Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


MIOFIBRILLALARNING TUZILISHI VA QISQARISH



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

MIOFIBRILLALARNING TUZILISHI VA QISQARISH
VAQTIDA O’ZGARISHI
Skeletning ko’ndalang targ’il muskuli umumiy qobiqqa o’ralgan juda ko’p
muskul tolalaridan iborat. Bu tolalar suyaklarga yopishgan paylarga ulangan.
Skelet muskul tolasi diametri 10-100 mkm, bo’yi 1-2 sm bo’lgan ko’p yadroli
hujayra desa bo’ladi. Tola yuzasi oddiy mikroskopda tiniq bo’lgan membrana –
sarkolemma bilan qoplangan. Har 2-3 mkm masofada membrana tola ichiga
botib kirib, ko’ndalang naychalar hosil qiladi. Tola protoplazmasi

sarkoplazmada diametri taxminan 1 mkm bo’lgan juda ko’p iplar – miofibrillalar
uzunasiga joylashgan. Hujayra kiritmalaridan mitoxondriyalarni uchratish
mumkin.
Ko’ndalang 
targ’il 
muskuldagi 
miofibrillalar 
birin-ketin 
kelgan
polyarizatsiyalangan (yorug’likni turli darajada sindiradigan) disklardan iborat.
Yorug;likni ikki marta (ikki yuzaga) sindiradigan disklar oddiy mikroskopda
qoramtir ko’rinadi. Bular anizotrop disklar deyiladi. Tolaning bu disklarga
yondosh qismlari yorug’likni bir yuzada sindiradi, mikroskopda tiniq ko’rinadi
va izotrop disklar deyiladi. Anizotrop disklar A harfi bilan, izotrop disklar I harfi
bilan belgilanadi (9-rasm). Anizotrop disk o’rtasida yorug’ H hoshiyani
ko’ramiz. Izotrop disk o’rtasidan qoramtir Z chiziq o’tgan. Z chiziq – yupqa
membrana teshiklaridan o’tuvchi miofibrillalar bu membranaga birikkan. Shu
tufayli, muskul tolasida parallel yotuvchi miofibrillalar disklarning qisqarish
vaqtida bir-biriga nisbatan siljib ketmaydi.
Miofibrillalarning har biri o’rta hisobda 2500 protofibrillalardan tuzilgan.
Protofibrillalar esa miozin va aktin oqsillarining polimerlangan cho’ziq
molekulalaridan iborat. Miozin protofibrillalar (iplar) aktin iplarga nisbatan ikki
marta yo’g’onroq, diametri taxminan 10 nm. Muskul tolasi tinch holatda


bo’lganida ingichka uzun aktin iplarining uchlari yo’g;onroq va kaltaroq miozin
iplari o’rtasidagi yoriqlarga kirib turadi. Izotrop (I) disklar faqat aktin iplaridan,
anizotrop (A) disklar esa miozin va aktin iplaridan iborat. Anizotrop diskning
o’rtasida aktin iplardan hosil bo’lgan yorug’ H hoshiya joylashgan.
Miofibrillalarning bir-biriga yaqin bo’lgan ikkita Z chiziqlar oralig’idagi
qismi
bir sarkomerni tashkil qiladi. Demak, miofibrilla birin-ketin
takrorlanuvchi juda ko’p sarkomerlardan iborat. Har bir sarkomerga esa ikkita I
disklarning yarimlari va bitta A disk kiradi.
Bo’shashgan muskul tolasi sarkomerining uzunligi 3,6 mkm, tola
qisqarganda 2,0-2,2 mkm ni tashkil qiladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish