11
1-Bob. Fiziologiya fanini o’rganishni zamonaviy usullari va vazifalari,
tibbiyot va farmatsevtikadagi ahamiyati.
Odam anatomiyasi
- odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning
rivojlanish jarayonini o`rganadigan fandir. Bu fan organizmning tashkil etuvchi har
bir tizimiga tegishli a’zolarni joylashuvini, tuzilishini bajaradigan funksiyalari
bilan bog`langan xolda, jinsiy tafovutlarni hisobga olgan xolda, shuningdek atrof-
muhitning a’zolar tuzilishi hamda vazifasiga bo‘lgan ta’sirini o`rganadi.
Sistematik anatomiya
- suyaklar qismi - osteologiya, suyaklarning o`zaro
birlashishi bo‘g‘imlarni o`rganadigan qismi – sindesmologiya, muskullar –
miologiya, ichki a’zolar sistemasi - splanxnologiya, qon tomirlar sistemasi –
angiologiya, ichki sekret bezlar qismi – endokrinologiya, sezgi a’zolari –
esteziologiya va nihoyat, asab sistemasi – nevrologiya bo‘limlaridan iborat. Har bir
tizimga tegishli a’zolarning tuzilishi, shakli, bajaradigan funksiyasi, ularning
o`zaro munosabatlarini alohida ko`rib chiqiladi.
Solishtirma anatomiya
- odam organizmi tuzilishi, rivojlanish xususiyatlarini
evolyutsion nuqtai nazardan – filogeneziga taqqoslangan holda hamda odam
holatiga o`tish jarayoni – antropogenezini o`rganadi.
Embriologiya
- organizmning paydo bo`lishini, tug`ilguncha ona qornida
o`sib, rivojlanib toki tug`ilguncha bo‘lgan davrni fani o`rgansa, tug‘ilgandan
boshlab to hayotning oxirigacha bo‘lgan davrni “yoshga qarab” anatomiya
o‘rganadi.
Anatomiya shu bilan birga a’zolarning joylashish xususiyatlarini, ularning
o`zaro munosabatlarini, chegaralarini, proeksiyasini – topografik anatomiya
o`rganadi. Organizmning shakllanishi va rivojlanishiga, shuningdek, odamlar
yashab turgan muhitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy tizim kabi omillarni
ta’sirini o`rganishi bilan
antropologiya
shug`ullanadi.
Odam organizmi a’zolarining tuzilishi ularning bajaradigan vazifasiga
bog`lik holda tekshirish
funksional anatomiya
fanining vazifasidir.
Fiziologiya
- fani tirik organizmda kechadigan hayotiy jarayonlarni
o‘rgatadigan fandir. Fiziologiya fani biologik fanlarining bir qismi bo‘lib
12
organizmning va uning organ, to‘qima va hujayralarida sodir bo‘layotgan hayotiy
jarayonlarni, ularning asosida
yotadigan qonuniyatlarni o‘rganadi, bu
qonuniyatlar orasidagi bog‘lanishlarni tekshiradi.
Solishtirma fiziologiya
- turli darajada indvidual rivojlanishga ega bo‘lgan
bir turdagi va har xil hayvonlar organizmidagi funksiyalardagi spetsifik
o‘zgarishlarni o‘rganadi. Bu yo`nalish evalyutsion fiziologiya deb nom olib, unga
ekologik fiziologiya ham kiradi. Evolyutsion fiziologiya o‘zining tarixiy
taraqiyyoti davrida hayvonlar organizmining funksiyalarini turli sharoitlarda
Fiziologiyaning xususiy qismida
- organizmdagi alohida olingan organ va
sistemalarda kechadigan hayotiy jarayonlarni faqat o‘sha organ va sistemalarga
xos tomonlarini ya’ni qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon, ayiruv, va
boshqa organlar faoliyatini o‘rgatadi. Demak organizmda qancha sistema bo‘lsa
fiziologiyaning xususiy qismi ham shunchadir. Fiziologiyaning sohalari juda ko‘p
bo‘lib odamlar, hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar va boshqa turdagi
fiziologiyalar farq qilinadi.
Patologik fiziologiya
– qismida organizmda patologik jarayonlarning kelib
chiqishi, rivojlanishi va organizm darajasidagi o‘zgarishlarga olib keluvchi
oqibatlarni o‘rganadi.
Fiziologiya fani turli fanlar bilan aloqada bo‘lib, jumladan fizika, biofizika,
kimyo, biokimyo fanlari bilan bog‘langan bo‘lib, organizmda kechadigan hayotiy
jarayonlar asosida fizik va kimyoviy qonuniyatlar yotadi. Hozirgi kunda
organizmdagi hayotiy jarayonlarni o‘rgatadigan soha bo‘lib biokimyo va
biofizika fanlari mustaqil fan bo‘lib shakllangan. Fiziologik jarayonlarni
tushuntirishda fizik va kimyoviy tushunchalardan keng foydalanadi. Masalan:
spektrofotometriya, radioaktiv izotoplar usuli, elektrik asboblar, rentgenografiya
va boshqalar. Biofizik yo’nalishning muhim bir tarmog‘i – elektrofiziologiya
hisoblanib, u hayvon organizmidagi elektrik hodisalarni o‘rganadi. Keyingi
yillarda kibernetika fani turli mexanizmlar umumiy aloqasi va boshqarish
prinsiplari haqidagi fan fiziologiyada katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Matematik
modellashtirish organizmdagi turli jarayonlar o‘rtasida mavjud ba’zi bir
13
aloqadorlikni tushunishga sharoit yaratadi. Organizmdagi turli funksiyalarni va va
ular aloqadorligini umumiy qonuniyatlarini ochishiga yordam beradi.
Fiziologiya hayvonot olamining rivojlanishini tushuntiradigan umumiy
qonuniyatiga evolyutsion ta’limotiga va embriologiyaga tayanadi. Evolytsiyani
o‘rganish bilan birga evolyutsion ta’limotni ayrim masalalarini o‘rganishga
yordam beradi. Bulardan tashqari fiziologiya Organizmdagi hujayra, to‘qima
organlar faoliyatini uning tuzilishi, strukturasidan ajratib alohida-alohida o‘rganib
bo‘lmaydi deb, har qanday funksiya asosida muayyan struktura-tuzilish, shakl
yotganligi tufayli fiziologiya anatomiya, gistologiya,sitologiya kabi morfologik
fanlar bilan bog‘iqdir. Organizm funksiyalarini o‘rganishda patofiziologiya fani
bilan aloqada bo‘ladi, chunki fiziologiya sog‘lom organizm funksiyalarini normal
sharoitda o‘rgansa, patofiziologiya kasal organizm funksiyalarini o‘rganadi.
Organizm turli funksiyalar mazmunini tushunish uchun funksiyalarni
modellashtirish usulidan foydalanish zarur bo‘lib, uni uchun murakkab asboblar
yordamida biror funksiya mohiyatini tushuntiradigan maxsus mexanizmlar
yaratilmoqda. Bu mexanizm-modda u yoki bu organni ishlash prinsiplarini bilish,
uning funksiyasi mohiyatini boshqarilish mexanizmlarini tushuntirishga yordam
beradi. Fiziologiya funksiyalarni tarixiy, individual taraqqiyot davrida o‘zgarib
borishini o‘rganishda umumiy biologiyaga, evolyutsion ta’limotga va
embriologiyaga tayanadi. I.P.Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan hazmlanish
fiziologiyasi organizmlarni oziqlantirishni nazariy va amaliy mustahkam manbai
bo‘lib hisoblanadi. Vitaminlar haqida o‘rganish va uni kashf etilishi odamlarda
uchraydigan turli avitaminozlarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |