Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


on - reaksiya), 2. Yorug‘lik yo‘qolganda qo‘zg‘aluvchi hujayralar ( off -



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

on -
reaksiya), 2. Yorug‘lik yo‘qolganda qo‘zg‘aluvchi hujayralar (
off - 
reaksiya) va 3. Har ikkalasiga ham javob beradigan hujayralar (
on – 
va 
off - 
reaksiyalar) mavjud. Har bir ganglioz hujayraga 100 tadan ko‘proq retseptor 
elementlar to‘g‘ri keladi. Bu retseptor hujayra bir necha ganglioz hujayra bilan 
bog‘lanishi mumkin. Demak, bitta ganglioz hujayra juda ko‘p retseptor 


184 
hujayralardan axborot oladi. Bitta ganglioz hujayra bilan bog‘liq retseptor 
hujayralar, to‘r pardada, shu hujayraning retseptiv sohasini tashkil qiladi. Retseptiv 
sohalarda ham on - va off - neyronlar bo‘ladi va ular to‘r pardada aylanma zonalar 
hosil qiladi. Ba’zi retseptiv soha o‘rtasida on - neyronlar bo‘lsa, chetlarini off - 
neyronlar egallaydi. Boshqa retseptiv sohalarning markazida esa aksincha off - 
neyronlar bor, ularni on - neyronlar halqasi o‘rab olgan. Ushbu on - neyronlardan 
iborat sohaga
kichkinagina yorug‘ dog‘ markazi tushsa, Shu sohaga bog‘liq 
ganglioz hujayraning elektr faolligi kuchayadi. Bordiyu nur, qo‘shni soha 
markaziga tushsa ham, ganglioz soha markaziga va off - neyronlardan tashkil 
topgan soha chetiga ta’sir etsa ham, ganglioz hujayralarning faolligi juda susayib 
ketadi. Bu jarayon, axborotlar to‘r pardaning o‘zida biri ikkinchisini yo‘q qilib 
tashlab, miyaga kerakli axborot yuborish mezanizmlaridan biri hisoblanadi. 
Ganglioz hujayralarda rivojlangan qo‘zg‘alish, ko‘ruv asabi bo‘ylab to‘rt 
tepalikning oldingi do‘mboqchalariga, lateral tirsakli tanalarga va bosh miyaga 
o‘tkaziladi. Chap va o‘ng tirsakli tanalarga va undan yuqoridagi ko‘ruv tizimi 
tuzilmalariga ikkala ko‘zning to‘r pardasidan impulslar boradi. Ko‘z kosasidan 
bosh chanog‘iga o‘tgan ko‘ruv asablari, miya asosida birlashib, xiazma hosil 
qiladi. Xiazmada ikkala to‘r pardaning nazal (burun tomon) yarimlaridan keluvchi 
asab tolalari kesishib qarama - qarshi tomonga o‘tadi. To‘r pardaning chakka 
tomonlaridan keluvchi tolalar kesishmaydi. Kesishgan tolalar esa ular bilan 
birlashib ko‘ruv yo‘llarni hosil qiladi. Tirsakli tanadagi hujayralar, ayrim 
hususiyatlariga ko‘ra, to‘r pardaning ganglioz hujayralariga o‘xshaydi. Ularning 
asosiy vazifasi oq-qora o‘rtasidagi farqni kuchaytirishdan iborat. To‘rt tepalikning 
oldingi do‘mboqchalaridagi neyronlarga aloqador to‘r pardadagi retseptiv sohada 
harakatlanuvchi rag‘bat paydo bo‘lsa, ular qo‘zg‘alish bilan javob beradi. To‘r 
pardadagi va lateral tirsakli tanadagi neyronlar ko‘ruv sohasining umuman 
yoritilish darajasining, oq-qora o‘rtasidagi farqni, ya’ni kontrastni va ko‘ruv 
rag‘batlarining rangini belgilaydi. Afferent ko‘ruv signallarning tahlili ko‘ruv 
po‘stloqda davom etadi va ko‘ruv obrazi, ya’ni narsaning qiyofasi shakllanishi 
bilan tugaydi.


185 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish