Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Bo‘g‘imlar
. Suyaklarni bir-biriga yaqinlashmasdan, harakatchan birikishiga
bo‘g‘im deb ataladi. Bo‘g‘imlar asosiy va qo`shimcha elementlardan tashkil 
topgan. Bo‘g‘imning asosiy elemenlariga bir-biri bilan birikayotgan suyaklarning
uchlari yoki bo‘g‘im yuzalari, bo‘g‘im kapsulasi, bo‘g‘im bo‘shlig‘i va bo‘g‘im 
suyuqligi kiradi (ilova:12-rasm). 
Bo‘g‘im hosil bo`lishda birikayotgan suyaklarning uchlari yoki bo‘g‘im 
yuzlari shakl jihatidan bir-biriga mos kelishi kerak. Masalan, bir suyakning uchi 
yumaloq shaklida bo`lsa, ikkinchisining uchi shunga yarasha botiq bo`lishi lozim. 
Birikayotgan suyaklarning bo‘g‘im yuzalarini bir-biriga mos kelishi bo‘g‘imning 
kongruentligi deyiladi. Bo‘g‘imlarning kongruentligi bo‘g‘im yuzalarini gialin 
tog`ay bilan qoplanganligi sababli ancha oshadi. Suyak boshchasining eng yuqori 
nuqtasida gialanli tog`ay qalin, chetlarida esa yupqa bo‘ladi. Lekin gavdada 
yuzalari aslo moslashmagan bo‘g‘imlar ham uchraydi. Masalan, yelka bo‘g‘imida 
yelka suyagini boshchasi sharsimon, kurakning bo‘g‘im maydonchasining sathi 
sharsimon boshcha sathiga nisbatan ancha kichik bo‘ladi. Bo‘g‘im sathining 
yetishmovchiligi, kurakning bo‘g‘im maydoncha atrofidan tog`ayli xalqa yoki 
bo‘g‘im labini hosil bo`lishi vositasida yo`qotilgan bo‘ladi. Doim silliq va nam 
bo`lgan bo‘g‘im tog`ayi suyaklarda ishqalanish kuchini kamaytiradi. 


42 
Bo‘g‘imlar tasnifi.
 
Oddiy, murakkab va aralashgan bo‘g‘imlar farqlanadi. 
Agar bo‘g‘im hosil bo`lishda faqat ikkita suyak ishtirok etsa, unda oddiy bo‘g‘im 
hosil bo‘ladi. Masalan, yelka bo‘g‘imi, falangalararo bo‘g‘imi oddiy bo‘g‘imlar 
misoli bo`la oladi. Uchta va undan ortiq suyaklar birikishidan murakkab 
bo‘g‘imlar hosil bo‘ladi. Ba’zan murakkab bo‘g‘im bir nechta oddiy bo‘g‘imlardan 
tashkil topib, har bir bo‘g‘im funksional jihatdan alohida ish bajarishi mumkin. 
Masalan, tirsak bo‘g‘imi uchta alohida oddiy bo‘g‘imlardan tuzilib, atrofdan bitta 
umumiy kapsula bilan o`ralganligi sababli, yaxlit anatomik nuqtai nazardan bitta 
bo‘g‘im deb ko`riladi. Hamkor bo‘g‘imlar juft va undan ortiq bo‘g‘imlarni 
funksional yig`indisi bo‘lib, bir bo‘g‘imda harakatlarni bajarilishi ikkinchi qo‘shni 
bo‘g‘imda ham shu harakatni keltiradi. Masalan, chap va o`ng chakka-pastki jag‘ 
bo‘g‘imlarining harakatlari. Agar bo‘g‘im ikki taraflama harakat qilsa, ya’ni bir-
biri bilan kesishgan ikki o‘q atrofida aylansa ya’ni faqat bukilib yozilsa bir o‘qli 
bo‘g‘im deb ataladi.
 
Shakli jihatdan sharsimon, ellipssimon, tarnovsimon, yassi, 
yong`oqsimon, silindrsimon bo‘g‘imlar farqlanadi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘idan 
o‘tadigan aylanma o‘qlarni soniga ko`ra bir o‘qli, ikki o‘qli va ko‘p o‘qli 
bo‘g‘imlar farqlanadi. Aylanma o‘qlarni yo`nalishi koordinata sistemasidagi 
o‘qlarning yo`nalishiga muvofiq keladi. Ko‘ndalang, sagittal va tikka o‘qlar 
farqlanadi. Ko‘ndalang o‘q atrofida bukish va yozish, sagittal o‘q atrofida – olib 
kelish va olib qochish, tikka o‘q atrofida – tashqariga va ichkariga burish
harakatlari bajariladi. Bo‘g‘imdagi harakatchanlik avval suyaklarning bo‘g‘im 
hosil qilishida ishtirok etadigan uchlarining shakliga bog‘liq.
 
Bir xil bo‘lgan ikki 
yoki undan ko‘p bo‘g‘imlar birgalikda bir xil harakatni bajarsa bunday bo‘g‘imlar 
xamkor bo‘g‘imlar deb ataladi. Masalan, jag bo‘g‘imi, bilak va tirsak 
suyaklarining yuqori va pastki uchlari o`rtasidagi bo‘g‘imlar misol bo`la oladi.
 
Suyaklarni o‘zaro harakatsiz birikishi choklar deb ataladi. Kalla skeleti asosan 
choklar yordamida birikkan. Bunda pishiqlik ortadi ammo harakatchanlik 
yo‘qoladi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish