Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 
Reflekslar tasnifi.
Ta’sirlarni qabul qilib oluvchi retseptorlarning turiga 
qarab teri retseptorlaridan boshlanadigan reflekslar - teri, ko‘zning to‘r pardasidan 


160 
boshlanadiganini - ko‘rish, quloq chig‘anog‘idan boshlanadiganini - eshituv, hid 
bilish retseptorlaridan boshlanadiganini - hid bilish reflekslari deb ataladi. Bu 
guruh reflekslarni - eksterotseptiv reflekslar deyilsa, ichki a’zolardan 
boshlanuvchilarini - interotseptiv, mushak, paylar va bo‘g‘imlar retseptorlaridan 
boshlanadigan reflekslarni - propriotseptiv reflekslar deyiladi. Effektorlar bo‘yicha 
ham reflekslarni ajratish mumkin, ya’ni skelet mushaklari amalga oshiruvchi 
harakat reflekslari, Yurak ishining o‘zgarishlarida namoyon bo‘ladigan - yurak 
reflekslari, qon tomirlar silliq mushaklari tonusining o‘zgarishlarida namoyon 
bo‘ladigan - tomirlar reflekslari, bezlar sekretsiyasini rivojlanishi yoki o‘zgarishida 
sodir bo‘ladigan - sekretor reflekslar va shu kabilar. Reflekslar, markaziy 
zvenosining lokallashuvi va harakteri bo‘yicha ham ajralishi mumkin. Markaziy 
zveno, ushbu refleks uchun zarur va yetarli bo‘lgan MAT ning ma’lum bir 
qismidir. Bosh miya ustunining ayrim reflekslari yoyida 4-5 ta neyron bo‘lishi 
mumkin (mos ravishda 3 va 4 markaziy sinapslar). MAT dagi sinapslar soni 
bittadan ortiq bo‘lgan barcha reflekslar - polisinaptik reflekslar deyiladi. 
Monosinaptik reflekslar ham mavjud bo‘lib, ular ikki neyronli reflektorli yoy 
tomonidan amalga oshiriladi. Bunday reflekslarning yoyida faqat bitta sinaptik 
bog‘lanish bo‘ladi. Ularni pay yoki miotatik - oyoqni yozuvchi mushaklar refleksi 
deyiladi. Biologik mohiyatiga ko‘ra reflekslar - mudofa yoki himoya, ovqat topish 
va ovqat hazm qilish, seksual, ota-ona va tadqiqotchilik reflekslariga bo‘linadi. 
Oddiy tadqiqotchilik (orientirlanish) refleksiga, hayvonning boshi va quloqlarini 
yangi tovush kelgan tomonga burishi misol bo‘la oladi. Mukammal adaptatsiyani 
ta’minlaydigan tug‘ma (shartsiz) va orttirilgan (shartli) reflekslar farqlanadi. 
Shartsiz reflekslar - organizmning tashqi va ichki muhitida sodir bo‘ladigan 
o‘zgarishlar ta’siridan kelib chiqadigan tug‘ma javoblar bo‘lsa, shartli reflekslar - 
ilgari indeferent bo‘lib, keyinchalik, tajriba yoki individual hayot davomida faqat 
shartli reflekslarnigina hosil qiladigan qo‘zg‘atgichlarga beriladigan javobdir. 
Shartli reflekslar, bir yoki ko‘p marta indeferent qo‘zg‘atgichni, shartsiz refleksni 
hosil qiluvchi ta’sirotdan oldin qo‘llanilishi oqibatida shakllanadi.Reflekslar 
retseptorlarning joylashishiga ko‘ra ekstro-, intero- va proprioretseptiv reflekslarga 


161 
bo‘linadi. Asab tizimining asosan orqa, uzunchoq (bo`lbar), o‘rta (mezensefal) va 
oraliq (diensefal) miyalar, miyacha va miya po‘stlog‘i reflekslarini, hamda efferent 
qismining somatik va vegetativ reflekslarini ajratish mumkin. Bo‘layotgan 
o‘zgarishlar samarasiga nisbatan yutinish, kiprik qoqish, yo‘talish, aksirish, qusish 
va boshqa reflekslarni, effektorning faoliyatiga bo‘layotgan ta’sirning xarakteriga 
qarab qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi reflekslar farqlanadi. 
Vegetativ reflekslarga yurak va qon tomirlar, me’da va ichaklar tizimi, nafas 
olish va chiqarish, ayiruv va chiqaruv, jinsiy va boshqa a’zolar faoliyatini vegetativ 
asablar ta’siridan o‘zgarishini ko‘rsatish mumkin. Bu reflekslar tabiiy sharoitda 
ma’lum a’zo yoki to‘qimalar metabolizmini hozirgi yoki kutilayotgan faollik 
uchun mos keladigan darajaga qadar o‘zgartiradi va shu tarzda adaptatsiya - trofik 
rolni o‘ynaydi. 
Proprioretseptiv reflekslar somatik reflekslar bo‘lib, tananing harakatini 
ta’minlaydi. Ekstroretseptiv va interoretseptiv reflekslar tashqi va ichki 
retseptorlar orqali sodir bo‘ladi. Reflekslar MAT ning turli bo‘limlari faoliyatidan 
iborat bo‘lib, ular MAT ning turli bo‘limlari nomi bilan ataladi. Masalan, tizza 
yoki tirsak reflekslari orqa miya, yutinish va emish - uzunchoq miya (bo`lbar) 
bo‘limi reflekslaridan iborat bo‘lsa, tana haroratini saqlash reflekslari oraliq miya 
faoliyati hisoblanadi. Refleksni amalga oshishida MAT ning barcha bo‘limlari 
ishtirok etadi. Masalan, nafas olish harakatlari orqa miyaning bo‘yin va ko‘krak 
bo‘limlari orqali ro‘y beradi. Bu bo‘limlar tegishli impulslar ta’sirida diafragma va 
qovurg‘alararo mushaklarga o‘tkazadi. Uzunchoq miyaning o‘zi nafas olishni 
muhitda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ta’siriga moslashtira olmaydi. Buning 
uchun, albatta, oraliq miya ishtirok etishi lozim. Ma’lumki organizm, kutilayotgan 
ta’sirga oldindan, muayyan o‘zgarishlarni hosil qilish bilan moslashadi. Masalan, 
anhor yoki ko‘lda cho‘milish uchun suv chetiga kelgan odam seskanib yoki 
entikib, chuqur-chuqur nafas oladi; karnaychi ham, karnay chalishdan oldin xuddi 
shunday harakatlarni bajaradi. Bunday harakatlar katta yarimsharlar po‘stlog‘ining
shartli reflekslaridan iborat. Faoliyatining samarasi haqidagi ma’lumotni barcha 
effektor a’zolar afferent asablar yordamida MAT ning tegishli bo‘limlariga 


162 
uzatadi. O‘z navbatida, bu bo‘limlar esa organizmning barcha tizimlariga buyruq 
mazmunidagi impulslarni yuboradi va bu jarayonga barcha to‘qima, a’zo va 
tizimlar faoliyati jalb etiladi yoki, aksincha, to‘xtatiladi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish