tolalari bevosita nervlaydi. Xromofin hujayralar
gavdaning boshqa qismlarida
ham uchraydi. Ular simpatik nervlar singari adrenalinga yaqin fiziologik faol
modda ishlab chiqargani uchun simpato-adrenal tizimga kiritilgan.
Katta yoshli odamda buyrak usti bezinning mag’iz qavatida ishlab
chiqariladigan katexolaminlarning 70-90%ini adrenalin tashkil qiladi. Simpatik
nerv tolalarining oxirlarida ajraluvchi katexolaminlarning
asosiy qismi nor
adrenalindir. Bu gormon bosh miyaning turli qismlarida ham sintezlanadi va
mediatro rolini bajaradi.
Katexolamin gormonlar, birinchidan, silliq va ko’ndalang targ’il
muskullarning tonusi va qisqarishiga ta’sir qiladi.
Ikkinchidan, uglevodlar va
yog’lar almashinuvida ishtirok etadi.
Adrenalin qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Bu samara jigarda glikogen
parchalanishining tezlashishi natijasidir. Noradrenalin qondagi glyukoza
miqdoriga kam ta’sir qiladi. Adrenalin eng kuchli kontrinsulyar (insulinga
qarshi) gormon bbo’lib, qondagi glyukoza
miqdorini boshqarishda muhim
ahamiyatga ega.
Adrenalin va noradrenalin yog’ to’qimasida yog’ning parchalanishini
tezlashtirib, qonda erkin yog kislotalari miqdorini oshiradi. Yog’ kislotalar
energiya manbai sifatida sarflanadi. Adrenalin ta’sirida katta yoshli odamning
asosiy modda almashinuvi 30%
chamasida, chaqaloqlarda esa 300%ga yaqin
oshadi. Bu termogen samara noradrenalinda ham bor.
Katexolaminlar yurak-qon tomir tizimiga kuchli ta’sir qiladi. Noradrenalin
bosh miya tomirlaridan tashqari hamma tomirlarning silliq muskul tolalarini
qo’zg’atib, toraytiradi.
Adrenalin ba’zi qon tomirlarni, masalan, teri
qon tomirlarini toraytirib,
boshqa qon tomirlarni, xususan skelet muskullarining tomirlarini kengaytiradi.
Adrenalin va noradrenalin organizmdan ajratilgan yurakka musbat xronotrop
va inotrop ta’sir ko’rsatadi. Ammo yaxlit organizmda bu katexolaminlarning
yurakka ko’rsatadigan ta’sirida farq bor. Organizmga kiritilgan noradrenalin
yurak qisqarishlarini tezlashtirmay,
aksincha, bradikardiya paydo qiladi. Bu
adashgan nervning reflektor qo’zg’alishi natijasi bo’lsa kerak, chunki atropin
yuborilganda, noradrenalin bradikardiyaga olib kelmaydi.
Qonda noradrenalinning ko’payishi sistolik va diastolik arterial qon bosimini
oshiradi. Adrenalin ta’sirida faqat sistolik bosim oshib, diastolik bosim
o’zgarmaydi, yoki aksincha, pasayadi.
Noradrenalin va adrenalin
nafas olishni chuqurlashtirib, bronxlarni
kengaytiradi. Odatda, adrenalin va noradrenalin ovqat hazm qilish tizimi
a’zolarining silliq muskullarini bo’shashtaradi, ammo boshqa a’zolardagi silliq
muskullarga (taloq qobig’i, teridagi tuklarni ko’taruvchi
muskullar, qorachiqni
kengaytiruvchi muskullarga) qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi.
Adrenalin MNT faoliyatini rag’batlantiradi, uning ta’sirida odamning diqqat-
e’tibori, aqliy qobiliyati oshadi.
Tinch holatda buyrak usti bezidan adrenalin va noradrenalin ajralishi uncha
ko’p emas, faqat simpatik nerv tizimi qo’zg’alganda katexolaminlarning
qondagi miqdori oshadi. Buni stress holatlarda yaqqol ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: