Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


  Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 


48 
Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar: 
1.Tayanch harakatlanish a’zolar tizimi haqida tushuncha? 
2.Odamning harakat tizimi necha qismdan iborat va ularning vazifasiga nimalar 
kiradi? 
3.Odamning tana suyaklari qaysi soha suyaklarini o‘z ichiga oladi? 
4.Umumrtqa pog‘onasining suyaklari qanday qismlar bilan farqlanadi? 
5.Ko‘krak qafasi suyaklarining tuzilishi va ularning vazifasi nimalardan 
iborat? 
6.Bosh suyaklarining tuzilishi va vazifasi qanday? 
7.Qo‘l va oyoq suyaklarining tuzilishiga ko‘ra vazifasi nimalarda ko‘rinadi? 
8.Odam suyaklarining qanday o‘zaro birikmalari farqlanadi? 
9.Tana, bosh va qo‘l-oyoq suyaklarining qanday o‘zaro birikmalarini bilasiz? 
10.Ko‘ndalang targ‘il muskullar tuzilishi va vazifasini bilasizmi? 
11.Tayanch harakatlanish a’zolar tizimini ahamiyati nimalardan iborat? 
12.Tayanch - harakatlanish a’zolarini nerv tizimini qaysi qismi boshqaradi? 
13. Suyaklar bir-biri bilan necha xil birlashgan? 
14.
 
Bo‘g‘imlarni tasniflang? 
15.
 
Muskullarning tuzilishini tushuntiring? 
16.
 
Muskulning ishi qanday amalga oshadi? 
17. Izometrik ish rejimi deganda nimani tushunasiz? 
18. Izotonik ish rejimi deganda nimani tushunasiz? 
19. Auksotonik ish rejimi deganda nimani tushunasiz? 
20.
 
Relaksatsiya bu…? 
 
 
 
 
 


49 
4 –Bob. Qon va limfa. Qonning shaklli elimentlari va plazma tarkibi. 
Gemostaz mexanizmlari. Qon guruhlari, Rezus-faktor. Таbiiy 
antikoogulantlar va ularni gematologiyada ishlatilishi. 
Organizmni ichki muhitini qon, to‘qima suyuqligi va limfa hosil qiladi. Ular 
organizmda almashinuv reaksiyalarini amalga oshirishda qatnashadi. Hujayralar, 
o‘zining protoplazmasida va atrofidagi suyuqlikda harorat, bosim, oziq moddalar, 
vodorod va kislorod ionlari, hamda boshqa moddalar miqdori nisbatan doimiy 
saqlangandagina faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ichki muhit dinamik doimiylik, ya’ni 
gomeostaz bilan xarakterlanadi va bu xol, organizmning hayot faoliyatida muhim 
rol o‘ynaydi. Qon va boshqa suyuqliklar o‘rtasida doimiy ravishda modda 
almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Qon tizimiga, qonning o‘zidan tashqari qon 
yaratilishini ta’minlaydigan tuzilmalar, qonning yemirilishida ishtirok qiluvchi 
a’zolar va bu jarayonlarni boshqaruvchi mexanizmlar kiradi.
 
Qon
- suyuk holdagi biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, plazma va shaklli 
elementlardan tashkil topgan. Qon odam vazning 7-8% tashkil etib, erkaklarda 
ayollarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Qonning kimyoviy tarkibi 80% gacha suv va 
20% organik moddalardan iborat. Doim harakatda bulgan qon organizmning butun 
a’zolari va to‘qimalarini oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Suv va unda erigan 
moddalar qondan to‘qima suyuqligiga o`tib, har bir hujayra orasidan utib, a’zolar 
orasida doimiy modda almashinuvini ta’minlaydi. Limfa to‘qima suyuqligidan 
hosil bo‘lib, limfatik kapillyarlariga yig`iladi. To’xtovsiz qonni limfa va to‘qima 
suyuqligi bilan aralashishi organizmda ichki muhit tarkibini bir xilda saqlashga 
imkon yaratadi. Qon tarkibida qanday moddalar harakatlanib yurishiga qarab, bir 
qancha bajaradigan vazifalarini ko`rsatish mumkin: 
1.Nafas olish funksiyasi to‘qima va o‘pkalarga kislorodni yetkazish, karbonat 
angidridni esa qayta yo`nalishda organizmdan olib chiqishdan iborat.
2.Trofik funksiyasi ozik moddalarni (aminokislotalarni, glyukoza, yog kislotalarni) 
ovqat hazm qilish a’zolardan to‘qima va hujayralariga yetkazilishini ta’minlash. 


50 
3.Ajratish funksiyasi dissimilyasiya jarayoni natijasida hosil bo`lgan oxirgi 
moddalarni buyrak, teriga yetkazish va siydikni hosil bo`lishida ham ishtirok etish.
4.Boshqaruvchi funksiyasi turli a’zolarning faolligini idora etishi qon tarkibiga 
kiruvchi gormonlar va boshqa biologik aktiv moddalarni tashishi bilan bogliq.
5.Termoregulyator funksiyasi - qon issiqlik o`tkazuvchanlik va issiqlik sig`imiga 
ega. Tomirlardan qon harakatlanib yurib, organizm xaddan tashqari issib ketganda,
tana issiqlikni yo`qotadi, tana harorati pasayib ketganda, qon tomirlarning teshik 
diametrlari o`zgarishi tufayli, issiqlik saqlanib qoladi. Bu xodisa terida, teri osti 
yog` kletchatkasida, muskullarda va ichki a’zolarda ro`y beradi. 
6.Gomeostatik funksiyasi orqali organizm ichki muhit tarkibini doimiyligi 
saqlaydi. 
Qonni 
kimyoviy 
tarkibi, 
organizmda 
moddalarni 
ma’lum 
konsentratsiyada saqlanishi gomeostaz tufayli muvozanatlashadi.
7.Himoya funksiyasi fagotsitoz jarayonida ishtirok etuvchi leykotsitlar tomonidan 
bajariladi va organizmga kirgan turli zararli mikroorganizmlar, antigenlardan va 
zararli moddalardan gumoral himoyani ta’minlanadi. Qonni ivishi natijasida 
jaroxatdan qonni oqishini to`xtalishi ham himoya vazifasiga kiradi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish