Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

MUSKULNING YAKKA QISQARISHI


Ajratilgan yakka muskul tolasiga yoki bu tolalardan tashkil topgan yaxlit
muskul rag’batlantirilsa, yakka qisqarish sodir bo’ladi. Miograf yoki optik
usulda yozib olingan yakka qisqarishning egri chizig’ida uchta bosqichni
ajratish mumkin: qisqarishning latent davri, qisqarish bosqichi va bo’shashish
bosqichi (5-rasm). Ta’sirot berilgan lahzadan qisqarish boshlanguniga qadar
biroz vaqt o’tadi – bu latent (yashirin) davrdir. Mexanik uskunalar yordamida
qayd qilingan miogrammada u taxminan10 ms davom etadi. Optik yoki elektron
asboblarda qayd qilingan yakka qisqarishning latent davri ancha qisqa – 2,5 ms
atrofida. Ana shu vaqt muskul muskul tolalarida harakat potensiali boshlanib,
uning qisqarishi uchun zarur bo’lgan miqdorga (40 mV) yetishiga sarflanadi.
Baqaning ajratilgan muskulini qisqarish bosqichi 50 ms, bo’shashish bosqichi
ham 50 ms. Demak, bu muskulning yakka qisqarishi umuman 110 ms davom
etadi. Issiq qonli hayvonlar ko’ndalang targ’il muskullarining yakka qisqarishi
100 ms dan kam davom etadi.
Yakka muskul tolasining qisqarish amplitudasi (kuchi) ta’sirot kuchiga
bog’liq emas: tola “Bor yoki yo’q” qonuniga rioya qiladi. Ammo yaxlit
muskulning qisqarish kuchi ta’sirot kuchiga bog’liq. Bo’sag’a kuchiga ega
bo’lgan impuls ta’sirida boshlangan qisqarish elektr tokining kuchi oshishi bilan
ma’lum chegarada o’z amplitudasini oshirib boradi. Bu muskulning turli
qo’zg’aluvchanlikka ega bo’lgan tolalardan tuzilganiga bog’liq. Bo’sag’a
kuchiga ega bo’lgan impuls eng yuqori qo’zg’aluvchan tolalarni qo’zg’atib,
qisqartiradi. Ular uncha ko’p bo’lmaganidan qisqarish kuchsizbo’ladi. Impuls
kuchining oshirilishi qo’zg’aluvchanligi pastroq bo’lgan boshqa tolalarni ham
qo’zg’atib, qisqartiradi, qisqarish amplitudasi ortadi. Va, nihiyat, impulslar
kuchi muskul tarkibidagi hamma tolalarni qo’zg’atadigan darajaga yetadi,
qisqarish amplitudasi cho’qqisiga chiqadi. Bundan keyin rag’bat kuchini
oshirish qo’shimcha natija bermaydi.
Muskul uzoq vaqt davomida ta’sirlanib turgudek bo’lsa, charchaydi, yakka
qisqarish egri chizig’ining shakli o’zgaradi: bo’shashish fazasi juda cho’zilib
ketadi. Qisqargan muskulning o’ta sekin bo’shashishi kontraktura deyiladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish