Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Hissiyotlar.
OAF miyaning yuqori bo‘limlarini integrativ faoliyati bo‘lib, 
odam va hayvonlarning individual xulq-atvorlarini ichki va atrof-muhitning 
o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvini ta’minlaydi. Xulq - atvorda alohida, 
lekin bir-biri bilan chambarchas bog‘liq hodisalar namoyon bo‘ladi. Odam va 
hayvonlarning xulq - atvorini turli shakllari asosida, individual va tur gomeastazini 
qo‘llab-quvvatlash yotgan bo‘lib, ular ko‘p xildagi ehtiyojlarni qondirishga 
qaratilgan. OAF mexanizmlarini fiziologik tushunib yetish uchun zarur bo‘lgan 
asos bo‘lib, bir butun xulq - atvor aktlarini va ular bilan sodir bo‘ladigan vegetativ 
reaksiyalarni ob’ektiv yoritish, organizmni tashqi dunyo bilan o‘zaro munosabatini 
markaziy tashkiliyligini tadqiqot qilish, ichki muhit o‘zgarishlariga va tashqi 
dunyo signallariga javob berishni bashorat qilish imkoniyati hisoblanadi. Shu bilan 
birga, sub’ektiv holatni ifoda etuvchi, lekin ob’ektiv neyrofiziologik tahlilga moyil 
jarayonlar ham e’tibordan qolmasligi lozim.
 
Odam va hayvonlar ehtiyojidaan kelib chiqqan holda asoslash shakllanadi 
va uning xulq - atvorni maqsadli yo‘naltirilgan aktlardagi realizatsiyasi hissiyotlar 
bilan birga sodir bo‘ladi. Odamlardagi asoslash va hissiyotlar to‘g‘risida, ularning 
qiliqlari, mimikasi va boshqa yorqin harakatlari, vegetativ reaksiyalari, bosh 
miyasidagi elektr hodisalar hamda sub’ektiv holati to‘g‘risidagi og‘zaki hisoboti va 
unga nisbatan shaxsiy munosabati bo‘yicha xulosa yuritiladi. Hayvonlardagi 
asoslash va hissiyotlar jarayonlari to‘g‘risida faqatgina ob’ektiv ko‘rsatgichlar 


211 
bo‘yicha xulosa qilish mumkin. Hissiyotlar tashqi va ichki ta’sirotlar natijasida 
shakllangan odam va hayvonlarning subektiv holati bo‘lib, ularning muhim 
belgilari tana reaksiyasining majmuasi hisoblanadi. Odamda, qoniqish va 
qoniqmaslikning sub’ektiv holati tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlarda, ya’ni tana 
holatini, qadam tashlashini, yuz qiyofasini, imo-ishorasini, ovoz reaksiyalarini
yurak urish chastotasini, nafas olishini, terlashini, ko‘pchilik gumoral-gormonal 
ko‘rsatgichlarini o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.Hayvonlardagi hissiy holatni 
baholash yana ham murakkabdir. Ular to‘g‘risida tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga 
yoki bosh miyaning ayrim bo‘limlarini rag‘batlashuviga turli reaksiyalari bo‘yicha 
xulosa qilinadi. Hissiyotlarni vujudga kelishi MAT ning ixtisoslashgan 
(emotsogen) tuzilmalarini faollashishiga bog‘liq. Bu tuzilmalardan ayrimlarining 
qo‘zg‘alishi ijobiy hissiyotlarni paydo qiladi va organizm ularni saqlab qolish
kuchaytirish va takrorlashga harakat qiladi. Boshqa xil tuzilmalarning qo‘zg‘alishi 
esa manfiy hissiyotlarni paydo qiladi va organizm ularni yo‘qotishga intiladi.
Hissiyotlarning biologik roli shundan iboratki, ular yuzaga kelgan paytda OAF 
tezda o‘z faolligining optimal darajasiga o‘tib oladi. Bunday darajada, hissiyotlar 
bo‘lmagan darajadagiga nisbatan, qulay va noqulay omillarga organizmning 
adekvat munosabatini ta’minlovchi vaqtli aloqalar xotiradan olinadi yoki yangilari 
shakllanadi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish