Qonning onkotik bosimi
. Qon plazmasida tuzlardan tashqari anchagina
miqdorda (7-8 %) oqsil bo‘lib, ular ham osmotik bosim hosil qiladi. Qonning
oqsillarga bog‘liq osmotik bosimini - onkotik bosim deb ataladi. Onkotik bosim
o‘rtacha 30 mm s.u. ga teng yoki qon umumiy osmotik bosimining 1
200 qismini
56
tashkil qiladi. Juda kichik bo‘lishiga qaramay, onkotik bosim kapillyarlardagi qon
va to‘qima suyuqligi o‘rtasidagi suv almashinuvida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Qon reaksiyasi va bufer faoliyati.
Organizm ichki muhiti barqarorligining
muhim ko‘rsatgichi - uning faol reaksiyasi hisoblanib, bu ko‘rsatgich vodorod (N
Q
)
va gidroksil (ON
-
) ionlarining miqdori bilan belgilanadi. Qon reaksiyani
baholashda vodorod ko‘rsatkichi - pH dan foydalaniladi. Qonning faol reaksiyasi
g‘oyat muhim ahamiyatga ega, chunki almashinuv jarayonlari faqat muayyan
reaksiyadagina mo‘tadil o‘tadi.
Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi.
Ivib qolishining oldi olingan qonni
probirkaga quyib qo‘yilsa, solishtirma og‘irligi kattaroq bo‘lgan eritrotsitlar
cho‘kadi. Bunga sabab eritrotsitlarning solishtirma og‘irligi (1,096) plazmanikidan
(1,027) yuqori bo‘lishidir. Cho‘kish tezligini aniqlash uchun millimetrlarga
bo‘lingan ingichka shisha naychadan foydalaniladi. Sog‘lom erkaklar
eritrotsitlarining cho‘kish tezligi soatiga 1-10mm, ayollarda esa 2-15mm ni tashkil
qiladi. Bu tezlikning oshib ketishi kasallik alomati hisoblanadi.
Gemoliz.
Ma’lum moddalar ta’sirida va ba’zi sharoitlarda eritrotsitlarning
qobig‘i yorilib, ichidagi gemoglobin qon plazmasiga chiqishi
gemoliz
deb aytiladi.
Eritrotsitlar ichida gemoglobinning bo‘lishi katta ahamiyatga egadir. Agar u,
plazmada erigan holda bo‘lsa, qonning yopishqoqligi keskin oshib, qon aylanishi
qiyinlashadi, qonning onkotik bosimi ko‘tarilib, to‘qimalar suvsizlanadi, binobarin
kislorodning gemoglobin bilan birikishi buziladi. Gemolizning bir nechta turi bor.
Gipotonik eritmada eritrotsitlar ichiga suv kirishi natijasida ular shishadi. Agar
eritmadagi tuzlar miqdori ancha oz bo‘lib, gipotoniklik darajasi yuqori bo‘lsa,
eritrotsitlar shishib, yorilib ketadi. Buni
osmotik gemoliz
deb aytiladi.
Eritrotsitlarning osmotik gemolizga chidamliligi bir xil emas. Chidamliligi eng
kam bo‘lgan eritrotsitlar natriy xlorning 0,4 % lik eritmasida yorila boshlaydi, 0,34
% li eritmada eritrotsitlarning deyarli hammasi gemolizga uchraydi. Ayrim
kimyoviy moddalar, masalan yog‘ erituvchilari (efir, xlorform, benzol, spirt)
eritrotsit qobig‘ini eritib, kimyoviy gemolizga olib keladi. Idishdagi qonning qattiq
chayqalishi, muzlab-erishi mexanik gemolizga sabab bo‘ladi. Ba’zi ilonlar va
57
hasharotlar zaharining ta’siri, guruhi mos kelmaydigan qonni quyishning oqibatlari
biologik gemolizga misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |