51
saqlashi uchun javob beradilar.
Glyukoza
hujayrada asosiy energetik manba
hisoblanadi. Qon plazmasida glyukozani miqdori kamayib ketishi bosh miyaning
asab hujayralarining qo`zg`aluvchanligini keskin oshiradi va natijada titroq paydo
bo‘ladi. Keyinchalik qonda glyukoza
miqdorini kamayishi davom etsa, qon
aylanishi, nafas olishi buziladi va organizmni o`limga olib kelishi mumkin.
Plazmani mineral tuzlariga natriy, kalsiy tuzlari kiradi. Bu tuzlarning ionlar
konsentratsiyasi va nisbati organizmning hayotiy faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Amaliy tibbiyotda o`zining miqdoriy tarkibi jihatdan
qon plazmasiga muvofiq
bo`lgan fiziologik eritmalar qo`llaniladi. Bunday fiziologik eritmalarga 0.8-0.9%
NaCl eritmasi kiradi. Plazmani kimyoviy tarkibini doimiy bo‘lib saqlanishi
organizmning neyro-gumoral boshqarilishi hisobidan ta’minlanadi. Qon shaklli
elementlariga qizil qon tanachalari - eritrotsitlar, oq qon tanachalar - leykotsitlar va
qon plastinkalari - trombotsitlar kiradi (ilova: 18- rasm).
Eritrotsitlar
qon plazmasida tarqoq holda
uchraydi va qonni rangini
ifodalaydi. Katta yoshdagi erkaklarda 1mm
3
qonda 5-5.5mln, ayollarda esa 3.7-4.5
mln
eritrotsit bo‘ladi. Normada eritrotsitlarlarda yadrosi bo`lmaydi, shakli esa ikki
tomoni botiq diskka o`xshaydi, diametri 7-8 mikron, qalinligi 1-2 mikron.
Mikroskopning immersimon sistemasi ostida qaralganda qon tarkibida eritrotsitlar
pushti rangda bo`lgan yumaloq yoki ovalsimon yadrosiz hujayralar bo‘lib, ko‘p
miqdorda ko`rinadi. Eritrotsitlarning ikki tomoni botiq bo`lganligi tufayli,
markaziy qismi yupqa bo‘lib och rangda ko‘rinadi. Eritrotsitlar tarkibiga maxsus
qonni pigmenti gemoglobin kirib, uni tarkibida murakkab oqsil va gemin gruppasi
bo‘ladi. Oqsil qismi globin gemin gruppasidagi temir bilan birikadi. Odamda 100
ml qonida gemoglobin 15 g tashkil etadi. Eritrotsitlar
qizil suyak ko`migida
hosil
bo‘ladi (ilova: 23- rasm). Eritrotsitlarni o`rtacha yashash muddati 120 kun. Har
sekundda taloq va jigarda 2.5 mln eritrotsitlarni parchalanishi ro`y beradi. Buning
natijasida to‘qimalarda kislorodni miqdori kamayib ketadi.
Eritrotsitlarni asosiy
vazifasi nafas olish a’zolardan kislorodni to‘qimalarga yetkazib berish va
to‘qimalardan esa karbonat angidridni olib ketish. Bu funksiyani bajarilishi
gemoglobin molekulasini ajoyib xossalaridan kelib chiqadi: o‘pkada
gemoglobin
52
kislorod bilan birikadi va tez parchalanadigan, mustahkam bo`lmagan kimyoviy
birikma -
Do'stlaringiz bilan baham: