QONNING FIZIKAVIY-KIMYOVIY XOSSALARI
Qonni kolloid-polimer eritma deb hisoblash mumkin. Unda erituvchi sifatida
suv bo’lsa, erigan moddalarni tuzlar va kichik molekulalai organik moddalar
tashkil qiladi. Kolloid qismi esa oqsil va ularning kompleks birikmalaridan
iborat.
Qondagi kolloid eritma va shaklli elementlar muallaqligi ma’lum darajada
yopishqoqlikni hosil qiladi. Plazmaning yopishqoqligi 1,7-2,2, butun qonniki esa
5,0. Organizm ko’p miqdorda suv yo’qotsa (qattiq terlash yoki ich ketish
natijasida), qonning yopishqoqligi ortib, qon aylanishi buzilishi mumkin.
Qonning solishtirma og’irligi 1,060-1,064, plazmaniki esa 1,025-1,034. U
juda kam o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |