membranalarining o’tkazuvchanligiga, ba’zi fermentlar faolligiga, nerv va
muskullar qo’zg’aluvchanligiga va boshqa ko’plab jarayonlarga ta’sir qiladi.
Fosfor fosfatlar, fosfolipidlar, fermentlar, nuklein kislotalar tarkibiga kiradi.
D vitamini bilan bir qatorda, kalsiy va fosfor muvozanatini saqlashda ikkita
gormon – paratgormon va kalsitonin qatnashadi. Paratgormon qalqonsimon bez
yonidagi bezlarda, kalsitonin esa qalqonsimin
bezning maxsus C-hujayrasida
sintezlanadi.
Paratgormon molekulyar massasi 8500 ga teng oqsil. Kalsitonin ham oqsil,
uning molekulyar massasi 3600 chamasida.
Paratgormon birinchidan, osteoklastlarning faaolligini oshirib,
suyaklardan
Ca
2+
va fosfor ajralib chiqishini tezlashtiradi. Ikkinchidan, u buyraklarda Ca
2+
reabsorbsiyasini kuchaytiradi. D vitaminning miqdori yetarli bo’lganda,
paratgormon ichaklarda Ca
2+
so’rilishini ham tezlashtiradi.
Natijada qonda
doimiy (0,1 g/l yoki 3 mmol/l) bo'’gan kalsiy miqdori ko'’ayadi (30-rasm).
Fosforning qondagi miqdori paratgormon ta’sirida uncha o’zgarmaydi.
Kalsitonin paratgormonning antagonisti bo’lib, qonda kalsiy miqdorini
kamaytiradi. Bu suyaklardan kalsiy ajralishining susayishi natijasi hisoblanadi.
Kalsitonin
me’daning
pilorik
qismida
sintezlanadigan
va
me’da
sekretsiyasining juda kuchli stimulyatori bo’lmish gastrin gormonining qonga
o’tishini tormozlaydi.
Paratgormon yetishmovchiligi qonda Ca
2+
miqdorini kamaytiradi. Bu
ko’rsatkich 0,08 g/l
ga tushsa, teteaniya ro’y beradi. Skelet muskullarining
qo’zg’aluvchanligi oshib, ular kuchsiz ta’sirotga ham tonik qisqarish bilan javob
beradi. Nafas muskullari kuchli tonik qisqarish holatiga o’tadi va odam halok
bo’lishi mumkin.
Giperparatireozda kalsiyning qondagi miqdori ortadi. U 0,17 g/l dan oshsa,
odamning yuragi to’satdan to’xtab qolishi mumkin.
EPIFIZ
Epifiz
bosh miya markazida, uchinchi qorincha tubida joylashgan. Odam
epifizining diametri 3-4 mm. Odamzod bu bez borligini 4000 yildan beri bilsa
ham, uning faoliyati oxirgi 20-30 yillar davomida aniqlandi. O’rta asrlarda
odamning ruhi epifizda saqlanadi, deb hisoblashgan. Asrimizning boshlarida
ovqatiga maydalangan epifiz qo’shib berilgan itbaliqlarning
rangi oqargani
aniqlangan edi. Shunga asoslanib, 50-yillarda amerikalik olim A.Lerner epifizda
pigment almashinuviga ta’sir qiladigan modda bo’lsa kerak, deb taxmin qildi va
bir necha o’n ming qoramol epifizidan bbir-ikki gramm modda ajratib oldi. Bu
modda juda oz miqdorda baqa organizmiga kiritilganda, terining oqarishiga olib
keladi. Shunday qilib, yangi gormon – melatonin kashf etildi.
Turli mutaxassislar o’tkazgan tajribalarda melatoninning ko’p qirrali
samaraga ega gormonligi aniqlandi. U boshqa bir biogen amin – serotonindan
hosil bo’lib, pigment almashinuvini, jinsiy faoliyatni, kecha-kunduzlik va fasllik
ritmlarni, hujayralar bo’linishi va rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi.
Epifizdan tashqari, melatonin hazm tizimidagi apudotsitlarda,
tomirlar
endoteliyida, buyrak usti bezi po’stloq qismida, miyachaning Purkinye
hujayralarida, simpatik tugunlarda sintezlanadi.
Melatonin ko’z to’r pardasida ham topilgan. Gormonning to’r pardadagi
miqdori kamayib ketsa, odamning ranglarni ajratish qobiliyati buziladi.
Melatonin uyqu keltirish qobiliyatiga ham ega. Bir necha tomchi gormon
eritmasi mushukning burniga tomizilganda 70-100 daqiqa davom etuvchi chuqur
uyqu kuzatiladi.
Oxirgi vaqtda melatoninning yana bir juda muhim xossasi aniqlandi. U
hujayralar bo’linishini sekinlashtirib, o’smaga qarshi ta’sir ko’rsatar ekan.
Melatonin
gipofizdan
gonadotrop
gormonlarning
qonga
o’tishini
kamaytiradi. Demak, uning qondagi miqdori ko’payib ketsa, balog’atga
yetish
cho’zilib ketadi. Gormonning yetishmovchiligida esa jinsiy rivojlanish
tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: