Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Eshitishning anatomik asoslari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Eshitishning anatomik asoslari. 
Tovush, eshitish tizimiga tashqi quloq 
orqali kiradi. Quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘li tashqi quloqni tashkil qiladi. 
Quloqning o‘ziga hos shakli, ma’lum yo‘nalishdagi tovushlarni yaxshi qabul qilish 
va tovush yo‘nalishini aniqlash imkoniyatini yaratadi (ilova:68-rasm). Tashqi va 
o‘rta quloq orasida nog‘ora parda joylashgan. O‘rta quloqda bir-biriga bog‘langan 
uchta eshituv suyakchalari - bolg‘acha, sandon va uzangi bor. Bolg‘achaning 
dastasi nog‘ora pardaga mahkam bog‘langan. Uzangining asosi chakka suyak 
piramidasidagi chig‘anoqning oval darchasiga kelib taqaladi. Bu joy o‘rta va ichki 
quloq chegarasi. Tovush to‘lqinlari, nog‘ora pardada o‘rta quloq suyakchalarining 
harakati sababli ichki quloqqa o‘tadi. O‘rta quloq Evstaxiy nayi va og‘iz bo‘shlig‘i 
orqali tashqi atmosfera bilan bog‘langan. Bu bog‘lanish, turli sharoitlarda nog‘ora 
pardaning ikki tarafida havo bosimini teng bo‘lishini ta’minlaydi. O‘rta quloqdan 
o‘tish paytida tovushning tavsiflari o‘zgaradi. Nog‘ora pardaning yuzasi 70 mm
2
ga teng bo‘lsa, oval teshikka tarqalgan uzangi asosining yuzasi atiga 3,2 mm
2
ni 
tashkil qiladi. Demak, uzangi asosining yuzasi nog‘ora parda yuzasidan 22 marta 
kam. Pishanglar hosil qilib bog‘langan eshituv suyakchalari tovushni katta yuzadan 
kichik yuzaga o‘tkazadi. Bu esa, to‘lqinlarning amplitudasini kamayishiga, ammo 
kuchini deyarli 22 martaga oshishiga olib keladi.Chakka suyakning piramidasida 
ichki quloq joylashgan. Odamning ichki qulog‘i, ya’ni chig‘anog‘i 2,5 marta 
aylangan suyak kanali bo‘lib, uni Reysner va asosiy membranalar uch qismga: 


194 
nog‘ora, o‘rta va vestibulyar narvonlarga (kanallarga) bo‘ladi. Nog‘ora va 
vestibulyar narvonlar chig‘anoq uchidagi gelikotrema orqali o‘zaro ulangan. 
Tarkibi hujayralararo suyuqlik o‘xshash natriyga boy perilimfaga to‘lgan. O‘rta 
narvonchani endolimfa to‘ldirib turadi. Bu suyuqlik kaliyga boyligi sababli hujayra 
suyuqligiga o‘xshab ketadi. O‘rta quloqqa ochilgan ikkinchi teshik, ya’ni yumaloq 
darcha bor. Bu teshikni qoplagan yupqa parda endolimfaning oqib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. O‘rta narvonchaning asosiy membranasida eshituv retseptorlariga ega 
bo‘lgan kortiy a’zosi joylashgan. Retseptorlar bir qator ichki va uch-to‘rt qator 
tashqi tukli hujayralardan tashkil topgan. Ichki va tashqi retseptor hujayralarni 
kortiy a’zo tunneli ajratib turadi. Odamning kortiy a’zosida 3,5 minga yaqin ichki 
va 12 mingtagacha tashqi tukli hujayralar bor. Retseptor hujayralar tayanch 
hujayralarning oralig‘ida joylashgan. Chig‘anoq markazidagi burma tugindan 
chiqqan afferent asab tolalari tukli hujayralarni inasabatsiyalaydi. Bu asab tolalari 
30-40 ming atrofida bo‘ladi. Bu asab tolalarining 90 % ichki retseptor 
hujayralarda, qolgan 10 % tashqi tukli hujayralarda tugaydi. Kortiy a’zoning 
efferent tolalari ham bor, ular afferent tolalardan impuls o‘tishini tormozlashi 
mumkin. Kortiy a’zoni shilliqsimon massa - qoplovchi yoki tektorial membrana 
bosib turadi. Bu membrananing bir cheti chig‘anoq devorining ichki yuzasiga, 
ikkinchisi kortits a’zosiga yopishgan. Tashqi retseptor hujayralarning kipriklari 
tektorial membrananing pastki yuzasiga tegib turadi (ilova:69-rasm). 
Eshituv asabining birlamchi afferent tolalari ikki qismga bo‘linadi. Tolaning 
bir qismi ventral koxleral yadroga, ikkinchisi dorsal koxleral yadroga yo‘l oladi. 
Ventral yadrodan boshlanadigan tolalar o‘sha va qarama-qarshi tomondagi olivalar 
tizimiga o‘tadi. Demak, olivalar tizimi ikkala quloqdan afferent tolalar oladi. Bu 
tizimdagi neyronlar ikkala quloqdan kelgan impulslarni solishtirib ko‘rib, tovush 
manba’i qayerdaligini aniqlaydi. Dorsal koxleral yadrodan boshlanuvchi tolalar 
qarama-qarshi tomonga o‘tadi, lateral sirtmoq yadrosida to‘rttepalikning keyingi 
do‘mboqlariga bog‘langan neyronlar bilan sinapslar hosil qiladi. Bu markazlardan, 
eshituv yo‘li medial tizza tana orqali bosh miyaning chakka pushtasida joylashgan 
birlamchi eshituv po‘stloqqa yetib keladi. Birlamchi eshituv soha (Brodmanning 


195 
41-sohasi) yonida eshituv tizimining ikkilamchi eshituv sohasi (Brodmanning 42-
sohasi) joylashgan. Bu sohalarni shikastlanishi nutqni tushunishni, tovush kelgan 
tomonni aniqlashni va tovush signallari davomida baholashni qiyinlashtiradi. 
Ammo, tovush chastotasi va uning kuchini aniqlash qobiliyati saqlanadi. Odam va 
hayvonlar tovush manbaida fazodagi joyini to‘g‘ri aniq olish qobiliyatiga ega. Bu 
qobiliyat quloqning ikkitaligiga bog‘liq. Tovush manbai boshning o‘rta chizig‘idan 
chetda bo‘lsa, tovush bir quloqqa, ikkinchi quloqqa nisbatan sal keyinroq va 
kuchsizlangan holda yetib keladi. Eshituv tizimi bu ko‘rsatkichlarning 
farqlanishiga juda ham sezgir. Tovush quloqlarga yetib kelgan vaqtda, farq 2 ms ni 
tashkil qilsa, u sezilarli bo‘ladi. Tovush manbaigacha bo‘lgan masofa esa 
tovushning kuchsizlanishiga va tembri o‘zgarishiga qarab baholanadi. Sut 
emizuvchilarning eshitish apparati juda rivojlangan bo‘lib, tashqi, o‘rta va ichki 
qulog‘ining har bir bo‘limida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan. Tashqi quloq 
tarkibiga quloq chig‘anog‘i va tashqi eshitish yo‘li kiradi. O‘rta quloqda, ilk bor, 
uch suyakchali tovush o‘tkazuvchi tizim paydo bo‘lib, unga bolg‘acha, sandon va 
uzangi ham kiradi. Ular bir tomondan nog‘ora parda bilan, ikkinchi tomondan esa - 
ichki quloqning oval oynasi bilan bog‘langan. O‘rta quloqning bo‘shlig‘i (suv 
hayvonlarniki ham) havo bilan to‘ldirilgan. Eshitish suyakchalari ikki xil vazifani 
bajaradi. Birinchi vazifasi: ular richaglar tizimini hosil qiladi va ularning 
yordamida eshitish yo‘lining havo muhitidagi energiya tebranishlarini ichki 
quloqning perilimfasi o‘tkazishni yaxshilaydi. Ikkinchi vazifasi: suyakchalar 
tizimining, tovush katta jadallikka ega bo‘lganda harakatning xususiyatini 
o‘zgartirish qobiliyati borligida namoyon bo‘ladi. O‘rta quloqda, eshitish retseptor 
apparatini uzoq muddatli tovush ta’siridan saqlovchi maxsus mexanizm mavjud. 
Bunga o‘rta quloq mushaklarining qisqarishi tufayli erishiladi. Sut emizuvchilarda 
timpanal mushaklar va uzangi mushaklar rivojlangan. Yuqori jadallikdagi tovuSh 
ta’sirida bu mushaklarning reflektorli qisqarishi nog‘ora parda, o‘rta quloq 
suyakchalari va mos ravishda tovush bosimini pasayishiga olib keladi. 
Odamlarning ichki qulog‘i (chig‘anoq) tepa qismi ko‘tarilgan spiralga o‘xshab 
burama suyak yo‘lidan iborat. Ularda chig‘anoq 2,5 burmaga ega, mushuklarda esa 


196 
- 3 burmaga ega. Barcha retseptorlar kortiev a’zo ko‘rinishida o‘zgargan bazilyar 
papilla sifatida namoyon bo‘ladi. Suyakchali kapsulaning ichidagi ikkita 
membrana (bazilyar va reysner) chig‘anoqni uchta zinapoyaga bo‘ladi: timpanal, 
o‘rta (chig‘anoq kanali) va vestibulyar zinapoya. Timpanal va vestibulyar 
zinapoyalar perilimfa bilan to‘lgan, o‘rtadagisi esa - endolimfa bilan to‘lgan 
bo‘ladi. Bazilyar membranada kortiev a’zo joylashgan bo‘lib, ikki tipdagi retseptor 
hujayralarni o‘z ichiga oladi: bir qator ichki va uch-to‘rt qator tashqi tukli 
hujayralar. Ichki tukli hujayralar ko‘plab inasabatsiyaga ega bo‘lib, o‘tkazishni 
mustahkam ta’minlash ehtimoli bor. U ko‘pchilik tashqi hujayralarning bitta 
to‘qimadan tarmoqlangan inasabatsiyasidan farq qilib, bitta tukli hujayra tolasining 
faolligini qo‘shni hujayralarning faolligi bilan bir vaqtda bog‘laydi. Tovushli 
javoblarning asosiy oqimi ichki tukli hujayralar orqali o‘tadi, bunda tashqi 
hujayralar signallarning xususiyatlariga ma’lum bir hissa qo‘shadi deb hisoblanadi. 
Sensorli axborotni tashuvchi afferent tolalardan tashqari tukli hujayralarga efferent 
tolalar ham keladi. Ular, miya ustunining yuqori oliva yadrosi hujayralaridan 
keladi va tukli hujayralar bilan sinaptik aloqani hosil qiladi. Ushbu tolalar 
rag‘batlantirilganda qilinganda tukli hujayralarning javobini bostirilishini 
chaqiradi. Bu tolalar, tukli hujayralarni me’yoridan ortiq ta’sirlanishini qandaydir 
himoya qilsa kerak, boshqa masalalarda ularning funksiyasi hali yaxshi 
o‘rganilmagan. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish