Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

ICHKI MUHIT VA GOMEOSTAZ
Yirik hayvonlar organizmidagi mavjud hujayralarning asosiy qismi tashqi
muhit bilan bevosita aloqador emas. Bunday organizmlarda ichki muhit
shakllangan bo’lib, faoliyati ko’p jihatdan shu ichki muhitning barqarorligiga


bog’liq. Sut emizuvchi hayvonlarda ichki muhit bir nechta umumiy va
ixtisoslashgan suyuqliklardan iborat. Qon, limfa, to’qimalararo va hujayra
ichidagi suyuqlik umumiy suyuqliklardir. Ixtisoslashgan suyuqliklarga miya
qorinchalaridagi likvor, ko’z soqqasidagi, bo’g’imlardagi, ichki quloqdagi,
plevra bo’shlig’idagi suyuqliklar kiradi.
Ichki muhit suyuqliklaridan asosiysi – qon. Ammo hujayralarga kerakli
moddalarni bevosita yetkazib berish to’qima suyuqligining vazifasi. To’qima
suyuqligi tarkibi turli a’zolarda ularning tuzilishi va bajaradigan ishiga qarab,
o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi.
Qon, limfa, to’qima suyuqligining tarkibini aniqlash yo;li bilan muayyan
a’zo, to’qima va umuman organizmdagi moddalar almashinuvi to’g’risida
ma’lum tasavvur hosil qilish mumkin.
Ichki muhit uchun nisbiylik xosdir. Ichki muhitning barqarorligi organizm
faoliyati uchun juda katta ahamiyatga ega. Farangistonlikbuyuk fiziolog Klod
Bernar birinchi bo’lib ichki muhit sezilarli darajada o’zgarmagandagina,
organizm mustaqil hayot kechirishi mumkin, degan xulosaga keldi.
Qon, limfa va to’qima suyuqliklarining barqarorligi hujayralarning faoliyati
uchun zarur bo’lgan sharoitni yaratadi. Bu barqarorlikning saqlanishi juda
murakkab bo’lgan maxsus mexanizmlarga bog’liq. V.Kennon 1929-yilda ichki
muhitning barqarorligi va organizmning uni ta’minlash qobiliyatini gomeostaz,
deb atadi.
Gomeostaz deganda, bir-biriga muvofiqlashgan va ichki muhit barqarorligi
saqlanishini yoki tiklanishini ta’minlovchi reaksiyalaar majmuasi tishuniladi.
Qon, limfa va boshqa ichki muhit suyuqliklarining kimyoviy va fizikaviy-
kimyoviy holatining barqaror ko’rsatkichlari (glyukoza miqdori, pH, osmotik
bosim, elektrolitlar miqdori va boshqalar) gomeostaz ifodasidir. Tabiiyki, bu
ko'rsatkichlarning barqarorligi mutloq emas. Ular tashqi yoki ichki sabablarga
ko’ra ma’lum darajada o’zgarib turishi mumkin. Ammo har bir ko’rsatkichning
o’zgarishi uni eski holatga qaytaruvchi gomeostaz mexanizmlarini ishga soladi
va odatda uni tiklaydi. Gomeostatik ko’rsatkichlarning uzoq vaqt izdan chiqishi
organizm faoliyatiga putur yetkazadi, hatto halokatiga olib keladi.
Gomeostazning ta’minlanishida nerv va endokrin tizimlarning roli juda
muhim. Nerv tizimi tashqi va ichki muhitdagi o’zgarishlarga juda sezgir
bo’lganidan, birinchi galda, gomeostazni saqlovchi shosgilinch mexanizmlarni
ishga soladi. Ko’pgina gomeostatik ko’rsatkichlarni (qonda glyukoza, Na
+
, Ca
++
miqdorlari va boshqalarni) endokrin tizim ishtirokisiz boshqarib bo’lmaydi.
Ichki muhit barqarorligining organizm mo’tadil faoliyati uchun katta
ahamiyati borligi aytib o’tildi. Buning isboti uchun misol keltiramiz. Shimoliy
qotbda uchraydigan oq ayiq 60-70 darajadagi sovuqda bemalol yashaydi. U
Toshkent hayvonot bog’ida saraton vaqtidagi 35-40 daraja issiqqa ham moslasha
oladi. Demak, bu hayvonning yashashi mumkin bo’lgan havo haroratining
chegarasi taxminan 100-110
0
. Ayiq organizmidan ajralgan sun’iy eritmada tirik
saqlanadigan yakka-yakka hujayralarni olsak, ular faqat 36-38
0
da o’z faoliyatini


yo’qotmaydi. Eritma haroratining juda tor bo’lgan bu chegaradan chetga chiqib
ketishi hujayralarni halokatga yo’liqtiradi. Xuddi shu hujayralardan tashkil
topgan bir butun organizm tashqi muhit harorati 100 darajadan ortiq o’zgarsa
ham, bu o’zgarishlarga moslashib, faolligini yo’qotmaydi. Buning sababi
shundaki, organizmdagi hujayralarning asosiy qismi tashqi muhit bilan bevosita
aloqador emas, ular atrofida barqarorligini yo’qotmaydigan ichki muhit
suyuqliklari bor.
Tabiiyki, 
gomeostazning 
ma’lum 
chegaralari 
bor. 
Ichki 
muhit
ko’rsatkichlarining bu chegaradan chiqib, sezilarli darajada oshib yoki kamayib
ketishi organizm faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, yashab bo’lmaydigan
holatga olib keladi. Demak, gomeostatik ko’rsatkichlarning davomli va sezilarli
o’zgarishini kasallik belgisi, deb hisoblash mumkin. Bu ko’rsatkichlarni bilish
va aniqlash tashxis uchun katta ahamiyatga ega.
Fiziologik funksiyalar (faoliyatlar). Organizmdagi biror bir natija olishga
qaratilgan hayotiy o’zgarish fiziologik funksiya hisoblanadi.
Fiziologik funksiyalar xilma-xil bo’lib, hammasi organizmning moddalar
almashinuvi va moslashishni ta’minlashga xizmat qiladi. Funksiyalar sodda va
murakkab, tig’ma va hayotda orttirilgan, makromolekulyar yoki yaxlit organizm
darajasida yuzaga chiqadigan, vegetetiv va somatik, himoya va hokazo bo’ladi.
Modda, energiya va ma’lumot almashinuvi mavjud funksiyalarning asosi
hisoblanadi.
Ma’lumot almashinuvi hujayralarning bir-biri bilan bevosita aloqada bo’lishi,
moddalarning to’qima suyuqligi, limfa va qon tarkibida tashilish yo’li bilan va
elektropotensiallarni hujarradan hujayraga juda tez o’tishi natijasida ro’yobga
chiqadi. Ko’p hujayrali organizmlarda elektr signnallari shaklida kodlangan
ma’lumotlarni qabul qiluvchi, o’tkazuvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va tahlil
qiluvchi maxsus tizim bor. Bu odamda yuqori darajada rivojlangan nerv
tizimidir.
Nerv tizimi har qanday tirik organizmning o’z-o’zini boshqarishida, xilma-xil
ta’sirotlarga yaxlit javob berishida, tashqi muhit o’zgarishlariga moslashishida
juda katta ahamiyatga ega. Bu murakkab ishni nerv tizimi elektr impulslar
yordamida bajaradi.
Muskullar va bez to’qimasining faoliyatlari ham elektr impulslarga bog’liq.
Bioelektrik hodisalarni yaxshi tushunish uchun birinchi galda qo]zg’aluvchan
to’qimalar – nerv, muskul va bez to’qimalarining ba’zi bir umumiy fiziologik
xossalariniko’rib chiqqish kerak.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish