O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
J. Q. Umarova.
Gistologiya fanidan amaliy
mashg’ulotlar to`plami
( 5140400- biologiya va inson hayotiy faoliyati
muhofazasi ta’lim yo’nalishi uchun)
Navoiy- 2008
2
Maskur amaliy mashg’ulotlar to`plami Ózbekiston Respublikasi
Davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan bólib, pedagogika institutlarining
5140400- biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi ta’lim
yo’nalishi
bóyicha tahsil olayotgan bakalavrlarga móljallangan. Ushbu
qóllanmada “Gistologiya” fanining barcha bólimlari uchun laboratoriya
mashg’ulotlari yuzasidan kórsatmalar berilgan.
Unda embriologiya asoslari haqida tushuncha,
jinsiy hujayralar
ularning yetilishi va tóqimalarning
rivojlanishi, mikroskopik preparatlar
va ularni órganish, tóqimalar va ularning tuzilishi kabi mavzular bóyicha
tushunchalarga ega bólish uchun asosiy kórsatmalar bayon etilgan.
Taqrizchilar: biologiya fanlari nomzodi,
dottsent: A. S. Ilyasov.
biologiya fanlari
nomzodi: B.YE. Jumaboyev.
Amaliy mashg’ulotlar to`plami Navoiy davlat pedagogika instituti Umumiy
biologiya kafedrasining 2008 yil 30 avgust 1- sonli majlis qarori bilan nashrga
tavsiya etilgan.
© Navoiy davlat pedagogika instituti
3
SÓZ BOSHI.
Ushbu uslubiy qóllanma pedagogika institutlarida tahsil
olayotgan biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi ta’lim
yo’nalishi talabalari uchun móljallangan. Qóllanmada
embriologiya,
ya’ni gametogenez, gametalar, urug’lanish, gastrulyasiya,
provizor
organlar hamda umumiy gistologiya, ya’ni epiteliy, tayanch va trofik,
biriktiruvchi, muskul va nerv tóqimalarining rivojlanishi, ularning
tuzilishini órganishga kóproq ahamiyat beriladi.
Mazkur qóllanmada asosan mavzular bóyicha qisqacha nazariy
tushunchalar,
órganilayotgan obyektning mikroskopik rasmlari,
sхematik
tasvirlar
berilgan.
Bundan
tashqari
laboratoriya
mashg’ulotlarini ótish uchun zarur jihozlar kórsatib ótilgan.
Lekin
kórsatib ótilgan bu jihozlar bilan cheklanib qolmasdan har bir
mashg’ulotda teхnika vositalaridan, vertual laboratoriyalardan
foydalanish lozim.
Sitologiya fanidan amaliy mashg’ulotlarda talabalarning ózlari
mikroskopik
preparatlar tayyorlash, mikroskop va unda ishlash qoidasi,
obyektni órganish kabi kónikmalarni egallaganliklari sababli qóllanmada
mikroskopik preparat tayyorlash teхnikasi haqida ma’lumotlar
berilmagan.
Bundan tashqari ushbu qóllanmada talabalar mustaqil bajarishlari
uchun ayrim topshiriqlar mavzuni mustahkamlashga doir savollar
berilgan.
Ushbu qóllanma orqali “Umumiy gistologiya”
fanidan talabalar
amaliy holda bajarishi uchun zarur bólgan bilim va kónikmalarni
shakllantirish va rivojlantirish nazarda tutiladi.
Laboratoriya
mashg’ulotlarini
bajarishdan
maqsad
óquv
materialini órganish faolligini oshirish, óquv dasturidagi amaliy
mashg’ulotlarni ózlashtirish, hosil qilingan kónikma va tajribalarga
asoslanib mustaqil ravishda amaliy va laboratoriya
ishlarini bajarish,
orttirgan malaka va kónikmalarini hayotda qóllay olish imkoniyatiga ega
bólishiga qaratilgan.
Mazkur qóllanmadagi laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish
talabalarning umumiy gistologiya fanidan ózlashtirgan bilimlarini
yanada mustahkamlaydi.