Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

IONLAR NASOSI VA FAOL O’TKAZISH
Membrananing tashqi yuzasida musbat zaryadlar ko’payishi kaliyning
tashqariga chiqishiga to’sqinlik qiladi, bu ionning hujayra ichida qolishini
ta’minlaydi. Kaliy kationlarining hujayra ichida, natriyning esa tashqarida ko’p


bo’lishini ta’minlab turadigan boshqa mexanizm ham bor. Bu membrananing
natriy-kaliy nasosidir. Membranadagi Na,K- ATF-aza fermenti bu nasosning
asosiy qismi. Nasos faoliyati uchun zarur bo’lgan energiya ATF parchalanganda
ajraladi. Nasos kaliyni to’qima suyuqligidan protoplazmaga, natriyni esa
ichkaridan tashqariga chiqarib turadi. Ikkala ionning harakati ular kam bo’lgan
suyuqlikdan ko’p bo’lgan suyuqlikka qaratilgan yoki bu harakat konsetratsion
gradiyentga qarshi. Shuning uchun jarayon energiya sarfiga muhtoj. Nasos
faoliyati uchun energiyadan tashqari kaliy va natriy kerak. Uning tarkibidagi
makromolekulalarga (tashuvchilarga) tashqaridan kaliy, ichkaridan natriy
birikmasa, nasos ishlamaydi. Ionlarning konsetratsion gradiyentga qarshi
ko’chirilishi faol o’tkazish deyiladi.
Sxemadan ko’rinishicha (2-rasm), natriyni hujayradan chiqarilishi kaliy
ionlarining hujayra ichiga o’tkazish bilan bog’langan. Membranada joylashgan
Y tashuvchi makromolekulasi hujayra ichidagi suyuqlikdagi Na
+
ni o’ziga
biriktirib, Na
+
Y tashuvchi kompleksni hosil qiladi. Bu kompleks membrananing
tashqi yuzasiga yaqinlashganida, undan Na
+
ajralib, to’qima suyuqligiga
chiqadi. Na
+
Y tashuvchi kompleks hosil bo’lishi natriy ionlarining konsetratsion
gradiyentga qarshi diffuziyalanishiga imkoniyat tug’diradi. Membrananing
tashqi tarafida Y tashuvchi maxsus ferment ta’sirida X tashuvchiga aylanadi.
Enda X tashuvchinin molekulasi tashqi suyuqlikdan kaliyni biriktirib, K
+
X
kompleksini hosil qiladi. U o’z navbatida, membranada diffuziyalanib,
protoplazma tarafiga o’tadi. Kaliyni ajratib, hujayra ichiga o’tkazadi. Bu
jarayonda sarflanadigan energiya manbai ATF dir. ATF parchalanganda
ajraladigan energiya X tashuvchini Y tashuvchiga aylantirishda ishlatiladi. Kaliy
va natriy ionlarining bog’langan holda tashilishi energiya sarfini kamaytiradi.
Tinch holatda muskul hujayralari sarflaydigan energiyaning 10-20% kaliy-natriy
nasosi faoliyatiga ketadi.
Faol tashishning energiyaga muhtoj fermentativ jarayon ekanligi hujayralarni
sovutish yoki ularga modda almashinuvini to’xtatuvchi zaharlar bilan ta’sir
qilish orqali isbot qilingan. Ikkala sharoitda ham hujayra ichiga kiritilgan
radioaktiv natriyning (24 Na
+
) tashqariga tashilishi to’xtab qolgan.
Kaliy-natriy nasosining membrana potensiali shakllannishidagi ishtiroki,
birinchidan,membrananing ikki yuzasi o’rtasida K
+
va Na
+
miqdoridagi farqni
saqlab turishdan iborat bo’lsa, ikkinchidan, uning o’zi ham potensial hosil
qiladi. Gap shundaki, nasos yordamida hujayradan tashqariga chiqarilgan har
uchta natriy ioniga hujayraga kiritilgan ikkita kaliy ioni to’g’ri keladi. Bu hol
tashqarida musbat zaryadlar ko’payishiga, membrana potensiali oshishiga olib
keladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish