Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Rang ko‘rish nazariyalari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 
Rang ko‘rish nazariyalari.
Inson ko‘zi 7 mln ga yaqin ranglarni ajratish 
qobiliyatiga ega bo‘lib, u, ana shu imkoniyatdan to‘liqroq foydalanish maqsadida 
xilma-xil bo‘yoqlarni, buyumlarni bo‘yash, rangli fotografiya, kino va televizorni 
kashf etishgan. Yorug‘lik foton deb atalgan zarrachalardan iborat bo‘lib, har bir 
foton - elektromagnit to‘lqinlari bog‘lami sifatida ma’lum uzunlikka ega. Inson 
ko‘zlari to‘lqin uzunligi 400 nm dan 750 nm gacha bo‘lgan nurlarni ko‘rish 
qobiliyatiga ega bo‘lib, unga tushadigan yorug‘, ya’ni oq rang, turli to‘lqin 
uzunligiga ega bo‘lgan nurlar yig‘indisidir.Quyosh nurini prizmadan o‘tkazilsa, 
ayrim to‘lqinli nurlar bir-biridan ajralib spektr hosil qiladi. Spektrni bir chekkasida, 
to‘lqin uzunligi katta bo‘lgan qizil nurlar, ikkinchi chekkasida, kalta to‘lqinli 
binafsha nurlar, o‘rtasida yashil nurlar ko‘riladi. Bundan xulosa shuki, rangsiz 
yorug‘lik ma’lum rangli nurlarning aralashmasidan iboratdair. Rangsiz yorug‘likni, 
spektrning hamma tarkibiy qismlaridan emas, balki ikkita rang aralashmasidan 
ham olish mumkin. Sariq va havo rang aralashsa rangsiz yorug‘ hosil bo‘ladi. 
Qizil-sariq va havo ranglar spektrni tashkil qiluvchi asosiy ranglar hisoblanadi. 
Ularning birini ikkinchisiga aralashtirib, boshqa ranglarni hosil qilish mumkin. 
Yorug‘lik jismlarga tushganida u yutilishi, qaytarilishi va o‘tkazilishi mumkin. Bu 
jarayonlar, ko‘pincha, u yoki bu darajada bir vaqtning o‘zida ro‘y beradi. Jismni 
ko‘rish uchun u aks ettirgan nurlar ko‘zga tushishi kerak. Jism yuzasining nur 
yutish va qaytarish qobiliyatlari turlicha bo‘ladi. Masalan, o‘simlik barglari uzun 
to‘lqinli (qizil) va kalta to‘lqinli (binafsha) ranglarni yaxshi yutadi va to‘lqin 
uzunligi o‘rtacha bo‘lgan (yaShil) nurlarni qaytaradi, oqibatda bargni yashil rangda 
ko‘ramiz. O‘ziga tushgan nurlarning bir qismini yutib, boshqa qismini esa aks 
ettiradigan moddalarni pigmentlar deb aytiladi. Pigment, spektrning qaysi qismini 
yaxshi qaytarsa, u, o‘sha qaytarilgan nurlar rangiga ega bo‘ladi. Rangni xis 
qilishda, nurlarning fizikaviy ko‘rsatkichlaridan boshqa ko‘ruv tizimining 
fiziologik hususiyatlarini ham ahamiyati katta.
XIX asrning boshida T. Yung uchta asosiy rangni aralashtirsa, boshqa 
hohlagan rangni olish mumkin ekanligini asoslab
rang ko‘rishning uch 
komponentli nazariyasini 
yaratgan. Bu nazariyaga ko‘ra, to‘r pardaning har qaysi 


186 
nuqtasida uchta asosiy, ya’ni qizil, yashil va binafsha ranglarni sezuvchi tuzilmalar 
bo‘lishi kerakligi tahmin qilinadi. Nurlar, rangidan qat’iy nazar, bu tuzilmalarning 
har uchchalasiga ta’sir qiladi. Ammo, qizil rang ko‘proq qizilni sezuvchi, yashil 
rang ko‘proq yashilni sezuvchi va binafsha rang ko‘proq binafsha rangni sezuvchi 
tuzilmalarni ta’sirlaydi. To‘r pardaning har bir nuqtasidagi uchliklarning 
ta’sirlanish nisbatiga qarab bo‘yoqlar aralashadi va u yoki bu rang seziladi. 
Kolbachalarni, ulardagi nur yutuvchi pigmentiga qarab ham uch turga bo‘linishi 
aniqlangan. Ularning biri, eng ko‘p miqdorda, to‘lqin uzunligi 560 nm li bo‘lgan 
(qizil) nurlarni, ikkinchisi to‘lqin uzunligi 530 nm bo‘lgan (yashil) nurni va 
uchunchisi to‘lqin uzunligi 430 nm bo‘lgan (binafsha) nurni yutish qobiliyatiga 
ega. Kolbachalarning qo‘zg‘alish darajasi, yutilgan nur energiyasiga bog‘liq. Qizil 
rang "qizil" kolbachalarni kuchli qo‘zg‘atish bilan birga, "yashil" va "binafsha" 
kolbachalarni ham ma’lum darajada qo‘zg‘atadi. Yashil rang "yashil" 
kolbachalarni kuchli qo‘zg‘atish bilan birga, ma’lum darajada "qizil" va "binafsha" 
kolbachalarni ham qo‘zg‘atadi. Demak, kolbachalarning faollanishi darajasidagi 
farq turli rang sezishning asosi hisoblanadi. Spektri uch turdagi kolbachalarni 
deyarli bir xil darajada qo‘zg‘atgani sababli keng yorug‘lik, masalan quyosh nuri, 
rangsiz "oq" bo‘lib ko‘rinadi. Rang ko‘rishning uch komponenti nazariyasi ba’zi 
bir psixofiziologik kuzatishlar natijasini tushuntira olmaydi. Masalan, yashil halqa 
qamrab olgan kulrang doiraga qaralsa, doira qizil bo‘lib ko‘rinadi. Fizika 
qonunlariga binoan, kulrang doira atrofida qanday halqa bo‘lmasin, bu doiradan 
qaytarilgan nur spektri o‘zgarmaydi. Yoki nima sababdan havorang va sariq 
ranglar, qizil va yashil ranglar aralashganda biri ikkinchisini yo‘qolishiga va oq 
rang hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu faktlarni tushuntirish uchun E.Gering uch 
opponent tizimlar nazariyasini taklif qilgan. Unga binoan sariq, havorang, yashil 
va qizil asosiy ranglar hisoblanadi va antagonistik mexanizmlar yordamida yashil - 
qizil va sariq - havo rang juftlarga bog‘langan. Juftlarni tashkil qiluvchi ranglar 
qarama - qarshi (opponent) ranglar hisoblanadi va shuning uchun yashil - qizil va 
havorang - sariq ranglar bo‘lmaydi. Gering nazariyasi bo‘yicha, asosiy ranglarning 
o‘zaro ta’siri kolbachalarda emas, antagonistik munosabatda bo‘lgan neyronlar 


187 
pog‘onasida yuzaga chiqadi. Masalan, bir neyronni yashil rang qo‘zg‘atsa, qizil 
rang uni tormozlamaydi. Bunday neyronlarning borligi bevosita tajribalarda 
ko‘rsatilgan. Ayrim rang ko‘ruvchi umurtqali hayvonlarning to‘r pardasida "qizil-
yashil" gorizontal hujayralar topilgan. Ularning retseptiv sohasiga to‘lqin uzunligi 
400 dan 600 nm gacha bo‘lgan (yashil) nur ta’sir etilsa, neyron membranasi 
giperpolyarizatsiyaga uchraydi (neyron tormozlanadi), ta’sir qiluvchi nurning 
to‘lqin uzunligi 600 nm dan yuqori bo‘lsa, depolyarizatsiya rivojlanadi (neyron 
qo‘zg‘aladi). Ganglioz hujayralar qavatida va lateral tirsakli tanada ham, o‘ziga 
xos bo‘lgan rangni farqlaydigan neyronlar borligi aniqlanadi. Uch komponentli 
nazariya retseptorlar pog‘onasidagi hodisalarni yaxshi tushuntirsa, Gering 
nazariyasi, ko‘ruv tizimining yuqori pog‘onasi va neyronlar o‘rtasidagi hodisalarni 
to‘liqroq tushuntiradi. Erkaklarning 8 % da rang ko‘rishning ma’lum nuqsonlari 
uchrab turadi. Bu nuqsonlar to‘r pardada bitta, ikkita yoki uchta turdagi 
kolbachalarning yo‘qligi natijasida kelib chiqadi. Qisman rang ko‘rlikning uch xili 
uchraydi: qizil rangni ko‘rmaydigan odamlarga (protanopiklarga) havorang
rangsiz bo‘lib ko‘rinadi; yashil rangni ko‘rmaydigan odamlarga (deyteranopiya) 
to‘q qizil va havorang yashil bo‘lib ko‘rinadi; tritanopiyada odam havorang va 
binafsha rangni ko‘rmaydi. Rang ko‘rishning bu nuqsonlarini uch komponentli 
nazariya asosida tushintirish oson. Ularning har biri, to‘r pardada uch turdagi 
kolbachalarning bittasini bo‘lmasligiga bog‘liq. Bunday odamlar (protanopik, 
deyteranopik va tritanopiklar) rangni saqlanib qolgan ikki turdagi kolbachalar 
yordamida ko‘radilar. To‘liq rang ko‘rlik (axromaziya) ham odamlarda uchrab, 
bunday nuqsoni bor odamlarda uchchala turdagi kolbachalar bo‘lmaydi yoki 
Shikastlangan bo‘ladi va ular yorug‘ dunyoni oq-qora tasvirda ko‘radilar. Rang 
ko‘rlik erkaklarning toq x-xromosomasida ma’lum genlarning yo‘qligi tufayli 
paydo bo‘ladi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish