Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


FAOLIYATIGA GIPOFIZ GORMONLARI BEVOSITA TA’SIR



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

FAOLIYATIGA GIPOFIZ GORMONLARI BEVOSITA TA’SIR
QILMAYDIGAN ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI
Ba’zi bir endokrin bezlar faoliyatining boshqarilishida gipofiz gormonnlari
bevosita ishtirok etmaydi. Me’da osti bezining Langergans orolchalari, buyrak
usti bezining mag’iz qismi, epifiz, qalqonsimin bez yonidagi bezlar va boshqalar
shular jumlasidan.
Bunday bezlardan gormon ajralishi tezligi ko’proq ular boshqaradigan
ko’rsatkichlarning o’zgarishiga bogliq.
ME’DA OSTI BEZINING ENDOKRIN FAOLIYATI
Me’da osti bezining asosiy qismi ovqat hazmida ishtirok etuvchi shira ishlab
chiqaradi. Bu ishni bajaruvchi ekzokrin to’qima orasida maxsus endokrin
hujayralar orolchalari – Langergans orolchalari joylashgan. Orolchalardagi β-
hujayralar insulin, α- hujayralar glyukagon, delta-hujayralar somatostatin degan
gormonlarni sintezlaydi. Gipotalamik somatostatinning gipofizdan o’sish
gormoni ajralishini tormozlashini aytgan edik. Bundan tashqari, somatostatin
insulin, glyukagon va gastrointestinal gormonlarning qonga o’tishini
tormozlaydi. MNT da u mediator rolini ham o’ynaydi.
Insulin va glyukagon organizmda uglevodlar almashinuvini boshqaruvchi
asosiy gormonlardir.
Insulin molekulyar massasi 6000 ga yaqin bo’lgan oqsil. U bir-biriga parallel
bo’lgan ikkita disulfid ko’prikchalar yordamida bog’langan ikki polipeptiddan
iborat.
Glyukagon molekulyar massasi 3500 bo’lgan polipeptiddir.
Insulin qonda glyukoza miqdorini kamaytiruvchi yagona gormon.
Glyukozaning qondagi miqdori taxminan 0,8-1,0 g/l (4,4-6,6 mmol/l) bo’ladi.
Bu miqdorning muttasil va sezilarli darajada ko’tarilishi qandli diabetda
uchraydi va insulin yetishmovchiligining natijasi hisoblanadi.
Glyukoza miqdori qonda 1,8 g/l dan oshsa, siydik bilan chiqa boshlaydi.
Nefron kanalchalarida to’liq reabsorbsiyaga uchramagan glyukoza oxirgi siydik
hajmi oshishiga sabab bo’ladi.
Organizmga tashqaridan insulin kiritilsa, qondagi glyukoza miqdori
kamayadi. Buning sababi: 1) insulin glyukozani skelet meskullari, yog’
to’qimasi va miokard hujayralariga o’tishini yengillashtiradi va hujayralarda
glyukoza almashinuvini tezlashtiradi; 2) insulin jigarda glikogen hosil bo’lishini
stimullaydi; 
3) 
insulin 
aminikislotalardan 
glyukoza 
sintezlanishini
(glyukoneogenezni) sustlashtiradi.


Insulin yog’ almashinuviga ham ta’sir qilib, qondan erkin yog’ kislotalarini
jigar va yog’ to’qimasiga o’tishi, triglitserid shaklida jamg’arilishini amalga
oshiradi.
Membranada joylashgan maxsus retseptor insulinning hujayra ichiga
o’tishini ta’minlaydi. U oqsil tuzilma bo’lib, bir juft α va bir juft β qismlardan
iborat. α –qismi membrananing tashqi tomonida bo’lib, insulinni taniyda va u
bilan bog’lanadi, β qismlar esa hujayra ichiga botgan, α –qism bikan bog’langan
insulinning hujayra ichiga o’tishini ta’minlaydi. Protoplazmada insulin-retseptor
birikma parchalanadi, retseptor membranadan o’z joyiga qaytadi. Insulin esa
fermentlar faolligini oshirib, biologik ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir ko’p qirrali:
DNK, oqsil, yog’ sintezini tezlashtirish, modda almashinuvining ko’p
jarayonlariga aralashishdan iborat.
Insulin hujayralar bo’linishini tezlashtirish (mitogen) ta’siriga ega. Uning bu
ta’siri jigarda o’sish gormoniga bog’liq bo’lgan somatomedin sintezi tezlashishi
natijasi hisoblanadi.
Glyukagon jigarda glikogenning glyukozaga parchalanishini tezlashtiradi.
Shu bilan birga u glyukozani boshqa moddalardan (aminokislitalardan)
sintezlanishini kuchaytiradi. Natijada qonda glyukoza miqdori oshib ketadi. Bu
gormonning ham yog’ almashinuviga ta’siri bor. Glyukagon jigarda yog’
kislotalarning oksidlanishini tezlashtiradi va ko’p miqdorda ketonlar hosil
bo’lishiga olib keladi.
Insulin va glyukagonning qonga o’tish tezligi qondagi glyukoza miqdoriga
bog’liq. Bu miqdorni me’da osti bezidagi retseptorlar “o’lchaydi” va olingan
ma’lumot asosida β-hujayralarda insulin sintezi bevosita o’zgartiriladi.
Glyukagon sekretsiyasini boshqarishda ishtirok etadigan retseptorlar
gipotalamusda bo’lib, ular qonda glyukoza miqdori kamayganini sezadi. Bu
retseptorlar ta’sirida gipotalamusdan trop gormon qonga ko’plab o’ta boshlaydi..
U o’z navbatida glyukagon sekretsiyasini oshiradi. Natijada qonda glyukoza
miqdori ortadi. Trop gormon rolinin o’sish gormoni o’ynaydi, degan taxmin bor.
Langergans orolchalarining delta-hujayralarida sintezlanadigan somatostatin
glyukagonni qonga o'’ishini kamaytiradi.
Nerv tizimi me’da osti bezi ichki sekretsiyasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Adashgan nerv insulin sekretsiyasini kuchaytiradi, simpatik nerv esa uni
tormozlaydi. Glyukagonning qondagi miqdori simpatik nerv tizimi ta]sirida
ko’payadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish