Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

SO‘Z BOSHI 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil
7 fevraldagi PF № 4947 «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ning «Ijtimoiy sohani 
rivojlantirish» ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash 
maqsadida ta’lim sifatini oshirish
va talabalarni bilim olish sifatini 
ko‘tarish uchun zamon talablariga javob beruvchi adabiyotlar yaratish 
muxim ahamiyat kasb etadi.
Fiziologiya fani tibbiyot institutlari umumiy ta’lim tizimida yetakchi fan 
hisoblanadi. 
Fiziologiya
- butun organizmning hayot faoliyati, uni tashqi muhit 
bilan o‘zaro ta’siri hamda hayotiy jarayonlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur o‘quv 
qo‘llanmada odam fiziologiyasiga oid asosiy ma’lumotlar: faoliyatlarning umumiy 
mexanizmlari, a’zolar va tizimlarini хususiy fiziologiyasi bayon etilgan.
Fiziologiya 
tibbiyot, 
farmatsevtika, 
biotexnologiya 
va 
boshqa 
mutaxassisliklarning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fiziologik tekshirishlar 
organizmning va uning ayrim tizimlarini funksional faoliyatining qonuniyatlarini, 
odam salomatligini saqlash tamoyillarini, organizmning hayot faoliyati davomida 
turli ekologik sharoitlarga moslashish imkoniyatlarini, organizmni o‘rab turuvchi
muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirining qonuniyatlarini anglash imkoniyatlarini beradi. 
Farmatsevtika 
va 
tibbiyot 
institutlarining 
farmatsevtika 
fakultetlari uchun fiziologiya fani umumlashtirilgan holda yagona 
dastur asosida o‘qitiladi. Odam fiziologiyasi fanini o‘qitishda, organizmning 
barcha tizimlarini umumiy faoliyatida ularning tutgan o‘rni, muhit hamda ekzogen 
va endogen omillarga bog‘liq ravishda shakllanishi, rivoji va yashashini tushunish 
va bilimlarga ega bo‘lish, farmatsevtika soxasida taqsil olayotgan mutaxasislar 
uchun tabiiy va sun’iy ravishda olingan dorivor preparatlarni tirik organizmga 
ta’sir mexanizmlari haqida bilimlarni yanada mukammal bo‘lishiga asos yaratadi. 
Ushbu “Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan” fanidan oquv 
qo’llanma farmatsevtika yo’nalishida taxsil olayotgan talabalarga fanning nazariy 
qismini mustahkam o‘zlashtirishlariga yordam beradi. 



KIRISH 
Fiziologiya va anatomiya biologik fanlarga tegishli, chunki ularning tadqiqot 
ob’ektlari jonli organizmlardir. Fiziologiya, organizmning funksiyalarini, tizim, 
a’zolar, to‘qimalar va hujayralarning hayotiy jarayonlarini o‘rganadi. Anatomiya 
organizm tuzilishini va uning tarkibiy tuzilmalarini va a’zolarini o‘rganadi. 
Fiziologiya va anatomiya uzviy bog‘liq, chunki organizmning funksiya va tuzilish 
bir-biriga bog‘liqdir. Har bir hujayra, to‘qima, a’zo ma’lum faoliyatni amalga 
oshirish uchun moslangan. Misol uchun, mushak hujayrasi – qisqaruvchanlik, bez 
hujayrasi-organizm uchun kerakli faol moddalar ishlab chiqarish, tomirlar – qonni 
harakati uchun, asab hujayrasi impulslar o‘tkazish vazifasini bajaradi. Bunday 
mexanizmlar evolyutsiya davomida shakllangan hayvonot dunyosida shakllangan. 
Bu jarayonlarni chuqurroq tushunish uchun organizmni bir butunligicha va tashqi 
muhit bilan bog‘liq holda o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Anatomiya va 
fiziologiya fanlarini o‘rganish, nafaqat tanasi tuzilmalari va ularning funksiyalarini 
o‘rganishga yordam beradi, balki organizmning salomatligini saqlab qolish va 
faoliyat mexanizmlarini ochish uchun ham ahamiyatli. Demak, anatomiya va 
fiziologiya fanlarini o‘rganish amaliy tibbiyot uchun ham muhimdir. Anatomiya va 
fiziologiya nazariy va amaliy tibbiyotning asosidir. Organizmning tuzilishi va 
funksiyalarini o‘rganmay turib tibbiyot, jarrohlik, nevrologiya, ginekologiya, 
endokrinologiya, psixiatriya, va hokazo fanlarni o‘rganish mumkin emas. 
Shuningdek, organizmdagi turli patologiyalarni o‘rnanuvchi tibbiyot sohasi, avvalo 
organizmning normal holdagi faoliyatini o‘rganishdan boshlaydi. 
Fiziologiya – organizmni faoliyat mexanizmlari bilan bir qatorda uni 
tashqi muhit bilan aloqasini ham o‘rganadi. Bu shuningdek, fiziologik 
tadqiqotlar usullarini belgilaydi. Fiziologiya faqat tirik organizmlarni 
o‘rganadi. Fiziologik izlanishlarning asosiy usuli – tajriba va tadqiqotdir. 
Tajriba o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir tajriba asosida hayvonni 
narkoz ostida a’zo faoliyatini kuzatish (masalan, yurak, o‘pka, mushak, va 
boshqalar.) va a’zolar faoliyatiga ta’sir qilish orqali ularning faoliyatidagi 



qonuniyatlarni aniqlash mumkin. Ba’zi fiziologik jarayonlarni o‘rganish 
uchun a’zolarni ajratib olish, biron bir oziqlantiruvchi suyuqlik yuborish 
(perfuziya) usullari qo‘llaniladi. Bu usullar organizmni to‘qima va a’zo 
darajasida o‘rganish imkonini yaratadi. Surunkali tajriba, fiziologik 
jarayonlarni 
o‘rganishda 
o‘tkir 
tajribaga 
nisbatan 
mukammalroq 
hisoblanadi.Shu 
maqsadda, 
hayvonni 
davomli 
tadqiqotlar 
uchun 
tayyorlanadi. Ushbu usul yordamida organizmdan a’zolarni ajratmagan 
holda, hayvonni uzoq muddat davomida funksiyalarini o‘rganish mumkin 
bo‘ldi. 
Kasallik
fiziologik jarayonlarning buzilishi bo‘lib, a’zolarning tuzilishidagi 
o‘zgarishlarga olib keladi. Patologik jarayonlarni normal holga keltirish uchun 
dori-darmonlar orqali davolash keng qo‘llaniladi. Dori ta’siri ularning 
farmakologik xususiyatlariga, ya’ni tananing buzilgan funksiyalarini tiklash 
qobiliyatiga asoslangan. Sog‘lom odamda fiziologik jarayonlarning aniq bilish bu 
dori-darmonlarni aniq maqsadli qo‘llash uchun zamin yaratadi. Shuning uchun, 
anatomiya va ayniqsa, fiziologiya fanlarini chuqur o‘rganish insonlarning turli xil 
kasalliklarida ularni to‘g‘ri qo‘llash uchun zarur. Shu sababli fiziologiya va 
antomiya fanlari farmatsevtika sohasidagi mutaxasislar uchun farmakologiya, 
biokimyo, 
mikrobiologiya, patologik fiziologiya asoslari kabi fanlarni 
o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Biroq, maxsus farmatsevtika sohasining 
maxsus fanlari farmakognoziya, farmatsevtika, dorixona texnologiyalari kabi 
fanlarda dorilarning xususiyatlari, ishlab chiqish usullari va ularni kasalliklarda 
qo‘llash kabi ma’lumotlar o‘rganilganligi sababli organizmning funksional holatini 
bilmagan xolda ularni qo‘llash mumkin emasligi katta ahamiyat kasb etadi. 
Bundan tashqari, zamonaviy tibbiy amaliyotda faoliyat ko‘rsatuvchi shifokor 
jahon farmatsevtika sanoatining shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitida dori 
vositalarini baholash, tanlash va bemorlarning tayinlash jarayonida qiyinchiliklarga 
uchrashi mumkin. Aytish joizki, har qanday dori vositalari ma’lum bir shakllarda 
ishlab chiqarilishi (eritmalar, suspenziyalar, damlamalar, tomchi, malham, 
qadoqlangan dorilar, tuzlar, va boshqalar) va ularni har birining ko‘p hollarda shu 


10 
turlari borligini ta’kidlagan xolda ularni davolovchi xususiyatlari ko‘pincha ularni, 
ishlab chiqarish texnologiyasi va qo‘shimcha tarkibiga ham bevosita bog‘liq. 
Farmatsevtik vositalarni davolovchi ta’sirini samarasini fanning yangi.yo‘nalishi 
biofarmiya o‘rganiladi. Bundan kelib chiqqan holda amaliy tibbiyotga yangi 
yo‘nalishdagi mutaxasis – tibbiyot provizori yoki dorishunos-shifokor zarur bo‘lib, 
bu mutaxasis zamonaviy dori-darmon, ularning biofarmatsevtik va farmakologik 
xususiyatlari haqida keng-ma’lumotga ega bo‘lishi kerakligi oydinlashadi. Bu 
mutaxassislar shifokorga dori-darmonlarni bemorlarga tanlash va tayinlash bilan 
bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha malakali maslaxat bera olishi kerak. Ushbu 
yo‘nalishdagi mutaxasis farmatsevtika oliy o‘quv yurtida fiziologiya faning 
asoslarini samarali o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.. Inson fiziologiyasini o‘rganish 
organizmning funksional xususiyatlarini va mexanizmlarini tushunishga, uning 
hayotiy faoliyatini ta’minlashga imkon beradi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish