Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Vestibulyar analizator. 
Tana holatini sezishda vestibulyar analizatorning 
ahamiyati katta. Vestibulyar analizator tana harakati tezlashishi, sekinlashishi va 
boshning fazodagi holatini o‘zgarishi haqidagi axborotlar asosida skelet 
mushaklari tonusining qayta taqsimlanishini ta’minlaydi va muvozanat saqlash 
imkoniyatini yaratadi. Chakka suyak piramidasidagi labirintda vestibulyar sensor 
tizimning chet tuzilmalari joylashgan. Labirint suyakdan iborat bo‘lib, uchta yarim 
doira kanallaridan, utrikulyus, sakkulyus va chig‘anoqdan tashkil topgan. Suyak 
labirinti ichida uning Shaklini takrorlaydigan parda labirint joylashgan. Suyak va 
parda labirintlar oralig‘idagi bo‘Shliq perilimfaga to‘lgan bo‘lsa, parda labirint 
bo‘Shlig‘i endolimfaga to‘lgan. Yarim doira kanallarning har biri utrikulyusda 


197 
tugaydi va ularni utrikulyusga qo‘shiladigan qismi kengayib ampula hosil qiladi. 
Ampula ichida qirrali ampula kristasi joylashgan bo‘lib, ushbu kristalarni ikki 
turdagi tukli retseptor hujayralar va tayanch hujayralar qoplab turadi. Tukli 
hujayralar ikkilamchi retseptorlar bo‘lib, afferent tola bilan sinaps orqali 
bog‘langan. Birinchi turdagi tukli hujayralar asosini, yakka afferent tolaning oxiri 
qadoq shaklida qamrab oladi va sinaps hosil qiladi. Bu turdagi retseptorni 
inasabatsiyalaydigan efferent tola hujayraning o‘zi bilan bevosita bog‘lanmaydi. U, 
retseptor asosini qamrab olgan efferent tola oxirida sinaps hosil qiladi. Ammo, 
ikkinchi turdagi tukli hujayralar afferent va efferent tolalar bilan sinapslar orqali 
bevosita bog‘langan. Ikkala turdagi retseptor hujayralarning uchlari kiprikchalarga 
(tuklarga) ega bo‘lib, har qaysi hujayralarning 60-80 stereotsiliyasi va bitta 
kinotsiliyasi bor. Retseptor va tayanch hujayralardan tashkil topgan epitelial 
qavatni mukopolisaxaridlardan tashkil topgan shilimshiq massa - kapula qoplab 
turadi. Ampulani ichida kapula to‘planib turadi. Tezlashish sababli paydo bo‘lgan 
endolimfa harakati bu massani siljishiga va unga botgan tukchalarning egilishiga 
olib keladi. Egilgan tuklar retseptor hujayralarni qo‘zg‘atadi yoki 
tormozlaydi.Yerning gravitatsiya maydonida tana holatining o‘zgarishi otolit 
membrananing siljishiga, retseptor hujayralarning tuklarini egilishiga va ulardan 
markazga intiluvchi impulslarning sonini ko‘payishiga yoki aksincha, kamayishiga 
olib keladi. Tukli hujayralardan impulslarni MAT ga o‘tkazuvchi aksonlar 
vestibulyar asabni (bosh chanoqdagi VIII juft asabning qismi) hosil qiladi. Bu 
asab, uzunchoq miyadagi vestibulyar yadrolarda tugaydi. Uzunchoq miyaning chap 
va o‘ng yarmida yuqori, medial, lateral va pastki yadrolar joylashgan bo‘lib, bu 
yadrolardan chiqqan asab tolalari ularni MAT ning boshqa qismlari bilan 
bog‘laydi. Vestibulospinal yo‘l tolalari asosan yozuv mushaklarining gamma-
motoneyronlarida va qisman alfa-motoneyronlarida tugaydi. Bu yo‘lning, bo‘yin 
mushaklarini faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlarga ta’siri statik va stato-
kinetik reflekslarni yuzaga chiqishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Vestibulyar 
tizimning shikastlanishi harakatlar boshqaruvining buzilishiga va bir qator 


198 
vegetativ o‘zgarishlarga (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, terlash va h.k.) sabab 
bo‘ladi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish