Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 


29 
Epiteliy to‘qimasi.
Epiteliy to‘qima tananing teri epidermisini, seroz 
pardalarni, ichi kovak bo‘lgan a’zolarni ichki yuzalarini va ko‘pgina bezlarni hosil 
qiladi. Epiteliy to‘qimasi quyidagi xususiyatlari bilan ta’riflanadi. Epiteliy chegara 
to‘qima hisoblanadi, chunki epiteliy orqali organizm bilan tashqi muhit o`rtasida 
modda almashinish protsessi sodir bo‘ladi. Epiteliy to‘qimasining tasnifi: 
Epiteliy 
Bir qatlamli ko‘p qatlamli 
yassi yassi o‘tuvchi 
kubsimon
silindrsimon 
muguzlangan muguzlanmagan
Epiteliy to‘qimasi yassi qatlam bo‘lganligi uchun uni ostida joylashgan 
tuzilmalarni turli zararli ta’sirotlardan himoyalaydi. Epiteliy to‘qimasi trofik 
funksiyasini xam bajaradi. Masalan, ingichka ichaklarni shillik qavatini koplovchi 
epiteliy orqali oziq-ovqat moddalar parchalanadi, so‘riladi va so`ng qonga va 
limfaga o‘tadi. Epiteliy to‘qimasini hosil qiluvchi epitelial hujayralar doimo bir-
biriga yaqin joylashib, qatlamni hosil etadi. Epiteliy to‘qimasi doimo bazal 
membrana ustida joylashib, epitelial hujayralarda qutblik xususiyatiga ega, ya’ni 
turli epiteliy hujayralarda yuqorigi apikal qism va pastki bazal qismlar tafovut 
qilinadi. Bundan tashqari epiteliy to‘qimasida xech qachon qon tomirlari 
bo`lmaydi, to‘qimani oziqlanishi diffuziya yo‘li bilan ketib, bazal membrana ostida 
joylashgan biriktiruvchi to‘qima tarkibida juda ko‘p miqdorda qon tomirlari bo‘lib 
orqali 
ro`y 
beradi. 
Nihoyatda, 
epitelial 
to‘qima 
yuksak 
darajada 
regeneratsiyalanish (tiklanish) qobiliyatiga ega. Epiteliy to‘qimasi tuzilishi jihatdan 
bir qavatli va ko‘p qavatli bo`lishi mumkin. Agar bazal membrana ustida bir xil 
shaklga ega bo‘lgan barcha epitelial hujayralar joylashgan bo`lsa, bu bir qavatli bir 
qatorli epiteliy. Masalan, bir qavatli yassi epiteliydan mezoteliy tuzilgan, bir 


30 
qavatli kubsimon epiteliydan buyrakdagi siydik yig`uv naychalar devorlari tashkil 
topgan, bir qavatli silindrsimon epiteliy hujayralardan esa me’daning shilliq 
pardasining yuzasi qoplangan. Bazal membranada yotuvchi hujayralarning shakli 
har xil bo‘lganligi uchun, ularning yadrolari bazal membranaga nisbatan turli 
balandlikda joylashadi. Bunday epiteliy turini bir qavatli ko‘p qatorli epiteliy 
deyiladi. Masalan, kekirdakning, traxeya va bronxlar ichki yuzasi ko‘p qavatli 
xilpillovchi epiteliydan iborat. Bunday epiteliyni faqat eng chuqur qavati bazal 
membrana bilan kontaktda bo‘ladi. Ko‘p qavatli epiteliy 3 xil bo‘ladi:
1. Ko‘p qavatli yassi muguzlanadigan epiteliy - teri epidermisida uchraydi.
2.Ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy - og’izning bo‘shlig‘ida,
qizilo`ngachning – shilliq pardasida, ko`zning shox pardasida uchraydi.
3.O‘zgaruvchan epiteliy - siydik yo‘llarida va siydik qopining epiteliysida 
kuzatiladi.
Bezlar tarkibiga kiruvchi epiteliy maxsus sekretor funksiyani bajaradi. 
Ma’lumki, bezlar ikki guruhga bo`linadi: ekzokrin va endokrin. Ekzokrin bezlarda 
atsinuslardan tashkari chiqish naylari bo‘lib, ishlab chikarilgan modda sekret deb 
nomlanadi va sekret ma’lum bir bo‘shliqga quyiladi. Endokrin bezlarda esa 
chiqaruv naylari bo`lmaydi, ishlab chiqariladigan mahsulotlari gormonlar deyilib, 
gormonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga o‘tadi. Demak, bezli a’zolarning hujayralari 
o`zidan spetsifik moddalar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega.
Ekzokrin bezlar 
Bir hujayrali ko‘p hujayrali 
oddiy murakkab 
naysimon alveolyar naysimon alveolyar alveolyar-naysimon 


31 
Teri epidermisi
– ko‘p qavatli yassi muguzlanadigan epiteliydan tashkil 
topgan. Epiteliy hujayralarining shakliga qarab bir nechta qavatlar tafovut qilinadi. 
Bazal membrana bilan tutashgan birinchi qavat silindrsimon hujayralardan iborat 
bo‘lib - bazal qavat deyiladi. Bularni orasida tarkibida melanin pigmenti tutuvchi 
melanotsitlar uchraydi. Bu qavat ustida 5-10 qatorni ko‘p qirrali hujayralar tashkil 
etadi va bu qavat tikanli hujayralar qavati deyiladi. Uchinchi qavat 3-4 qatordan 
tashkil topgan duksimon hujayralardan iborat. Ularning sitoplazmasida 
keratogialin donachalari bo‘lganligi sababli donador qavat deb nomlanadi. Keyingi 
qavatni tashkil etuvchi hujayralarning tarkibida eleidin moddasi bo‘lganligi 
sababli, hujayralarning sitoplazmalari va yadrolari ko`rinmaydi. Shuning uchun 
yaltiroa qavat deb nomlanadi. Nihoyatda ohirgi qavat muguz tanachalariga 
aylangach, zich joylashgan yassi hujayralardan iborat. Bu muguz qatlamidir. 
Ko‘zning shox pardasi muguzulanmaydigan yassi epiteliydan tuzilgan. Bu 
epiteliyda 3 qavat farqlanadi: bazal qavat, tikanakli hujayralar qavati va yassi 
hujayralar qavati. Ko‘p qavatli epiteliyni uchinchi turi bu – o`zgaruvchan epiteliy. 
Bu epiteliy siydik ajratish sistemasi a’zolari uchun xos. Bu epiteliyni tashkil 
etuvchi hujayralarni shaklini o`zgarib, organni funksional xolati bilan bogliq. 
Masalan, siydik qopni devori juda cho`zilib ketganda, uni yuzasini qoplovchi 
hujayralar yupqalashib yoki yassilashib ketadi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish