukuron kislotaning sintezlanish jarayonlari yuqori tezlikda bo‘ladi. Organizm uchun jigarning ichki va tashqi biologik faol moddalar, dori-darmonlar almashinuvida qatnashisi nihoyatda katta ahamiyatga ega. U steroid gormonlar, insulin, glukagon, antidiuretik gormon, tireoid gormonlar, katexolaminlar, gistamin, serotonin va boshqalarning enzimatik faolsizlanishini ta'minlaydi. Jigar o‘zining himoya va to‘siq faoliyatlarini zaharli moddalar va mikroblarning toksinlarini zararsizlantirish orqali bajaradi. Uglevodlarni depolashdan tashqari, jigar yog‘da eriydigan vitaminlarni depolash vazifasini ham o‘taydi. Yog‘da eriydigan vitaminlar (A, D, K, E) perisinusoidlarda to‘planadi. Embrional davrda jigar qon yaratilishida ishtirok etadi.
O’tning tarkibi. Jigarning hazm faoliyati o‘t hosil qilish va uni ichakka chiqarish bilan bog’liq. O‘t bir vaqtning o‘zida ham shira, ham ekskret suyuqligidir. O‘tning tarkibida har xil endogen va ekzogen moddalar ajraladi, u biroz fermentativ faollikka ham ega. Bir kecha-kunduzda 1000-1800 ml o‘t hosil bo‘ladi. O‘t hosil bo‘lishi (xolerez) uzluksiz bo‘lib turadi, o‘t ajralshi (xolikinez) davriy, ovqat iste'mol qilingandagina boshlanadu. Nahor paytida o‘t ichakka tushmay, o‘t pufa-gida yig‘iladi va u yerda zahira bo‘lib saqlanadi, quyuqlashadi, shuning uchun ham pufagidagi o‘t jigardagi o‘tdan to‘qroq rangda bo‘lishi bilan farqlanadi5-jadval).



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish