Shartli reflekslar.
Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida paydo
bo‘ladi. Ular hayvonning individual hayoti davrida vujudga keladi, ya’ni uning
yoyi hayvon tug‘ilganda mavjud bo‘ladi. Shartli reflekslar hayvonning individual
hayoti davomida orttiriladi va organizm hayot faoliyatini doimo o‘zgarib turadigan
atrof-muhit sharoitiga moslashishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Muhit
omillarining o‘zgarish diapazoni qancha kichik bo‘lsa, hayvon xulq-atvori
Shunchalik ko‘p darajada, ajdodlari genotipida «yozilgan» tajribaga suyanishi
mumkin. Aksincha, atrof-muhit qanchalik o‘zgaruvchan bo‘lsa, tur vakillari
tajribasining pragmatik qimmati shunchalik kam va shaxsiy-individual tajriba
orttirishga bo‘lgan zarurat shunchalik ko‘p darajada oshadi. Individual tajriba turli
yo‘llar bilan orttiriladi, ularning asosida tirik organizmlarni o‘rganishga bo‘lgan
umumiy qobiliyati yotadi. Bu esa, organizmni muhit xususiyati – o‘rganish
elementlarini ma’lum muddatga xotirada saqlab qolish xususiyati tufayli amalga
oshadi. Shartli organizm adaptatsiyasida muhim ahamiyatga ega o‘lib, ular tufayli
organizmning
xulq-atvorida
o‘zgaruvchan sharoitlarga mutanosiblik va
egiluvchanlik paydo bo‘ladi. Barcha Shartli reflekslarning paydo bo‘lishida
MATning yuqori bosqichlari ishtirok etishi lozim. Shartli reflekslarning o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, ular organizmning individual hayoti davomida hosil
bo‘ladi va doimiy bo‘lmaydi, organizmning holati va muhit sharoitlarini
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda yo‘qolishi yoki aksincha yangidan paydo bo‘lishi
mumkin.Shartli reflekslarning vaqtinchalik xususiyatga ega ekanligi tormozlaniSh
jarayoni mavjudligi bilan ta’minlanadi va u qo‘zg‘alish jarayoi bilan birgalikda
shartli-reflektorli faoliyat dinamikasini belgilaydi (ilova: 73- rasm).
Shartli refleks hosil qilish qoidasi:
1.Shartli refleks shartsiz refleks asosida hosil bo‘ladi.
2.Shartli tasirlovchi sifatida har qanday tashqi va ichki muhitning tasirlovchisi
bo‘lishi mumkin.
3.Shartli tasirlovchi bilan shartsiz tasirlovchini tasir etish vaqti ko‘p marotaba mos
kelishi kerak.
5.Shartli tasirlovchi shartsizdan oldin bo‘lishi kerak.
204
6.Shartli tasirlovchini biologik ahamiyati shartsiznikidan kamroq bo‘lishi kerak.
7.Shartsiz tasirlovchi shartlidan kuchliroq bo‘lishi kerak.
8.Shartsiz tasirlovchi natijasidagi qo‘zg‘alish shartliga nisbatan kuchliroq bo‘lishi
kerak.
9.Yot tasirlovchilarni bartaraf qilishi kerak.
10.Shartli refleks hosil qilinadigan hayvon sog‘lom bo‘lishi kerak.
11.Shartli refleks hosil qilishda motivatsiya ifodalanishi kerak.
Shartli refleksni paydo qilish jarayonida, ya’ni har bir tajribada miya
po‘stlog‘ining ikkita markazida: birinchisi shartli signal markazida, ikkinchisi
shartsiz refleks markazida qo‘zg‘alish rivojlanadi. Shartli signal, shartsiz ta’sirot
bilan deyarli bir vaqtda berilishi ko‘p marta takrorlangandan keyin bu markazlar
o‘rtasida ma’lum o‘zaro munosabatlar rivojlanib, vaqtincha aloqa o‘rnatiladi.
I.P.Pavlovning fikricha, miya po‘stlog‘ida ayni bir vaqtning o‘zida ikki sohada
qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi, qo‘zg‘alish jarayoni kuchsizroq bo‘lgan
o‘choqdan, ya’ni shartli signal qo‘zg‘alish hosil qilgan sohadan kuchliroq
qo‘zg‘alib, dominant bo‘lib qolgan soha (shartsiz refleks markazi) tomon harakat
qilishiga olib keladi. Ushbu qo‘zg‘alish jarayonining bunday harakatlari qayta-
qayta takrorlanganligi uchun miya po‘stlog‘ining bir sohasidan ikkinchi sohasiga
yo‘l ochilib, ular o‘rtasida vaqtincha aloqa o‘rnatiladi. Natijada, shartli signal faqat
o‘z markazini emas, balki shartsiz refleks markazini ham qo‘zg‘atadi, ya’ni
shartsiz refleks paydo bo‘ladi. Shartli refleksni paydo qilish vaqtida, glial
hujayralarning faolligini ortishi, shartli signal va shartsiz refleks markazlari
orasidagi mielinsiz tolalarni mielin qoplab, bu tolalar o‘tkazuvchanligini
kuchaytirishi, natijada qo‘zg‘alishning shartli signal markazidan shartsiz refleks
markaziga yetib borishi osonlashishi to‘g‘risidagi fikrlar ham bor. Shu bilan birga,
vaqtincha aloqa o‘rnatilishida neyronlarda oqsil sintezlanishi o‘zgaradi, ya’ni ko‘p
neyronlarning, ikkala markazida qo‘zg‘alishning bir vaqtda bo‘lishi RNK
tuzilishiga ta’sir qiladi, buning natijasida maxsus «xotira» oqsillari paydo bo‘ladi
degan firklar ham mavjud. Shartli refleks paydo bo‘lishini tushuntirishda sinaptik
va membrana farazlari ham mavjud bo‘lib, sinaptik faraz bo‘yicha – shartli refleks
205
hosil bo‘lish jarayonida markazlardagi sinapslarning faoliyat samarasi o‘zgaradi,
membrana farazida – shartli refleks mexanizmlari postsinaptik membrana
hosilalarining o‘zgarishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |