moslashgan. Teng ko’ndalang kesimfa ega silliq va ko’ndalang targ’il muskullar
hosil qiladigan tortish tarangligi teng miqdorda bo’ladi va ular bir xil yukni
ko’tara oladi. Ammo, silliq muskul shu sharoitda targ’il muskulga nisbatan 100-
5—marta kam kislorod sarflaydi.
Yakka ta’sirga silliq muskul ham yakka qisqarish bilan javob beradi. Ammo,
qo’zg’aluvchanligi past bo’lganidan silliq myskulni qo’zg’atib, qisqartirish
qobiliyatiga ega bo’lgan bo’sag’a kuch ko’ndalang targ’il muskulga nisbatan
ancha katta bo’lishi kerak. Yakka qisqarishning latent davri ham silliq
muskullarda davomliroq. Quyon me’dasining silliq muskuli impuls berilgandan
so’ng 0,25-1 s o’tgach, qisqara boshlaydi va bu qisqarish 5-6 s davom etadi.
Baqa me’dasining yakka qisqarishi 1 daqiqa va byndan ko’p davom etadi.
Silliq muskullar sekin qisqarganidan, chastotasi juda kam bo’lgan ritmik
impulslar ham ularni tetanussimon, uzoq davom etuvchi turg’un qisqarishni
yuzaga keltiradi. Bunday qisqarish juda kam energiya sarfiga muhtoj.
Silliq muskullarni ko’ndalang targ’il muskullardan ajratib turuvchi o’ziga xos
xususiyatlardan biri ularning plastikligidir. Ya’ni, silliq muskullar ma’lum
chegarada cho’zilsa ham, tarangligini o’zgartirmaydi. O’t pufagi va qovuq
faoliyatlari uchun plastiklikning ahamiyati katta. O’t-safro va siydik jigar hamda
buyraklarda uzluksiz ishlab chiqarilib, aytilgan kavak a’zolarda yig’iladi.
Suyuqliklar hajmining oshishi silliq muskullarnui cho’zadi, ammo ularning
tarangligi o’zgarmagani tufayli pufaklarda bosim ko’tarilmaydi. Bu kavak
a’zolarning bo;shashini ta’minlovchi reflekslar ma’lum vaqtgacha so’nib turadi.
Suyuqliklarning, masalan, siydikning miqdori ko’payib ketsa, qovuq devoridagi
muskullar tarangligi oshadi, bosim ko’tariladi, retseptorlar qo’zg’aladi,m odam
siygisi qistaganini sezadi.
Silliq muskullarning kuchli va tez cho’zilishi ularning qisqarishiga sabab
bo;ladi. Silliq muskullarning bu fiziologik xususiyati ingichka va yo’g’on ichak,
siydik yo’llari va boshqa kavak a’zolarning me’yoriy faoliyati uchun katta
ahamiyatga ega. Ko’rsatilgan a’zolarning to’lib ketishi muskullarni cho’zadi,
ular faol qisqarib, yig’ilib qolgan suyuqliklarni harakatlantiradi.
Silliq muskullar ba’zi bir kimyoviy moddalar, chunonchi: atsetilxolin,
adrenalin, noradrenalin, gistamin, serotonnin, bradikinin va prostaglandinlarga
juda sezgir. Atsetilxolin aksariyat a’zolardagi silliq muskullarni qo’zg’atib,
qisqartiradi, ammo qoon tomirlar silliq muskullarini tormozlaydi. Adrenalin
bachadon myskulini umuman bo’shashtiradi, ammo homilali bachadonni
qisqartiradi. Demak, gumoral ta’sirotlarning natijasi silliq muskul turlari va
ularning fiziologik holatiga bog’liq.
Silliq muskullarni nervlovchi simpatik va parasimpatik tolalar ta’siri odatda
qarama-qarshi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: