Fizikadan masalalar to’plami


§45. Mendeleev- Klapeyron tenglamasi



Download 1,64 Mb.
bet80/112
Sana24.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#700428
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112
Bog'liq
FIZIKADAN MASALALAR TO\'PLAMI.

§45. Mendeleev- Klapeyron tenglamasi.

  1. Hajmi 0,06m3, bosimi 8,3·105Pa va harorati 270C bo'lgan balondgi vodorodning massasini nimaga teng(g)? vodorodning molyar massasi 2kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Hajmi 83 l bo'lgan balonda 2,2kg CO2 gazi bor. Balon ko'pi bilan 4·106 bosimga chidaydi. Qanday haroratda(K) balon portlab ketishi mumkin? CO2 gazining molyar massasi 44kg/kmol. Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Balon normal holatda 7kg massali, harorati 293K bo'lgan azotni saqlashga mo'ljallangan. Balon normal holatdagi bosimiga qaraganda 10 marta katta bosimni ko'tara olishiga qaramay 1172K haroratda portlagan bo'lsa, balonda portlash momentida qancha(g) vodorod gazi bo'lganligini aniqlang. Vodorodning molyar massasi 2kg/kmol, azotning molyar massasi 28kg/kmol.


  1. Massasi 0,02kg bo'lgan gaz 106Pa bosimda va 470C haroratda 1660sm3 hajm egallaydi. Berilgan malumotlardan foydalanib gazning molyar massasini aniqlang(kg/kmol). Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Balondagi massasi 0,007kg bo'lgan gaz 270C haroratda 50kPa bosim hosil qiladi. Agar 4g vodorod xuddi shu idishda 600C haroratda 444kPa bosim hosil qilishi malum bo'lsa nomalum gazning molyar massasini aniqlang(kg/kmol). Vodorodning molyar massasi 2kg/kmol.


  1. Ikkita bir xil idishda bir xil harorat ostida massalari teng bo'lgan kislorod va vodorod bor. Vodorodning balon devorlariga ko'rsatadigan bosimi kislorodning balon devorlariga ko'rsatdigan bosimidan necha marta katta? Kisloroning molyar massasi 32kg/kmol, vodorodniki- 2kg/kmol.


  1. Uzunligi 85sm bo'lgan gorizontal joylashgan silindrik idish, idish ichida ishqalanishsiz harakatlana oladigan yengil plastinka yordamida ikki qismga ajratilgan. Idishning chap qismida vodorod, o'ng qismida xuddi o'shanday massali kislorod bor. Idishning chap qismining uzuligini toping(sm). Vodorodning molyar massasi -2kg/kmol, kislorodniki- 32kg/kmol. Gazlarning harorati bir xil.


  1. Ikkita balon bir-biriga krani bor ingichka trubachalar yordamida ulangan. Bitta balonda 2g gaz 400kPa bosimda, ikkinchi balonda xuddi o'shanday 4g gaz 200kPa bosim ostida turibdi. Kran ochilgandan so'ng balonlarda qanday bosim qaror topadi(kPa)? Ikkita balondagi haroratlar bir xil.


  1. Silindirda vazinsiz porshen ostida hajmi 0,02m3, harorati 250K bo'lgan 1mol gaz bor. Porshen sirtiga perpendikulyar ravishda qanday kuch qo'yilsa porshen harakatsiz turadi? Porshen yuzasi 0,02m2, atmosfera bosimi 100kPa, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Gaz trubasidagi CO2 gazi 270C haroratda va 0,83MPa bosim ostida harakatlanmoqda. Agar trubaning 5sm2 yuzasidan 2,5min vaqt ichida 2,2kg gaz oqib o'tgani malum bo'lsa, gaz trubadan qanday tezlik bilan oqayotganini aniqlang. CO2 gazining molyar massasi 44kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Sfera shaklidagi aerostat tikilgan matoning har bir metr kvadrati 900g massaga ega. Aerostat atrof muhitning haroratiga va bosimiga teng bo'lgan, 270C va 100kPa bosimli vodorod bilan to'ldirildi. Aerostatning qanday eng kichik radiusida u hech bo'lmaganda o'zini-o'zi ko'tara oladi(sm)? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K). Havoning molyar massasi -29kg/kmol, vodorodniki- 2kg/kmol.


  1. Azot bilan to'ldirilgan massasi 198g bo'lgan rezina shar, suvning harorati 70C bo'lgan 73m chuqurlikda qimirlamay turibdi. Shardagi azotning massasini toping(g). Atmosfera bosimi 100kPa, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K), g=10m/s2. Azotning molyar massasi 28kg/kmol.


  1. Vertikal silindirdagi gazni og'ir porshen ikki bo'lakga bo'lib turadi. Porshen ostidagi gazning massasi porshen ustidagi gazning massasiga qaraganda 3 marta katta. Harorat 300K bo'lganda porshen silindirni teng ikki bo'lakga bo'ladi. Harorat 800K bo'lganda porshen ostidagi gazning hajmi porshen ustidagi gazning hajmidan necha marta katta bo'ladi?




  1. Modda miqdorlari 1,5mol vodorod va 2,5mol kislorod aralashmasining 270C haroratda va 240kPa bosimdagi zichligini toping. Vodorodning molyar massasi- 2kg/kmol, kislorodniki- 32kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).



§46. Modda miqdorining o'zgarishi.

  1. Ochiq idishdagi havo 00C dan 1000C qizdirilganda idishdagi havo massasi necha gramm kamayadi? Havoning dastlabki massasi 373g.


  1. Hajmi 249m3 bo'lgan katta xonadagi havoning massasi qishdan yozga o'tganda qanaday o'zgaradi, agar qishda xonaning harorati 170C, yozda 270C ekanligi malum bo'lsa? Havoning qishdagi va yozdagi bosimi 105Pa. Havoning molyar massasi 29kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Idishdagi gaz 60atm bosim ostida turibdi. Agar idishdagi gazning 7/12 qismi idishdan chiqarib yuborilsa, idishda qaror topadigan bosimni(atm) toping. T=const.


  1. Balonda harorati 270C, bosimi 200kPa bo'lgan gaz bor. Agar balondan gazning 80% chiqarib yuborilib, uning haroratini 120C gacha tushirilsa, balonda qanday bosim(kPa) qaror topadi?


  1. Balonda qandaydir gaz bor. Balondan gazning qanday qismi(%) chiqarib yuborilganda, gazning absolut harorati 3 marta, bosimi 4 marta kamayadi?


  1. Balondagi 2kg gaz 270C haroratda 2·105Pa bosim hosil qilmoqda. Gazning bir qismi chiqarib yuborilgandan so'ng, balondagi qolgan gazni 6270C gacha qizdirilganda uning bosimi 3·105Pa gacha oshgan. Agar balonning hajmi 1m3 bo'lsa, balonda qolgan gazning zichligini toping.


  1. Ikkita bir xil idish ingichka trubacha yordamida bir-biriga ulangan. Idishlar gaz bilan to'ldirilgan holatda 240C harorat ostida turibdi. Idishlardan birining haroratini 330C ga oshirildi. Butun tizimdagi bosim o'zgarmay qolishi uchun ikkinchi idishning haroratini necha gradusga pasaytirish kerak?


  1. Ikkita bir xil idish, hajmini hisobga olmasa ham bo'ladigan ingichka trubacha yordamida ulangan. Bu idishlar baz bilan to'ldirilgan holatda 300K haroratda turibdi. Idishlardan birini qizdirib ikkinchisining haroratini o'zgarishsiz saqlansa, idishdagi bosim 1,5 marta oshadi. Birinchi idish necha gradusga qizdirilgan?


  1. Harorati 40K bo'lgan gaz simon geliy bilan to'ldirilgan uchta bir xil idishlar ingichka trubachalar yordamida bir-biriga ulangan. Idishlardan birining haroratini 100K gacha, ikkinchisini haroratini 400K gacha oshirilib uchinchi idishning harorati o'zgarishsiz saqlandi. Bunday o'zgarishlardan so'ng idishdagi bosim necha marta oshadi?


  1. Idishdagi ozon O3 , 7270C haroratda turibdi. Qanchadir vaqtdan so'ng barcha ozon O3 kislorodga O2 aylandi va idishdagi harorat 1270C gacha pasaydi. Bunday o'zgarishlardan so'ng idishdagi bosim necha foizga kamaydi?


  1. Idishdagi azotning harorati 70C dan, 14070C gacha ko'tarilganda idishdagi azot molekulalarining 1/3 qismi atomlarga dissosasiyalangan bo'lsa, idishdagi bosim necha marta oshganini toping.


  1. Vodorodning haroratini 300K dan 1350K gacha qizdirilganda, uning barcha molekulalari atomlarga dissosasiyalandi. Bunday o'zgarishlardan so'ng gaz zarrachalarining o'rtacha kvadratik tezligi necha marta oshganini aniqlang.

Termodinamika.



Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish