Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


QISQARISHLARNING QO’SHILISHI VA TETANUS



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

QISQARISHLARNING QO’SHILISHI VA TETANUS
Tabiiy sharoitda muskullarning qisqarishi uzluksiz ravishda nisbatan ancha
uzoq davom etadi. Odam bajaradigan eng tez harakatlarga ham 100 ms dan ko’p
vaqt sarflaydi, tana va qo’l-oyoqlar muskullarining taranglanishi minutlab va
soatlab davom etishi mumkin. Bu xildagi qisqarishlar tetanus deb atalgan.
Tetanusnning kelib chiqish mexanizmi oralig’ida qisqa vaqt bo’lib, ketma-ket
keluvchi impulslarga muskulning javobini o’rganish yo’li bilan aniqlangan.
Agar impulslar o’rtasidagi vaqt yakka qisqarishga sarflanadigan vaqtdan
ortiq bo’lsa (tajriba baqa muskulida o’tkazilganda 100 ms dan), muskul
impulslar oralig’ida qisqarib-bo’shashishga ulguradi. Miogrammada birin-ketin


keluvchi yakka qisqarishlarni ko’ramiz. Impulslar o’rtasidagi vaqtni qisqartirish
ikkinchi impuls muskul birinchi qisqsrishdan bo’shasha boshlagan vaqtga to’g’ri
keladi. Ikkinchi impulsga javoban muskul tinch holatdagi nuqtadan emas, balki
hali bo’shashib ulgurmagan nuqtadan qisqaradi. Miogrammada ikkinchi
qisqsrishning egri chizig’i bbirinchi qisqarish bo’shashish bosqichining qaysi bir
nuqtasidan boshlangan bo’ladi – qisqarishlar bir-biriga qo’shilib ketadi (6-rasm).
Impulslar oralig’idagi vaqtni yana qisqartiramiz (<50 ms). Enda birinchi
qisqarish hali cho’qqiga yetmay turib, ikkinchi qisqarish boshlanadi. Bu
qisqarishlarning egri chizig’i tamomila qo’shilib ketib, unda yagona baland
cho’qqi hosil bo’ladi. Demak, ketma-ket impulslarning muskulga ta’sir qilish
natijasi ikki turda qo’shiladi. Ular o’rtasidagi vaqt nisbatan katta (50 ms dan
ko’p ) bo’lsa, chala qo’shilish kuzatiladi, bu vaqt qisqarsa (50 ms dan kam
bo’lsa), to’la qo’shilish ro’y beradi.
Odatda harakatlantiruvchi nervlar orqali muskullarga yuqori chastotaga ega
bo’lgan ritmik impulslar keladi. Bu impulslar paydo qilgan qisqarishlarning to’la
qo’shilishi natijasida silliq tetanus hosil bbo’ladi (7-rasm). Tajribada (ba’zi bir
patologik hollarda ham) tishli tetanusni kuzatish mumkin. Chastotasi nisbatan
past bo’lgan ritmik impulslar muskulga ta’sir qilganda tishli tetanus sodir
bo’ladi. Uning paydo bo’lishi oldingi impuls bilan keyingi impuls orasidagi
vaqt muskulning qisqarish fazasidan kattaroq bo’lishiga bog’liq. Oldingi impuls
ta’sirida muskul qisqarib, qisman bo’shashishga ulguradi. Ayni vaqtda shu
nuqtadan ikkinchi qisqarish, ikkinchi qisqarishning bo’shashish bosqichida
uchinchi qisqarishlar sodir bo’lib, miogramma tishli arraga o’xshaydi. Shuning
uchun bu tetanus tishli tetanus, deyiladi.
Tetanik qisqarishlar yakka qisqarishlarning qo’shilishi natijasida paydo
bo’lganidan yakka qisqarishlarga nisbatan yuqori amplitudaga rga bo’ladi.
Tetanik qisqarish amplitudasi impulslar kuchi va chastotasiga bog’liq. Ta’sirot
chastotasining ma’lum chegaragacha oshishi tetanik qisqarishni kuchaytiradi.
Eng kuchli qisqarish yuzaga keltirgan chastota optimal chastota deyiladi.
Impulslar chastotasi optimaldan ko’payib ketsa, qisqarish kuchi kamayadi. Buni
pessimal chastota, deyishadi.
Muskulning qisqarib-bo’shashishi qancha tez bo’lsa, silliq tetanus paydo
qilgan impulslar chastotasi shuncha yuqori bo’ladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish