§42. Molekular fizika.
Tarkibida 1,204·1024 molekulasi bo'lgan jismdagi modda miqdorini aniqlang. Avogadro soni 6,02·1023mol-1
Azotning 3·1023 molekulasining massasi qancha(g)? Azotning molyar massasi 28 kg/kmol. Avogadro soni 6·1023mol-1
50mol kislorodning massasini aniqlang(g). Kislorodning molyar massasi 32 kg/kmol.
3g vodoroddagi molekulalar soni 9g suvdagi molekulalar sonidan necha marta ko'p? Vodorodning molyar massasi 2 kg/kmol, suvning molyar massasi 18 kg/mol.
Atmosferadagi havo faqatgina kislorod va azotdan tashkil topgan holatda uning molyar massasi 29,12 kg/kmol bo'lsa, havodagi kislorod molekulalari umumiy molekulalarning necha foizini tashkil qilishini aniqlang. Kislorodning molyar massasi 32 kg/kmol, azotniki 28 kg/kmol.
Simobli lampalarning ichidagi simob bug'lari lampa idishining devorlariga qanday bosim ko'rsatadi(mkPa)? Lampaning hajmi 3·10-5m3, tempereturasi 300K va idishda 1012 simob molekulasi bor. Bolsman doimiysi 1,38·10-23 J/K.
Agar idishdagi gaz molekulalarining soni 5·1024 bo'lsa, gaz 300K haroratda va 414Pa bosimda qanday hajm egallaydi? Bolsman doimiysi 1,38·10-23 J/K.
Agar idishdagi havoning bosimi 0,83mkPa bo'lguncha so'rib olingan bo'lsa, bu idishning 1mm3 hajmda 270C haroratda necha mingta havo molekulari borligini aniqlang. Universal gaz doimiysi 8300 J/(kmol·K), Avogadro soni 6·1026 1/kmol
Hajmi 0,01m3 bo'lgan balondagi gazning temperaturasi 270C. Balondan gazning sizib chiqishi natijasida balondagi bosim 4140Pa qiymatga kamaygan. Agar balondagi harorat o'zgarmagan bo'lsa, balondan qanday miqdorda gaz chiqqanini aniqlang. Javobni 10-20 ga ko'paytirib bering.
Xonada elektr pechkasini qo'shilgandan so'ng havoning harorat 180C dan 270C gacha oshganligi va xonadagi havoning bosim o'zgarmaganligi malum bo'lsa, xonadagi havo molekulalarining soni necha foizga kamayganini aniqlang.
Harorati 270C bo'lgan 2mol ideal gazning ilgarilanma harakatidagi to'liq kinetik energiyasini aniqlang. Universal gaz doimiysi 8,31 J/(mol·K)
Hajmi 5 litr bo'lgan idishdagi gaz molekulalarining bosimi 800kPa bo'lsa, gaz molekulalarining ilgarilanma harakatidagi to'liq kinetik energiyasini(kJ) aniqlang.
Agar gazning haroratini -730C gacha pasaytirish natijasida uning molekulalarining o'rtacha kvadratik tezligi 2 marta kamaygan bo'lsa, gazning dastlabki temperaturasini(0C) toping.
Gazning bosimi 30kPa, zichligi 1 kg/m3 bo'lsa, gaz mulekulalarining o'rtacha kvadratik tezligi nimaga teng?
Birinchi gazning 400kPa bosimdagi zichligi 1,6 kg/m3 . Ikkinchi massasi 2kg bo'lgan gaz 10m3 hajmda 200kPa bosimga ega bo'lsa, ikkinchi gaz molekulalarining o'rtacha kvadratik tezligi birinchi gaznikiga qaraganda necha marta katta?
Gaz molekulalarining o'rtacha kvadratik tezligi 1000m/s. Gaz hajmini va bosimini 1,2 martadan oshirgandan so'ng gaz molekulalarining o'rtacha kvadratik tezligi nimaga teng bo'ladi?
Gazning harotatini 100K ga oshirganda uning molekulalarining o'rtacha kvadratik tezligi 300m/s dan 500m/s gacha oshgan. Gazni yana qanday haroratga qizdirganimizda uning tezligi 700m/s gacha oshadi.
§43. Ideal gaz holatining o'zgarishi.
a) Izobarik jarayon
Gaz erkin siljiy oladigan porshen ostida 250sm3 hajm egalab turibdi. Agar gazning harorati 300K dan 270K gacha pasaygan bo'lsa gazning keyingi hajmini aniqlang(sm3). Bosim o'zgarmas.
O'zgarmas bosimda gazning hajmini 00C dagi hajmiga nisbatdan ikki marta oshirish uchun gazning haroratini necha gradusga oshirish kerak?
Havoning dastlabki harorati necha kelvin bo'lganda uni 3K ga qizdirilganda uning hajmi gastlabki hajmining 1% ga qadar oshadi? Jarayon izobarik deb hisoblansin.
Gazni 270C dan 390C gacha qizdirildi. Agar qizdirish davomida gaz bosimi o'zgarmagan bo'lsa, uning hajmi necha foizga oshgan?
Hajmi 0,004m3 bo'lgan idishda massasi 0,012kg, temperaturasi 1770C bo'lgan gaz bor. Agar gaz bosimi o'zgarmas bo'lsa, qanday haroratda(K) bu gazning zichligi 6kg/m3 bo'ladi?
Gazning temperaturasi o'zgarmas hajmda 1270C dan 270C gacha pasaytirildi. Shundan so'ng gaz hajmini izotermik ravishda necha foizga kamaytirilsa, uning bosimi dastlabki bosimga teng bo'ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |