Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Shartli reflekslar. 
Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida paydo 
bo‘ladi. Ular hayvonning individual hayoti davrida vujudga keladi, ya’ni uning 
yoyi hayvon tug‘ilganda mavjud bo‘ladi. Shartli reflekslar hayvonning individual 
hayoti davomida orttiriladi va organizm hayot faoliyatini doimo o‘zgarib turadigan 
atrof-muhit sharoitiga moslashishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
 
Muhit 
omillarining o‘zgarish diapazoni qancha kichik bo‘lsa, hayvon xulq-atvori 
Shunchalik ko‘p darajada, ajdodlari genotipida «yozilgan» tajribaga suyanishi 
mumkin. Aksincha, atrof-muhit qanchalik o‘zgaruvchan bo‘lsa, tur vakillari 
tajribasining pragmatik qimmati shunchalik kam va shaxsiy-individual tajriba 
orttirishga bo‘lgan zarurat shunchalik ko‘p darajada oshadi. Individual tajriba turli 
yo‘llar bilan orttiriladi, ularning asosida tirik organizmlarni o‘rganishga bo‘lgan 
umumiy qobiliyati yotadi. Bu esa, organizmni muhit xususiyati – o‘rganish 
elementlarini ma’lum muddatga xotirada saqlab qolish xususiyati tufayli amalga 
oshadi. Shartli organizm adaptatsiyasida muhim ahamiyatga ega o‘lib, ular tufayli 
organizmning 
xulq-atvorida 
o‘zgaruvchan sharoitlarga mutanosiblik va 
egiluvchanlik paydo bo‘ladi. Barcha Shartli reflekslarning paydo bo‘lishida 
MATning yuqori bosqichlari ishtirok etishi lozim. Shartli reflekslarning o‘ziga xos 
xususiyati shundan iboratki, ular organizmning individual hayoti davomida hosil 
bo‘ladi va doimiy bo‘lmaydi, organizmning holati va muhit sharoitlarini 
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda yo‘qolishi yoki aksincha yangidan paydo bo‘lishi 
mumkin.Shartli reflekslarning vaqtinchalik xususiyatga ega ekanligi tormozlaniSh 
jarayoni mavjudligi bilan ta’minlanadi va u qo‘zg‘alish jarayoi bilan birgalikda 
shartli-reflektorli faoliyat dinamikasini belgilaydi (ilova: 73- rasm). 
Shartli refleks hosil qilish qoidasi: 
1.Shartli refleks shartsiz refleks asosida hosil bo‘ladi. 
2.Shartli tasirlovchi sifatida har qanday tashqi va ichki muhitning tasirlovchisi 
bo‘lishi mumkin.
3.Shartli tasirlovchi bilan shartsiz tasirlovchini tasir etish vaqti ko‘p marotaba mos 
kelishi kerak. 
5.Shartli tasirlovchi shartsizdan oldin bo‘lishi kerak.


204 
6.Shartli tasirlovchini biologik ahamiyati shartsiznikidan kamroq bo‘lishi kerak.
7.Shartsiz tasirlovchi shartlidan kuchliroq bo‘lishi kerak. 
8.Shartsiz tasirlovchi natijasidagi qo‘zg‘alish shartliga nisbatan kuchliroq bo‘lishi 
kerak.
9.Yot tasirlovchilarni bartaraf qilishi kerak.
10.Shartli refleks hosil qilinadigan hayvon sog‘lom bo‘lishi kerak. 
11.Shartli refleks hosil qilishda motivatsiya ifodalanishi kerak. 
Shartli refleksni paydo qilish jarayonida, ya’ni har bir tajribada miya 
po‘stlog‘ining ikkita markazida: birinchisi shartli signal markazida, ikkinchisi 
shartsiz refleks markazida qo‘zg‘alish rivojlanadi. Shartli signal, shartsiz ta’sirot 
bilan deyarli bir vaqtda berilishi ko‘p marta takrorlangandan keyin bu markazlar 
o‘rtasida ma’lum o‘zaro munosabatlar rivojlanib, vaqtincha aloqa o‘rnatiladi. 
I.P.Pavlovning fikricha, miya po‘stlog‘ida ayni bir vaqtning o‘zida ikki sohada 
qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi, qo‘zg‘alish jarayoni kuchsizroq bo‘lgan 
o‘choqdan, ya’ni shartli signal qo‘zg‘alish hosil qilgan sohadan kuchliroq 
qo‘zg‘alib, dominant bo‘lib qolgan soha (shartsiz refleks markazi) tomon harakat 
qilishiga olib keladi. Ushbu qo‘zg‘alish jarayonining bunday harakatlari qayta-
qayta takrorlanganligi uchun miya po‘stlog‘ining bir sohasidan ikkinchi sohasiga 
yo‘l ochilib, ular o‘rtasida vaqtincha aloqa o‘rnatiladi. Natijada, shartli signal faqat 
o‘z markazini emas, balki shartsiz refleks markazini ham qo‘zg‘atadi, ya’ni 
shartsiz refleks paydo bo‘ladi. Shartli refleksni paydo qilish vaqtida, glial 
hujayralarning faolligini ortishi, shartli signal va shartsiz refleks markazlari 
orasidagi mielinsiz tolalarni mielin qoplab, bu tolalar o‘tkazuvchanligini 
kuchaytirishi, natijada qo‘zg‘alishning shartli signal markazidan shartsiz refleks 
markaziga yetib borishi osonlashishi to‘g‘risidagi fikrlar ham bor. Shu bilan birga, 
vaqtincha aloqa o‘rnatilishida neyronlarda oqsil sintezlanishi o‘zgaradi, ya’ni ko‘p 
neyronlarning, ikkala markazida qo‘zg‘alishning bir vaqtda bo‘lishi RNK 
tuzilishiga ta’sir qiladi, buning natijasida maxsus «xotira» oqsillari paydo bo‘ladi 
degan firklar ham mavjud. Shartli refleks paydo bo‘lishini tushuntirishda sinaptik 
va membrana farazlari ham mavjud bo‘lib, sinaptik faraz bo‘yicha – shartli refleks 


205 
hosil bo‘lish jarayonida markazlardagi sinapslarning faoliyat samarasi o‘zgaradi, 
membrana farazida – shartli refleks mexanizmlari postsinaptik membrana 
hosilalarining o‘zgarishiga bog‘liq. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish