Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Hujayraning hayotiy sikli



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Hujayraning hayotiy sikli.
Hujayraning hayotiy sikli ikki qismdan iborat 
mitoz va interfazadan. Hujayra mitoz davrini o`tgan so`ng interfazaning birinchi 
davri boshlanadi - bu presintetik davr. Bu davrda hujayrada turli biosintez 
jarayonlari ro`y beradi, yoki hujayra o`zining asosiy funksiyalarini bajaradi. 
Ikkinchi davri - sintetik davr bo‘lib, bu davrda DNK reduplikatsiyasi (ikki xisa 
ortishi) ro`y beradi. Uchinchi davr - postsintetik davr bo‘lib, bunda energiyani 
to`plash, va oqsilni sintezlanishi ro`y beradi. Bu oqsillarni va energiyani hujayra 
mitoz davriga kirganda o`z extiyojlari uchun sarflaydi.


26 
Mitoz

Hujayralarning mitotik bo`linishi 1874 yilda rus botanigi I.D. 
Chistyakov o‘simliklarda birinchi marta topgan. 1979 yilda nemis gistologi 
Fleming “mitoz” atamasini kiritdi va mitozning asosiy fazalarini ta’rifini to`liq 
berdi (ilova:6-rasm). Mitoz yo‘li bilan bo`linish protsessi ko‘p hujayrali va eng 
sodda tuzilgan organizmlarda deyarli bir xilda o‘tadi. Mitotik bo`linish natijasida 
hosil bo‘lgan ikkita qiz hujayralari o`rtasida xromatin moddasi teng taqsimlanadi.
Jinsiy hujayralarning yetilishi yoki gametogenez

Jinsiy hujayralar ikki 
tipda bo‘lganligi sababli, bularni etilishi yoki gametogenezi spermatogenez va 
ovogenez yo‘llari bilan o‘tadi. Spermatogenez - bu erkak jinsiy hujayralarining 
(spermatozoidlarning) etilishi, hayvon organizmlarda urug`donlarda, odamda – 
moyakda o‘tadi. Ovogenez - bu tuxum hujayralarining yetilishi, tuxumdonlarda 
ro`y beradi. 

Spermatogenez.
Spermatogenez protsessi urug`donlardagi urug` kanalllarida 
ro`y beradi. Urug` kanalchalari egri-bugri naychalardan iborat bo‘lib, bularning 
devorining xar bir qatlamida (zonasida) erkak jinsiy hujayralarni turli etilish 
davrida ko`rish mumkin.
Ovogenez.
 
Bu tuxum hujayraning yetilishi bo‘lib, tuxumdonlarda ro`y 
beradi. Ovogenez spermatogenezdan farqli 3 fazadan iborat. Bunda shakllanish 
fazasi bo`lmaydi. Bundan tashqari - ko‘payish fazasi - qizlarda embrional 
taraqqiyot davrida o‘tadi, qiz ona bachadonida rivojlanayotgan, uning 
tuxumdonlarida ko‘payish fazasi o‘tadi. Demak, qizlar tayyor birinchi tartibli 
ovotsitlar bilan tug`iladi. Postembrional davrda (tug`ilgandan keyingi davr),
qizlarda faqat ikkita faza – o`sish va yetilish fazalari kuzatiladi.
Odam embrionining rivojlanishning birinchi bosqichi – urug‘lanish, 
maydalanish, sterroblastula, blastula, implantatsiya, gastrulyasiya jarayoni
organogenez va gistogenez. Urug‘lanish – bu ayol tuxum hujayrasining erkak 
spermatozoidi bilan qo‘shilish jarayonidir. Ayol tuxum hujayrasining kattaligi – 
200 mikron bo‘lib, yumaloq shaklga ega. Shu sababli sut emizuvchi va qushlarda 
telotsital shaklli hujayralar jumlasiga kiradi. Hujayra yadrosida DNK va 
informatsion RNK saqlanadi. Ular tarkibida bo‘lg‘usi murtakning oqsil tarkibi 


27 
haqida to‘liq ma’lumot saqlanadi. Spermatozoid – erkak jinsiy hujayralar bo‘lib, 
ularning kattaligi 6-7 mikron chamasida. Spermatazoid – tana, boshcha va dumdan 
iborat. Spermatazoid boshchasida katta yadro bo‘lib, yupqa qavat sitoplazma bilan 
qoplangan. Yadroda xuddi tuxum hujayra yadrosi kabi gaploid xromosomalar 
to`plami joylashgan. Yadrodan yuqorida akrosoma joylashgan bo‘lib, u Golji 
apparatining o‘zgargan shaklidir. Uning tarkibida gialuronidaza fermenti 
sintezlanib, bu ferment yordamida tuxum hujayra qobig‘i eritiladi. Urug‘langan 
tuxum hujayra zigota deb ataladi. Bir tuxum hujayraning urug‘lanishi uchun 1 
mingtagacha spermatazoid kirishi kerak, chunki, bir spermatazoidning 
gialuronidaza fermenti tuxum hujayra qobig‘ini eritish uchun yetarli emas. Odam 
oraganizmida urug‘lanish ichki bo‘lib, ayol tuxum naylarida amalga oshadi. 
Tuxum hujayra va spermatazoidni qo‘shilishi natijasida xromosomalarning diploid 
to`plami tiklanadi, bular tarkibidagi 23 xromosoma ona organizmidagi irsiy 
axborotni, qolgan 23 xromosoma esa ota organizmidan irsiy axborotni olib o‘tadi. 
Lekin urug‘lanish jarayoni sodir bo‘lishi uchun jinsiy yo‘llarga 300 mln. 
sprematazoid tushgandagina sodir bo‘ladi.
1.
Zigotaning maydalanishi darxol naylarda sodir bo‘la boshlaydi. 
Birlamchi bo‘linish vertikal sath bo‘ylab sodir bo‘ladi va 2 blastomer hosil qiladi. 
Ular bir biridan uzoqlashmagan holda gorizontal sath bo‘ylab yana bir bo‘linish 
sodir bo‘ladi va bunday bo‘linishlar natijasida 4,8,16 va oxir 107 blastomer hosil 
bo‘ladi. Ammo blastomerlarni hosil bo‘lishining oxirgi bosqichi bachadonda sodir 
bo‘ladi. Bunday blastomerlar shar yoki kub shaklini olgan holda sterroblastula deb 
ataladi, yoki bu – moruladir. 107 bastomerlardan sterroblastula 6 kun o‘rtasiga 
borib blastomerga aylanadi. 
2.
Blastulaning 2 chi bosqichi – bu ustki qismi blastomer, ichki qismi 
bo`sh bo‘lgan shardan iboratdir. 
3.
Gatrulyasiya – implantatsiya jarayonidan avval (7 sutkada) odam 
murtagida 2 ta murtak qavati hosil bo‘ladi. Bular – ektoderma va entodermadir. 15 
kundan boshlab, murtak gatrulyasiyaning 2 chi bosqichiga o‘tadi va bu bosqich 


28 
murtakda 3 qavat va asos a’zolar kompleksi – birlamchi asab nayi, xorda va 
birlamchi ichak nayining hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi.
4.
Gastrulyasiya jarayonining boshlanishi (6-14 kun) implantatsiya 
jarayoni bilan mos tushadi. Bunda murtak bachadonda faol ishlab chiqarilayotgan 
shilliq qavatiga yopishadi. Odam organizmida shilliq qavatga yopishish tez sodir 
bo‘ladi va implantatsiyaning 2 kunida murtak to‘liqligicha bachadaon shillig‘iga 
yopishgan xolga keladi. 
5.
Murtakdan tashqari rivojlanuvchi va keyinchalik platsentani hosil 
qiluvchi a’zolarga trofoblast, amnion, sariq tana, allatois yoki siydik qopini kiritish 
mumkin. Bu a’zolar vaqtincha embrionning rivojlanishini 1 oylarida hayotiy 
jarayonlarni (nafas olish, oziqlanish, ayrish) amalga oshiradi. 2 oyning oxiriga 
kelib, murtakda platsentar qon aylanish jarayoniga o‘tiladi. 
6.
Murtakning somit davri deb, murtak qobig‘idan uning tanasi hosil 
bo‘lish bosqichiga aytiladi. Rivojlanishning 3-4 xaftasidan murtakning o‘rta – 
mezoderma qabatidan somit yoki segmentlar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Har bir 
sutka davomida 2-3 somit hosil bo‘lib, 35 kun davomida ularning soni 43-44 ga 
etadi. Boshlang‘ich holatda qorin va ko‘krak bo‘shlig‘i va perikardni hosil
qiluvchi splanxnotomlar hosil bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda dermatomlar, 
sklerotomlar, miotomlar, nefrotomlar hosil bo‘ladi. 
7.
Gistogenez va organogenez davrlarining 20-21 kunidan somitlardan 
tashqari murtakning tana burmalari paydo bo‘la boshlaydi. Bu burmalar 
yordamida murtak tanasi amniotik bo‘shliq tubidan ko‘tarila boshlaydi. 
 
To‘qima - 
deb tarixiy (filogenetik) vujudga kelgan hujayra va hujayrasiz 
strukturalarning yig‘indisi bo‘lib, tuzilishi jihatdan bir xil bo‘lgan va muayyan 
funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan tizimdir. To‘qimalar uzoq tarixiy 
(evolyutsiya) taraqqiyot natijasida turli organizmlarning tashqi muhit bilan o‘zaro 
munosabati natijasida hosil bo‘lgan. Kelib chiqishi, tuzilishi va bajaradigan 
funksiyalarga ko‘ra, to‘qimalar 4 tipga bo‘linadi: epiteliy to‘qima, biriktiruvchi 
to‘qima, muskul to‘qima, asab to‘qima (ilova:9-rasm).

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish