Oliy asab faoliyatining turlari.
Qadimdan odamlar bir-birini xulq -
atvorida individual xususiyatlarni kuzatganlar. Qadimgi yunonlar davridan ma’lum
bo‘lgan quyidagi 4 tipdagi mijoz: xolerik («xole» – o‘t-safro), sangvinik
(«sangvis» - qiziqqon), flegmatik («flegma» – shilimshiq) va melanxolik
(«melanxole» - qora o‘t-safro) hozirgi vaqtda ham ishlatiladi. Shunday qilib,
qo‘zg‘aluvchanligi yuqori bo‘lgan, asabi tez taranglashadigan, serjahl, reaksiyalari
kuchli bo‘lgan odamlarni xoleriklar, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga o‘zining
harakatlari muvozanatini saqlagan holda jonli reaksiya bilan javob beruvchi
odamlarni – sangvinik deb atashgan. Muvozanatlangan xarakterli, hayot
sharoitlarining o‘zgarishlariga o‘z munosabatini qiyin o‘zgartiradigan odamlarni –
208
flegmatik; kuchsiz, qo‘rqoq, bir qarorga kela olmaydigan, ko‘ngli bo‘sh odamlarni
– melanxolik deb atashgan(ilova: 74- rasm). Mijozlar to‘g‘risidagi ta’limotga
qadimgi Sharq mamlakatlarining olimlari va hakimlari ham katta ahamiyat
berganlar. Ularning fikricha, uchta asosiy mijoz – issiq, o‘rtacha va sovuq mijozlar
mavjud bo‘lib, odam o‘z mijoziga qarab hayot kechirishi, ovqatlanishi va kasal
bo‘lganda davolanishi zarurligini aytganlar. I. P. Pavlov o‘zining ko‘p yillar
davomida itlarda o‘tkazgan tajribalari asosida, asab jarayonlarining kuchiga,
muvozanatlashganlik darajasiga va harakatchanligiga qarab quyidagi 4 tipdagi
OAF ni farqlagan:
1.
Kuchli,
Qo‘zg‘aluvchan,
harakatchan,
muvozanatlashmagan
(tiyib
bo‘lmaydigan) tip (xolerik). Ushbu tipga mansub hayvonlarda qo‘zg‘lish kuchli
bo‘lib, tormozlanish jarayoni biroz kechikadi. Shundan kelib chiqqan holda, asab
jarayonlari muvozanatlashmagan bo‘ladi. Ularda musbat shartli reflekslar tez hosil
bo‘ladi, tormoz reflekslari esa sust hosil bo‘ladi va deyarli to‘liq sodir bo‘lmaydi.
2. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tip (sangvinik). qo‘zg‘atuvchilarning
signal mohiyatini musbat holatdan tormoz holatiga o‘tkazish bu hayvonlarda oson
amalga oshiriladi (5 – 6 tajribadan so‘ng). Bunday hayvonlarda kech qoluvchi
Shartli refleks oson ishlab chiqariladi va dinamik svtereotip tez o‘zgartiriladi.
3. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tip (flegmatik). Bu tipdagi hayvonlarda
qo‘zg‘atuvchilarning signal mohiyatini o‘zgarishiga shartli reflekslarni o‘zgarishi
juda qiyin o‘tadi. Ularning asab hujayralari a’lo darajada mehnat qilish qobiliyatga
ega, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari bir xil maromda o‘tadi
(muvozanatlashgan), kuchli tashqi ta’sirlarni yengil qabul qiladi va ularga nisbatan
adekvat javob reaksiyasi qiladi. Ularni muvozanatdan chiqarish qiyin, signallar
mohiyatining o‘zgarishiga qaramasdan o‘z reaksiyalarini qiyin o‘zgartiradi.
4. Kuchsiz tip (melanxolik). Bu tipdagi hayvonlarda qo‘zg‘atilish jarayonining
kuchayishi faoliyatni chegaradan tashqari darajada tormozlanishiga olib keladi.
qo‘zg‘alish va tormozlanishning kuchsizligi oqibatida ularning asab tizimini
ishlash qobiliyati past bo‘lib, hayotda bunday hayvonlar passiv-mudofaa
reaksiyalariga moyil bo‘lishadi. Tormozlanishning juda ham kuchsizligi tufayli,
209
ularning asab jarayonlarini muvozanatlashganligi va harakatchanligi to‘g‘risida
biron narsa aytib bo‘lmaydi. Yuqorida nomlari qayd qilingan OAFning tiplari
o‘zining tub ma’nosida chegaralangan holda mavjud bo‘lmaydi, bu nazariy
jihatdan bo‘linishi mumkin bo‘lgan OAF tiplarining yig‘ma nomlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |