Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Biriktiruvchi to‘qima.
 
Biriktiruvchi to‘qima organizmda bir qancha 
funksiyalarni bajaradi: 
 
1. Trofik funksiya - bunda biriktiruvchi to‘qima modda almashinishda ishtirok etib 
hujayralarni oziqlanishini boshqaradi. 
2. Plastik funksiya - regeneratsiya va turli jarohatlangan to‘qimalarni tiklanishini 
ta’minlash. 
3. Mexanik funksiya - biriktiruvchi to‘qima bir qancha organlarni stromasi yoki 
skeletini hosil etadi, turli organlarning to‘qimalarini bir-biri bilan birlashtiradi, 
fassiyalar va paylar hosil etadi va hokazo. Bundan tashqari biriktiruvchi to‘qima 
qon ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadi. 


32 
Biriktiruvchi to‘qima hujayralar va hujayralararo moddadan tashkil topgan. 
O‘z navbatida hujayralararo modda tarkibiga tolalar va asosiy modda kiradi. 
Hujayralararo moddani biriktiruvchi to‘qimaning maxsus hujayralari ishlab 
chiqaradi. Hujayralararo moddaning tolali komponentlariga kollagen, elastin va 
retikulin tolalari kiradi. Fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatdan kollagen, elastik va 
retikulin tolalari bir biridan farqlanadi. Kollagen tolalari kollagen oqsilidan tashkil 
topgan. Tolalarning juda pishiqligi, kollagen strukturasidagi molekulyar 
zanjirlarning uzun bo‘lgani bilan bogliq. Elastin tolalardan elastin oqsili ajratib 
olingan. Bu tolalar pishiqligi jihatdan, lekin cho`ziluvchanlik va elastiklik 
xususiyatlari kuchli darajada rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Kumush bilan 
impregnatsiya qilinganda retikulin tolalarni ko`rish mumkin. Bu tolalar turli 
yo`nalishlarda joylashgan va nozik to`r shaklida uchraydi. Asosiy modda yoki 
amorf modda murakkab uglevodlar bilan oqsil molekulalarining birikmalaridan 
tashkil topib, zol va gel holatlarida uchraydi. Asosiy modda tarkibini gialuron 
kislotasi, geparin, glyukozaminoglikanlar, proteoglikanlar tashkil etadi. Qon 
tomirlar, va hujayralar orasidagi bo‘shliqlarni to`ldirib turuvchi amorf modda zol 
xolda bo‘ladi. Ma’lum darajali qattiqlikga ega bo‘lgan gel moddalari masalan, 
tog’ay to‘qimada uchraydi. Lekin asosiy moddaning ikki holati xam, qon bilan 
to‘qima orasidan turli moddalarni transportini ta’minlaydi. Biriktiruvchi 
to‘qimaning hujayraviy tarkibini quyidagi hujayralar tashkil etadi:
differensiyalashmagan hujayralar, fibroblastlar, makrofaglar, semiz va yog‘ 
hujayralari, pigment, retikulyar, endotelial hujayralari va bundan tashqari qon 
shaklli elementlardan leykotsitlar tashkil etadi. Biriktiruvchi to‘qima 3 turga 
bo`linadi: 
1. Xususiy biriktiruvchi to‘qima. 
2. Tog`ay to‘qima.
3. Suyak to‘qima. 
Xususiy biriktiruvchi to‘qima siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima va zich tolali 
biriktiruvchi to‘qima turlariga bo`linadi. Siyrak tolali biriktiruvchi to‘qimaning 
hujayralararo moddasida kollagen, elastin va retikulin tolalari turli yo`nalishda va 


33 
tarqoq holda joylashgan. To‘qima tarkibida quyidagi hujayralar uchraydi: 
perisitlar, fibroblastlar, plazmotsitlar, yog’, semiz hujayralari, limfotsitlar, 
makrofaglar va bazofillar uchraydi. Siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima qon tomirlar, 
asablarning yo‘llari bo`ylab uchraydi, muskullar yuzasini qoplaydi va turli ichki 
a’zolarni stromasini tashkil etadi. Zich tolali biriktiruvchi to‘qima o`zining 
tolalarini joylashuviga qarab zich shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimaga va zich 
shakllangan biriktiruvchi to‘qimaga bo`linadi. Zich shakllanmagan biriktiruvchi 
to‘qimada tolalari bir biri bilan zich tutashib, to`r shaklini hosil qiladi. Tolalar 
orasida hujayraviy elementlar kam miqdorda bo‘ladi. Masalan, to‘qimaning bu 
turi teri dermasida uchraydi. Zich shakllangan biriktiruvchi to‘qimada tolalar bir 
biriga zich va ma’lum yo`nalishda joylashgan. Zich shakllangan biriktiruvchi 
to‘qimadan paylar, boglamlar, fibroz membranalar tuzilgan. Tog‘ay to‘qimasi 
biriktiruvchi to‘qimaning bir turi bo‘lib, tog`ay hujayralaridan va asosiy 
moddadan tuzilgan. Tog‘ay hujayralaridan xondroblastlar va xondrotsitlar 
uchraydi. Asosiy modda gel holda bo‘lib, uni tarkibida kollagen va elastin tolalar,
xondrin, xondromo‘qoid, xondroitinsulfat kislotasi aniqlanadi. Tog‘ay hujayralari 
mahsus bo‘shliqlar ichida joylashgan. Tog‘ay to‘qimasining hujayralararo 
moddasining tarkibiga ko`ra, 3 xil tog`ay farqlanadi: gialinli, elastik va kollagen-
tolali tog‘ay. Bo‘g‘im yuzalari, qovurg‘a, epifizar tog`aylar, hiqildoqning bir 
qancha tog`aylari gialin tog`aydan tuzilgan. Bu tog`ayning hujayralararo 
moddasida kollagen tolalari ko‘p miqdorda uchrab, tog`ayga ma’lum pishiqlikni 
ifodalaydi. Elastik tog`ay sarig`ish rangda bo‘lib, tarkibida ko‘proq elastik tolalari 
uchraydi. Elastik tog`aydan quloqning suprasi, hiqildoqning shoxsimon va 
ponasimon tog`aylar, halqum usti tog`ayi tuzilgan. Kollagen-tolali tog`aydan
umurtqaaro disklar, bo‘g‘imlar ichida joylashgan meniskalar va diskalar tuzilgan.
Suyak to‘qimasi hujayroaro modda va suyak hujayralaridan tarkib topgan. 
Hujayralararo modda tarkibida kollagen tolalar, organik moddalardan ossein,
anorganik moddalardan kalsiy va fosfor tuzlari uchraydi. Suyak hujayralari 3 xil 
bo‘ladi: osteoblastlar, osteotsitlar, osteoklastlar.


34 
A) Osteoblastlar-esh differensiatsiyalashmagan hujayralar bo‘lib, suyak ustki 
pardasidasida uchraydi.
V) Osteotsitlar - yetilgan suyak hujayralari bo‘lib, hujayroaro modda ichidagi 
bo‘shliqlarda joylashgan.
S) Osteoklastlar – lizis yoki eritib yuborish qobiliyatiga ega bo‘lgan suyak 
hujayralari. Osteoklastlar tarkibida fermentlar bo‘lib, ohaklashgan tog`ay va 
suyakni yemirishda aktiv ishtirok etadi. 
Dag‘al tolali va plastinkasimon suyak to‘qimasi tafovut etiladi. Dag`al tolali 
suyak to‘qimasi, mezenximadan rivojlanadi, odamda faqat embrional taraqqiyot 
davrida uchraydi. Voyaga yetilgan organizmda kalla skeletining choklarida va 
paylarni suyaklarga birikish joylarida uchraydi. Odam skeleti plastinkasimon 
suyak to‘qimasidan tuzilgan. Plastinkasimon suyak to‘qimasining struktura va 
funksional birligi osteondir. Osteon - bu Gavers kanali atrofida aylanma yoki 
konsentrik ravishda joylashgan suyak plastinkalaridan iborat. Har bitta suyak 
plastinkasi paralel xolda joylashgan kollagen tolalaridan va osteotsitlardan iborat. 
Bir suyak plastinka tarkibidagi kollagen tolalari ikkinchi plastinkadagi kollagen 
tolalarga nisbatan perpendikulyar joylashgan. Gavers kanali naycha tipda tuzilgan 
bo‘lib, markazidan qon tomiri va asab o‘tadi. Suyak plastinkalarning joylashuviga 
ko`ra, plastinkasimon suyak to‘qimasi g`ovak va zich suyak to‘qimalariga 
bo`linadi. G`ovak suyak to‘qimasida suyak plastinkalari bir biri bilan to`rsimon 
shaklda tutashib, trabekulalar hosil qiladi. Trabekulalar oralig`ida kattakchalar yoki 
yacheykalar joylashgan. Trabekulalarni yo`nalishi qisish va cho`zilish qiyshiqlarga
mos kelib, yoysimon shaklga ega bo‘lgan konstuksiyani yaratadi. Bunday tuzilish 
suyakga yoki muskulning tortishuv kuchiga ta’sir etuvchi bosimni teng tarqalishiga 
olib keladi. G`ovak suyak to‘qimasidan suyaklarning epifizlari tuzilgan. Kompakt 
yoki zich suyak to‘qimasida osteonlar birin-ketin joylashib, tangachalardan 
to`plangan ustunchalarga o`xshab joylashadi. Bunday tuzilish suyakni pishiq 
bo`lishini ta’minlaydi. Zich suyak to‘qimasidan suyaklarning diafizlari tuzilgan. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish