191
tuzilishida o‘xshashlik bor. Tayyoqchalarning nurga sezgir qismi ustma-ust
taxlangan, diametri 6 mk atrofida, soni 400-800 atrofida bo‘lgan disklardan iborat.
Disklar, hujayralarning membranasi kabi, ikki monomolekulyar
lipid qavatlardan
va ularni ikki tarafdan qoplagan oqsil qavatlardan taShkil topgan. Ko‘ruv pigmenti
rodopsin tarkibiga kiradigan retinollar oqsil qavat bilan bog‘langan.
Kolbachalarning tashqi segmentida, membrana disklar emas, balki burmalar hosil
qiladi. Fotoretseptor hujayralarning ichki va tashqi segmentlarini membrana ajratib
turadi. Bu membranani, ichki segmentdan tashqi segmentga 16-18 ta ingichka
fibrillalardan iborat tutam teShib o‘tgan. qo‘zg‘alishni
biopolyar hujayralarga
o‘tkazuvchi o‘siq ichki segmentda tugaydi. Odamning ko‘zida 6-7 mln kolbacha
va 125 mln tayoqchalar bor. Fotoretseptorlar to‘r pardada bir tekis
taqsimlanmagan. Markaziy chuqurchada faqat kolbachalar, to‘r
pardaning
chetlarida esa faqat tayyoqchalar joylashgan. Tayyoqchalar, nomozshomda g‘ira-
shira nurlarni qabul qiliShga moslashgan retseptorlardir. Ularning faoliyati
shikastlansa, odam g‘ira-Shirada mutlaqo ko‘rmaydi, kunduzi esa ko‘rish
qobiliyati to‘liq saqlanadi. Bu Shapko‘rlik vitamin A yetishmasligidan kelib
chiqadi. Kolbachalar yuqori yorug‘likda faollik ko‘rsatib, rang ko‘rishni
ta’minlaydi. Tunda faol hayot kechiradigan hayvonlardan biri, boyqush ko‘zining
to‘r pardasida deyarli yolg‘iz tayoqchalar uchrasa, kunduzi faol hayot kechiradigan
hayvonlarda, masalan, tovuq, kaltakesak va toshbaqalarda
faqat kolbachalar
uchraydi. Kolbachalarning sezgirligi tayoqchalarnikiga nisbatan bir necha marta
pastligi sababli, g‘ira-shirada asosan tayyoqchalar faollik ko‘rsatadi. Ammo
tayoqchalar ranglarni qabul qilishga molslashmaganligi sababli, odam g‘ira-shirada
ranglarni ko‘ra olmaydi.Ko‘zda nurlar sindirilishining uchta asosiy anomaliyasi
(refraksiyasi) mavjud: faqat yaqindan ko‘rish yoki miopiya, faqat uzoqdan ko‘rish
yoki gipermetropiya va qarilik tufayli faqat uzoqdan ko‘rish yoki presbiopiya.
Ko‘z defektlarining umumiy asosiy prinsipi Shundan iboratki, ko‘z kosasining nuri
sindirish kuchi va uzunligi ko‘zning normal ko‘rishdan farqli o‘laroq o‘zaro
mutanosib bo‘ladi.
192
Xozirgi kunda ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq jarayonlar oftalmologlar
tomonidan muvaffaqiyatli ravishda xal qilinmoqda.
Bunda zamonaviy usullarni
qo‘llash muxim ahamiyatga ega. Bunday usullardan biri flyuorissent angiografiya
usulidir. Bu usul yordamida ko‘z tubi to‘r pardasidagi kapilyarlar va qon tomirlar
xolatini o‘rganish imkoniyatini beradi. Ko‘z ultratovush taxlili usuli yordamida esa
bemorning ko‘z strukturasi va uning atrofidagi to‘qimalar xolatini o‘rganish
muxim diagnostik ahamiyatga ega. Yana bir muxim ahamiyatga ega bo‘lgan
usullardan biri ko‘z shox pardasi topografiyasi usulidir. Bunday zamonaviy
usullardan foydalanib oftalmologlar ko‘z to‘r pardasi kasalliklari, gloukoma va
bolalardagi neyro-oftalmologik muammolarni ijobiy xal qilmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: